Talab qonuniyatlari asosida
Potentsial raqobata sosida
Fan va texnika yutuqlari asosida
Tovar bozori asosida
ТАДБИРКОРЛИК ҒОЯЛАРИ
Iqtisodiyotga oid fanlarni o’rganishdan olgan bilimlar asosida
Struktura va geografik taxlil asosida
Ishlab chiqarilayotgan maxsulot taxlili asosida
3-chizma.Tadbirkorlik g’oyasini shakllantirish manbalari.
Biznesning qaysi turini tanlagan ma’qul?
Biror korxonaga egalik qilish, do’konni boshqarish, o’z ishini boshlashni orzu qilmaydigan odamning o’zi bo’lmasa kerak. Ayniqsa, ishdan keyin charchab uyga qaytayotganda, rahbar bilan kelisholmay qolganda, tuzukroq ish topolmay qiynalib yurganda shunday fikrlar xayollarni chulg’aydi.
O’zingni oq ko’ylak, kostyum-shimda, yap-yangi yarqirab turgan qimmatbaho mashinada, atrofing to’la odam, hammasi buyruqlaringni bajarib yurganday his qilasan. CHo’ntaging esa mullajiring bilan to’la... Hayotda emas, ertakdagidek yurishing ko’z oldinga keladi. Sizni ham shunday orzu-xayollar hayotingiz mobaynida bir marta bo’lsa ham o’z olami sari yetaklagani tayin.
Ammo o’z ishini ochib, uni yurgizish oson emasligini hamma biladi. Olma pish - og’zimga tush, deb o’tiravergan bilan ish bitmasligini ham. Buning uchun jiddiy yondashuv, mashaqqatli mehnat talab etiladi. Yeng shimarib ishga kirishishdan oldin esa, biznesning aynan qaysi turi sizga to’g’ri kelishini aniqlashtirib olish talab etiladi.
Biznesning qaysi turi: asosiy masalalar
Kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi firmalarning aksariyati omadi yurishmasligining asosiy sababini bilasizmi? Buning sababi: odamlar daromadli ishni boshini tutish qay darajada murakkab ekani, buning uchun qancha vaqt talab etilishi, qancha mehnat qilish kerakligi va tayyorgarlik jarayoni qanchalik jiddiy bo’lishi kerakligini tasavvur qila olishmaydi.
Dostları ilə paylaş: |