6-mavzu kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish (2)
Birinchi yo’nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo’nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi va zamonaviy menejer bo’lmog’i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yo’nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste’molchilar uchun tashkil qiladi. SHuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo’nalishi bozorni har tomonlama o’rganishdir. Bozorda bo’layotgan jarayonlarni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mumkin emas.
SHeriklar bilan bo’ladigan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yish tad-birkorlik faoliyatining uchinchi yo’nalishidir. Bunda tadbirkor-likni yanada rivojlantirish yo’lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
G’oyani tanlash qoidalari
«Men tadbirkor bo’lishni xohlayman va bo’la olaman» degan qarorga keling.
Biznesni qaysi turi bilan shug’ullansangiz, qanday qilsa yaxshi bo’lishi mumkinligi to’g’risida doimo:ovqatlanayotgan paytingizda, dam olayotganingizda, sayr qilayotganingizda, gazeta-jurnallarni o’qiyotganingizda, reklamani eshitayotganingizda va hatto uxlayotganingizda ham o’ylang.
Siz tadbirkorlik potentsialiga egasiz, muvaffaqiyatga erishishingiz
mumkin bo’lgan ko’pgina sohalar mavjud. Sohalarni tahlil qiling, o’zingizni o’rganing, o’z imkoniyatlaringizga mosini tanlang va yangi imkoniyatlarni aniqlang.
Sizda g’oya paydo bo’lgandan so’ng, uni doim o’ylang, har tomonlama o’rganing, rivojlantiring, oydinlashtiring, yangilang.
G’oyani shoshilmay, puxta o’ylang va tanlang, hamda qunt va g’ayrat bilan tezda amalga oshiring.
Xatolaringizdan qo’rqmang, ruhingizni tushirmang, o’z harakatlaringizni ayovsiz tahlil qiling, qaerda xatoga yo’l qo’yganingizni aniqlang, tez moslashuvchan va uddaburon bo’ling, xatolaringizni o’z vaqtida tuzatishga odatlaning (harakat qiling).
Tabiiyki, sizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizga mos keluvchi tovarlar va xizmatlar turlari tadbirkorlik g’oyasini tanlash ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik g’oyasini tanlash, shakllantirish uslubi, ko’p jihatdan ixtirochilik g’oyalarini izlashga o’xshab ketadi. Bu masalani hal qilishning bir necha o’nlab usullari mavjud: morfologik usul, “fikrlar hujumi”, IMEN (ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi), nazorat savollarini og’zaki tushuntirish va boshqalar.
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishni tashqi va ichki omillarga bog’liqligi (3-chizma).1