Ishchi kuchi yoki iktisodiy faol axoli deganda mexnatga layokatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan axolining umumiy soni tushuniladi. Mexnat bozorida boshka resurslar bozori singari talab va taklif konuni amal kiladi. Ishchi kuchining baxosi xisoblangan real ish xaki xajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab kiskaradi, agar real ish xaki xajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab mikdorining ishchi kuchi taklifi mikdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chikaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir kismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chikarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xoxlovchi va faol ish kidirayotgan axolidir.
Ishsizlikning kuyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish kidirayotgan yoki yakin vaktlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o‘zgartirish, o‘kuv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshka sabablardan kelib chikadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli xisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruxiga ishlab chikarish strukturasining o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz kolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruxlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farki shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezrok topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darxol va tezrok ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chikarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofik, yalpi tatalabning kamayishini, va okibatda axolining ish bilan bandligi kiskarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.