To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz xol bo‘lganligini xisobga olsak, biz mutlak to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u xolda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish kidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofik kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yigindisiga teng bo‘ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iktisodiy vaziyat, konun va milliy an’analar bilan boglik xolda o‘zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan xakikiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz kilib xisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha mikdori sifatida belgilanadi. Umumiy xolda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish kidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi. Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% xisobida) aytiladi va uni kuyidagi formula bilan aniklash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Barcha mavjud resurslardan to‘lik foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi xolatida iktisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan maxsulot xajmini iktisodiyotning ishlab chikarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chikarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiktisodiy bekarorlik tufayli, iktisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z iktisodiy potensialini to‘lik ishga solmasdan, yaratilgan xakikiy YaIM xajmi (Yx) potensial YaIM (Yp) xajmidan ortda koladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.
Yx – Yp YuZ= ----------------- 100 Yp Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chikarish resurslaridan to‘lik foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chikarish xajmi tushuniladi. Potensial YaIM*ni xisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlako yo‘k deb emas, balki mavjud, birok u tabiiy darajada, deb xisoblanadi.