6-MAVZU. MAKROIKTISODIY BEKARORLIKLAR INFLYATSIYa VA IShSIZLIK
4. Inflyatsiyaning moxiyati va o‘lchanishi.
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baxolar o‘rtacha (umumiy) darajasining barkaror o‘sishi, pulning xarid kobiliyatini uzok muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iktisodiyotining asosiy izdan chikaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati kanchalik yukori bo‘lsa, iktisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniksa bir iktisodiy tizimdan ikkinchi bir iktisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iktisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofik ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan boglik.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baxolari xam oshavermaydi: ayrimlariniki barkaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fukarolar urushi davrida ko‘llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi kogoz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan xaddan ziyod ko‘payib ketishi xolatini izoxlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi konunlarining buzilishi shakli sifatida makroiktisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘lik bandlik sharoitida talabning xaddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chikarish kuvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet takchilligi va ko‘shimcha pul chikarish yo‘li bilan xarid kobiliyatini, boshkacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb xisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chikarishning xaddan ziyod o‘sishida, ishlab chikarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iktisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinrok o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani xolda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baxolar darajasining ko‘tarilishi orkali bartaraf etiladi. Okibatda pul birligining xarid kobiliyati pasayadi va milliy iktisodiyotning ko‘shimcha pul massasiga extiyoji paydo bo‘ladi.
Inflyatsiya nafakat pul muomalasining izdan chikishi, balki butun takror ishlab chikarish mexanizmining kasali, makroiktisodiy buzilishlar natijasidir. Baxolarning o‘sishi, pul birligi xarid kobiliyatining pasayishidan tashkari inflyatsiya namoyon bo‘lishining kuyidagi uch belgisi xam bor. Bular:
valyuta kururslarining o‘zgarishi;
kredit berish shartlarining kimmatlashuv va muddatlarining kiskarishi tomon o‘zgarishi;
kundalik extiyoj mollaridan iborat iste’mol savati baxosining o‘sishi.
Inflyatsiya baxo indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniklanadi.
Baxolar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi inflyatsiya darajasi (baxolarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiktisodiy modellarda inflyatsiya darajasi kuyidagicha ifodalanishi mumkin: