6-mavzu. Makroiktisodiy bekarorliklar: inflyatsiya va ishsizlik reja



Yüklə 80,86 Kb.
səhifə9/11
tarix14.10.2023
ölçüsü80,86 Kb.
#155315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-MAVZU. MAKROIKTISODIY BEKARORLIKLAR INFLYATSIYa VA IShSIZLIK

Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o‘rtasida kreditorlar foydasiga kayta taksimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni kayd kilingan daromad oluvchilar va kayd kilinmagan daromad oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga kayta taksimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini kat’iy chegaralash kiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan ko‘shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish xaklari oshirilishini mexnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa maxsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chikaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iktisodiy agentlar pul mablaglarini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu xolat talab inflyatsiyasi ko‘rinishini keltirib chikaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-okibat giperinflyatsiyani keltirib chikarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshkarib bo‘lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo‘lib, ishlab chikarish va bandlik darajalariga xalokatli ta’sir ko‘rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inkirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning xalokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iktisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baxolarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baxolarning o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini xisoblash kerak deb taklif kilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o‘zining kiymat o‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay koladi. Normal iktisodiy munosabatlar buziladi. Mablaglar ishlab chikarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamgarishga yo‘naltiriladi.

6. Inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bogliklik.

Fillips egri chizigi

Iktisodiyot o‘z rivojlanishida potensial darajaga yakinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi mukobil variantlardan birini tanlashga majbur bo‘linadi. Chunki kiska muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasida teskari bogliklik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun ko‘shimcha mablaglar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish xaki mikdorining oshishiga xam olib keladi. Xar ikkala xolat xam baxolar darajasinining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro‘y beradi..
Ishsizlik va inflyatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bogliklik ingliz iktisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniklangan va Fillips egri chizigi (5 -chizma) deb ataladi.







------------------------



------------------------
Yukori darajadagi kutilayotgan inflyatsiya
Past darajadagi kutilayotgan inflyatsiya



Yüklə 80,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin