6-mavzu. Matn va uning ko‘rinishlari



Yüklə 21,54 Kb.
səhifə3/4
tarix23.04.2023
ölçüsü21,54 Kb.
#101824
1   2   3   4
6 soha (1)

4-topshiriq. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullami qo‘llaganingizni sharhlang.
Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud. shunday ekan, faqat o‘z prinsipimni himoya qilaman deb, bir kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmaylik tag‘in?! Axir, mavjud nazariyalar qolipiga tushmaydigan faktlar, ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma lum faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkin-ku? Fan tarxida bunday misollar toiib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida, hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men nasihatgo'ylik qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi. Koinot azaldan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa odamzot qo‘lidagi mangu mash'ala! Zero fan — cheksizlikni o'rganar ekan, ayni paytda, o‘zining ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim kerak? Nima uchun?! Yo‘q, aqlimiz bo‘lsa, istiqbolimizga chi- nakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu har qanday fakt- dan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot ko‘ksidagi mildirab turgan buloq, gurkirab o‘suvchi nihol...
Matnni kengaytirish quyidagi yo’l va vositalar bilan amalga oshiriladi.

  • matnning bosh fikri, g'oyasini shakllantiruvchi tay- anch solz yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog‘liq holda o‘z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo‘shish;

  • matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;

  • gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘- laklar hisobiga kengaytirish;

  • so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari — tasviriy ifo- dalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vosita- lari bilan almashtirish;

  • sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;

  • asosiy fikmi ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplami mantiqiy izchillikda bog'lab kiritish;

  • matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.


  • Yüklə 21,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin