4-topshiriq. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullami qo‘llaganingizni sharhlang.
Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud. shunday ekan, faqat o‘z prinsipimni himoya qilaman deb, bir kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmaylik tag‘in?! Axir, mavjud nazariyalar qolipiga tushmaydigan faktlar, ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma lum faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkin-ku? Fan tarxida bunday misollar toiib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida, hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men nasihatgo'ylik qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi. Koinot azaldan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa odamzot qo‘lidagi mangu mash'ala! Zero fan — cheksizlikni o'rganar ekan, ayni paytda, o‘zining ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim kerak? Nima uchun?! Yo‘q, aqlimiz bo‘lsa, istiqbolimizga chi- nakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu har qanday fakt- dan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot ko‘ksidagi mildirab turgan buloq, gurkirab o‘suvchi nihol...
Matnni kengaytirish quyidagi yo’l va vositalar bilan amalga oshiriladi.