6-mavzu. Moliya bozorini tartibga solish. Moliya bozorining fundamental tahlili. Moliya bozorining texnik tahlili Ma’ruzachi: Sheraliyev A. Reja



Yüklə 475,94 Kb.
səhifə5/9
tarix14.05.2023
ölçüsü475,94 Kb.
#113577
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Mavzu. Moliya bozori tahlili (2)

Birlashma (uyushma)ning barcha daromadlari u tomonidan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun sarflanadi hamda qatnashchilar o’rtasida taqsimlanmaydi.Bunday birlashmalarni (assotsiatsiyalarni) o’zini o’zi muvofiqlashtirish (O’O’M) tashkilotlari deb yuritiladi.

O’O’M tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:

- qonun hujjatlari asosida va muvofiq o’z qatnashchilarining qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyat yuritishning yagona qoidalarini, shuningdek ularning kasbiy etikasi qoidalarini ishlab chiqish;

- qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish mumkinligi to’g’risidagi tavsiyaviy xulosalar berish, qimmatli qog’ozlar bozoriga oid qonun hujjatlari buzilgan xollarda bunday ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) amal qilishini to’xtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi bo’yicha iltimosnomalar kiritish;

-qimmatli qog’ozlar bozorining professional qatnashchilarining mutaxassislarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;

- o’z a‘zolari o’rtasida nizo va kelishmovchiliklarni xal qilish qoidalarini o’rnatish.

Qimmatli qog’ozlarga oid qonun hujjatlarini O’O’M tashkilotining a‘zosi tomonidan buzilishi aniqlansa, u darxol bu xaqda qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organiga ma‘lum qilishi shart.

Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyoti

  • Jahon amaliyotida mumtoz hisoblangan AQSh modeli hozirda boshqa mamlakatlardagi tartiblashtirish tizimi modellariga qaraganda nisbatan samaralilaridan bo’lib kelmoqda.
  • AQSh modeliga ko’ra, ―Qimmatli qog’ozlar muomalasi to’g’risidagi qonunga binoan 1934-yilda tuzilgan ―Qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiya (quyida qisqacha Komissiya deb yuritamiz) fond bozorining bosh regulyatori hisoblanadi. Komissiya bir vaqtning o’zida ham nazorat va ham qonuniy tartib-qoidalarni o’rnatuvchi davlat organi funksiyasini bajaradi.

Bundan tashqari Komissiya federal sudlarni maslahatchisi hamdir. 

  • Bundan tashqari Komissiya federal sudlarni maslahatchisi hamdir. 
  • Komissiya har yili Kongressga qimmatli qog’ozlarga oid qonunlarni bajarilishi to’g’risida hisobotiy ma‘ruza taqdim etadi.
  • Komissiya rahbariyati 5 kishidan iborat bo’lib, ularning har biri 5 yillik muddatga AQSh Prezidenti tomonidan Senat bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Komissiya raisi Prezident tomonidan tayinlanadi. Komissiya a‘zolarining vakolati bir muddatda (kunda va yilda) tugamaydi, balki har birining vakolat muddati boshqalarinikiga nisbatan bir yil oraliq bilan yilning 5 iyunida tugaydi, ya‘ni 5 yil o’tishi bilanoq (ohirgi yilning 5 iyunida) bir a‘zoning vakolati tugaydi. Komissiyaning uch a‘zosidan ko’pi bir siyosiy partiyaga taaluqli bo’lishi mumkin emas. Komissiyaning shtati bo’lim va boshqarmalardan (jumladan, 11 regional va okrug boshqarmalaridan) iborat bo’lib, boshliqlari Rais tomonidan tayinlanadi. shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan.

Yüklə 475,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin