2. Industrial tahlil Bunda iqtisodiyotdagi faollik sikli (davri), uning indikatorlari hamda tarmoqlarni faollik darajasiga nisbatan va rivojlanish davrlari boʻyicha tasniflash amalga oshiriladi, umuman olganda tarmoqlarning parametrlarni bozor konyunkturasi trendidan ogʻishlari tahlil qilinadi va prognozi amalga oshiriladi, tarmoq rivojlanishining sifati tahlil qilinadi.
3.Aniq bir kompaniya tahlili Bunda kompaniyadagi korporativ boshqaruv holati va rivojlanishi istiqbollari, tashkiliy va biznes faoliyati sharoitlari, moliyaviy koʻrsatkichlari, biznes bahosi, bozordagi nufuzi va boshqa koʻrsatkichlari tahliliy baholanadi.
Bu fond bozori holatini oʻrganishga qaratilgan tahlildir. Texnik tahlil oʻtgan savdo narxlarini oʻrganish maqsadida, ularning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Joriy narxlar dinamikasi oʻtgan savdo narxlari dinamikasi bilan solishtiriladi va shu orqali narxlarning kelajakdagi oʻzgarishi prognoz qilinadi. Shuning uchun, texnik tahlil bilan shugʻullanuvchi tahlilchi bozorga taʼsir etuvchi tashqi omillarni eʼtiborga olmasdan, faqat uning dinamikasi koʻrsatkichlarini oʻrganadi.
Texnik tahlil Texnik tahlilchi asosan bozorning qisqa muddatli dinamikasini prognoz qilishga harakat qiladi.
Texnik tahlil talab va taklifning oʻzaro toʻgʻri kelmaslik momentini aniqlaydi va moliyaviy instrumentni qachon sotib olish va sotish mumkin degan savollarga javob beradi. Tahlil mobaynida investor qimmatli qogʻoz dinamikasi va narx trendi yoʻnalishi haqida maʼlumot beruvchi grafiklardan foydalanadi. Ularning asosiy turlari quyidagilar:
Ustunli diagrammalar
Narx harakati grafiklari
x-o diagrammalari
Ustunli diagramma Diagrammadagi har bir ustun oʻtgan savdo kunidagi aksiya narxining tebranishini ifodalaydi. Ustunning yuqori nuqtasi savdo kunidagi eng yuqora narxni ifodalasa, pastki nuqtasi savdo kunidagi eng past narxni ifodalaydi. Yopilish bahosini ifodalash uchun esa ustunga perpendikulyar chiziqcha oʻtkaziladi.