6-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi


Nomoddiy ob’ektlar amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi (NMA-3 shakl)



Yüklə 34,75 Kb.
səhifə4/10
tarix16.05.2023
ölçüsü34,75 Kb.
#113871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi

Nomoddiy ob’ektlar amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi (NMA-3 shakl).


Korxonalarda nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular o‘zlarining dastlabki qiymatini yo‘qotib boradi. Ushbu aktiv-lar buxgalteriya hisobi milliy standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan iste’mol xusutsiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu esa, nomoddiy aktivlarning butun foydali hizmat qilish muddatlari davomida qoldiq qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda, belgilangan me’yorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash qaydnomasi» tuzilishi kerak.


  1. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi.


Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar»
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari» 0430-«Dasturiy ta’minot»
0440-«Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi» 0450-«Tashkiliy xarajatlar»2
0460-«Franshizalar»
0470-«Mualliflik huquqlari» 0480-«Gudvill»
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».
Nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:



2 Бугунги кунда “Ташкилий харажатлар” номоддий активлар таркибидан чиқарилиб, улар давр харажатлари таркибида юритилмоқда.

  • Boshqa korxonalardan sotib olish;

  • Tekinga olish;

  • Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritish.

Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:

  • Nomoddiy aktivlar korxona tomonidan yaratilganida - nomoddiy aktivni barpo etish to‘g‘risidagi shartnoma; korxona rahbarining barpo etilgan ob’ekt to‘g‘risidagi hujjatlarga maxfiylik maqomini berish va bu hujjatlardan foydalanuvchilar doirasini cheklab qo‘yish yo‘li bilan ob’ektni nou-xau sifatida xizmat yoki tijorat siri rejimini ta’minlash to‘g‘risidagi muhofaza hujjati; ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar; ob’ektni kirim qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma va baholash dalolatnomasi;

  • Pulga sotib olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;

  • Tekinga olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, qabul qilib olish dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi;

  • Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav fondiga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritilganida - ta’sis hujjatlari, qabul qilib olish dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi.

Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondensiyada 0410-0490- hisobvaraqlar debeti bo‘yicha haqiqiy tannarxiga qarab nomoddiy aktivlar sifatida kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan nomoddiy aktivlar 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondensiyada 0410-0490 hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilinadi.



  1. Yüklə 34,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin