Buxgalteriya ma’lumotlarining nomoddiy aktivlarga nisbatan haqiqiyligi, boshqa mulk kabi vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan yo‘qlama(inventarizatsiya)lar bilan tasdiqlanishi lozim. Aktivlarning inventarizatsiyasi «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi.5 Mazkur standartning 30-bandida nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinganda quyidagilar hisobga olinishi ko‘zda tutilgan:
sub’ektlarning ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini;
nomoddiy aktivlarni balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish. Tekshirishda patent, litsenziya, guvohnomalar va shartnomalar haqiqatda mavjudligi,
ulardan foydalanish muddatlari, olingan mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar miqdori, keltirilayotgan daromad (zarar)lar ham ko‘rib chiqiladi. Bunda inventarizatsiya o‘tkazishning asosiy manbasi «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish» dalolatnomasi ( NMA-1 shakl) hisoblanadi.
Joriy etilgan «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» (19-son BHMS) standartning umumiy qoidalar bo‘limida sub’ektning barcha mol-mulk tarkibi bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari belgilab berilgan, ammo, moliya-xo‘jalik faoliyatda nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasini o‘tkazish muddati haqida hech narsa deyilmagan. Nomoddiy aktivlar uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismini tashkil etar
4 Б. Нидлз, Д. Колдуэлл, Х. Андесон. “Принципы бухгалтерского учета”. М.; “ФиС”. 2015 г. 229с.
5 “Инветаризацияни ташкил этиш ва ўтказиш”. 19-сонли бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти. (ЎРМВ.
1999й.15-октябр. 17-19-2075.)
ekan, uni doimo nazorat qilib turish zaruriyati kelib chiqadi. Nazorat esa, belgilangan vaqtlardagi inventarizatsiya o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos xusutsiyatlarini hisobga olgan holda ularning inventarizatsiyasi muddati kamida bir yilda bir marta o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birgalikda, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasi6da inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari, inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq belgilanadi deb ta’kidlanadi.