6-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi



Yüklə 34,75 Kb.
səhifə5/10
tarix16.05.2023
ölçüsü34,75 Kb.
#113871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi.


«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida amortizatsiyaning quyidagi usullarini qo‘llash tavsiya etiladi;

  1. To‘g‘ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab, yozishdan iborat bo‘ladi. Bu ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati xizmat qilish muddatlari mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi. Demak, bu usulda nomoddiy aktivlarning har yildagi amortizatsiya summalari bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, qoplanayotgan amortizatsiya bir xil sur’atda ortadi, natijada ob’ektning ichki qiymati bir xil darajada kamayib boradi. Shunga muvofiq, to‘g‘ri chiziq usulida amortizatsiya ajratmalarini hisob- kitob qilish quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

A Dq Tq еки
(TF TH ) ;


H
s
M
bu yerda:
As-amortizatsiya summasi;
Dq-dastlabki qiymati; Tq-tugatilish qiymati;
TF-tugatishdan olingan foyda; TH-tugatilish bo‘yicha xarajatlar;

HM-xizmat qilish muddati.
Masalan, mahsulotlar belgisiga bo‘lgan guvohnomaning dast-labki qiymati 500000 so‘m, undan foydalanish muddati 10 yil. Bu muddat ichida guvohnomaga har yili bir xil me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, birinchidan, guvohnoma uchun 10 yil davomida amortizatsiya ajratmasi bir xil tartibda hisoblangan, ikkinchidan, qoplanayotgan amortizatsiya summasi ham bir darajada ortib borgan, uchinchidan esa qoldiq qiymati proporsional ravishda kamayib boradi. Ushbu usulda amortizatsiya aktivning xizmat muddatini uzoq davom etishiga bog‘liqligiga asoslanadi va amortizatsiya me’yorlari doimiy hisoblanadi.


  1. Yüklə 34,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin