6. Mavzu: ot samaradorligi monitoringi. Ot windows samaradorligi monitoringi



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə9/9
tarix20.06.2022
ölçüsü122,5 Kb.
#61938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Mavzu ot samaradorligi monitoringi. Ot windows samaradorligi

Xulosa: Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda.Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari,akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob –uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. Muxtaram 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Bugungi kunda Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgalikda kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimiz va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam berishimiz kerak. Aniqlandiki Windows XP operatsion tizimi distributivi o’lchami qanchalik kichik bo’lsa ushbu operatsion tizim o’rnatilgan kompyuter tezroq ishlar ekan sababi ortiqcha dasturlarning operativ hotira hamda qattiq diskdan joy egallamasligi ekan. Shuning uchun ham oldimizga ishlatuvchining talabidan kelib chiqqan holda shaxsiy yengillashtirilgan Windows XP distributivini yaratishni o'rgatuvchi dasturni yaratishni maqsad qilib oldik. Multimediali qo`llanmalarni yaratishni juda ko’p dasturlash tillarida yaratish mumkin. Lekin ularning hammasi ham talabimizdan kelib chiqqan holda qo’llanma yaratishga mos kelmaydi. Yaratilgan o'quv qo`llanma Windows XP operatsion tizimi asosida shaxsiy operatsion tizimini yig’ishni o’rgatuvchi multimediali qo’llanma yaratishga bag'ishlangan bo'lim hozirgi kunda ommaviy ishlatilib kelinayotgan Windows XP asosida bajarilgan. Qo'llanmani yaratish jarayonida uni yaratish algoritmi o'rganib chiqildi, strukturaviy tuzilishi yaratildi hamda ishlatuvchiga qulay bo'lgan interaktiv dizaynli interfeys yaratilib Camtasiya Studio dasturida yozib olingan multimedia dasturlari flv flash formatida saqlanib flash dasturi yordamida bitta qobiqqa joylashtirildi. Yaratilgan o'quv qo'llanma nafaqat talabalarga, balki shaxsiy operatsion tizimini yaratish ishtiyoqidagi xavaskor ishlatuvchilarga ham yordam beradi degan umiddamiz.
Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin