6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja


Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Lecture-6

2 Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi 
ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 
Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili 
sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda qatnashib, ko’proq, 
sifatliroq mahsulotlarni talabni qondiradigan miqdorda etishtirishga, ish va xizmatlarni bajarishga harakat 
qiladi. Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun 
mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
a) . Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Uni aniqlash uchun ishlab 
chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini (kishi) xo’jalikda shartnoma 
(buyruq) bo’yicha mavjud bo’lgan mehnat resurslari miqdoriga taqsimlanadi. U quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi:
У 
ИМр MK = 
4* -------------- -.
У
 ММр
 
Bunda: Mk - mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti;
У ИМр - haqikatda ishlagan jami mehnat resurslari, kishi;
У ММр - mavjud bo’lgan jami mehnat resurslari, kishi.
Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani yaxshi. Shunda u mavjud mehnat resurslaridan 
foydalanish yuqori bo’lganligidan dalolat beradi.
b). Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning miqdorini 
xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat resurslarining umumiy miqdoriga 
taqsimlash natijasida aniqlash, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin.:
У 
Мрсв MrXqk 
= ^ .
У
 ИМр
 
Bunda: MrXqk - mehnat resurslarining ma’lum bir muddatda o’rtacha ishlagan ish vaqti, kishi- 
kuni, kishi-soati;
У Мрсв - mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu ko’rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining 
ish vaqti fondidan yuqori bo’lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda 
yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan 


barcha turdagi bayram (agar u qonun bo’yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til 
(otpuska) kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikada yillik ish vaqti fondi 276-286 kun miqdorida 
belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O’smirlar uchun bu 
fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson 
salomatligi uchun zarur ishlarni bajaruvchilar uchun ham o’rnatilgan.
d). Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti ham aniqlanadi. U bir ishchi yoki 
xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soatini) qonunda 
belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
IVfk = ^.
Мг1п
 
Bunda: IVfk - ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti;
MrIv - mehnat resurslari hisoblangan bir kishining bir yilda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-
soati;
MrIn - bir kishi uchun qonunda belgilangan, ishlashi lozim bo’lgan vaqt, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birdan oshmasligi kerak. Agar u qanchalik kam bo’lsa, bu mehnat 
resursi foydali mehnat jarayonida_kam qatnashganligidan dalolat beradi.
g). Mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Uning miqdorini bir yil, bir oy mobaynida yeng ko’p 
ish kunini shu davrdagi yeng kam ish kuni miqdoriga taqsimlash natijasida hisoblash mumkin. Bunda 
quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin