6.6. Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida standartlashtirish ijtimoiy ishlab chiqarishning jadallashuvini kuchaytirishda va samaradorlikni oshirishda borgan sari ko’proq texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
Standartlashtirish – tarixan moddiy va ijtimoiy sohalarni, juda ko’p turli ob’ektlarni chegaralash faoliyati sifatida yuzaga kelgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, u tartibga solish faoliyati sifatida juda ko’p ob’ektlarni qamrab oladi. Bunday hollarda standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash alohida ahamiyat kasb etadi, chunki samaradorlik ko’pchilik aspektlarning jumladan:
standartlashtirishning kelgusi rivojlanish alternativlarini baholash, ya’ni makro darajada standartlashtirish muhim masalalarini yechilishini belgilaydi;
standartlashtirishni ba’zi takrorlanadigan jarayonlar, voqealarni tartibga solish ishida foydalanishning maqsadga muvofiqligi;
standartlashtirish ob’ektlarining tavsiflarini tanlash va optimallashtirish masalalarini yechishda standartlashtirish ob’ektining optimal parametrlari to’plami variantini tanlash;
boshqaruv tsiklining turli bosqichlarida standartlashtirish tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruvni baholash;
standartlashtirishni rivojlantirish yo’nalishlari orasida iqtisodiy resurslarni ratsional taqsimlash.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash standartlashtirish, shuningdek mahsulot sifatini oshirish bo’yicha ishlarni bajarishda yagona hisoblanadigan bir qator umumiy tizimlarga asoslanadi. Ularning birligi shunga asoslanadiki, ular fan-texnika taraqqiyotini joriy etishning konkret formasini ifodalaydilar, shuning uchun standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligi fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy samaradorligining yoki yangi texnika samaradorligining bir qismidir.
Umumiqtisodiy yondoshuvning zarurligi standartlashtirish samaradorligini baholashni amalga oshirishni butun mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlariga qaratishni taqozo qiladi. Standartlashtirishning umumiqtisodiy samaradorligini aniqlash–bu loyihalash, tayyorlash, muomala va iste’mol bosqichlarida standartlashtirish natijalarini e’tiborga olgan holda respublikamiz iqtisodiga ta’sirini aniqlashdir. Iqtisodiy nsamaradorlikni maksimal qiymati standartlashtirilayotgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini, parametrlar qatorini tanlash va sinovlar o’tkazish usullarini optimallashtirishda standartlashtirish va unifikatsiyalash masalalarini hal etishda kriteriy bo’lib xizmat qiladi.
Umumiqtisodiy manfaatning ustuvorligi alohida standart yoki standartlar sistemasining samaradorligini baholash butun mahsulotning hayot tsikli davomida amalga oshirilishi kerakligini bildiradi. Agar standart umumtexnikaviy yoki tashkiliy-uslubiy bo’lsa, u holda uning samaradorligini baholash umumiqtisodiy manfaatlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Ayrim ishlab chiqarish zvenolarida samara olinishining salbiy bo’lishi mumkinligi ular tomonidan standartlashtirish ishlarini amalga oshirishda manfaatdorlik masalalarida qiyinchilik tug’diradi.
Standartlarning bir necha variantda bo’lishi – ular orasidan eng yaxshisini tanlab olish uchun zaruriy manbadir. Umumiqtisodiy yondoshuvning joriy etilishi alohida standartlar variantlaridan umumiqtisodiy nuqtai nazardan tanlash imkoniyati mumkinligiga tayanadi.
Iqtisodiy samaradorlik – xususiy optimallashtirish uslubi sifatida o’zining barcha imkoniyatlaridan standartlar loyihalarining ko’p variantli emasligi sababli foydalana olmaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan loyihalar samarasiz, faqatgina tavsiya etilgan parametrlarini hisobga olish faoliyatidan iborat bo’lib qoladi.
Yana bir muhim aspekt – standartlarni joriy etganda, faqatgina ulardan qo’llanilgan holatlarda emas, balki ular ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan sohalarda ham ularni joriy etishning asosiy hamda yondosh oqibatlarini iloji boricha to’liqroq hisobga olishning zaruriyligidir.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblaganda standart mahsulotning butun hayotiy tsikli bo’yicha - loyihalash, tayyorlash, muomala va iste’molda qanday oqibatlarga olib kelishi hisobga olinadi.
Loyihalash bosqichida loyihalash ishlari hajmining, mahnat sarfining, loyihalash muddatlarining quyidagi omillar hisobiga qisqarishi hisobga olinadi:
standart texnik hujjatlashtirishning takroran ishlatilishi;
standart shartli grafik tasvirlarning qo’llanishi;
nusxa ko’chirish ishlari hajmining qisqarishi;
texnikaviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar hajmining qisqarishi;
standartlarga to’liq mos kelgan holda loyihalarni qayta ishlashga ketgan harajatlarning qisqarishi;
yangidan chiqarilayotgan texnikaviy hujjatlashtirishni muhokama qilish va tasdiqlashga ketgan vaqtning qisqarishi.
Ishlab chiqarish bosqichida iqtisodiy samaradorlikni hisoblash uchun quyidagilar aniqlanadi:
material sarfining qisqarishi;
jarayonlar mehnat sarfining qisqarishi;
unifikatsiyani;
fond sig’imining qisqarishi;
yoqilg’i va elektr energiyasi harajatlari ulushining qisqarishi;
mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi hisobiga mahsulot birligiga to’g’ri keladigan shartli o’zgarmas harajatlar ulushining qisqarishi.
Muomala va iste’mol bosqichlarida iqtisodiy samarani hisoblash uchun iste’molchi harajatlarining qisqarishini hisobga olinadi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
mahsulotning texnikaviy darajasini va sifatini oshirish;
mahsulotni ortish-tashish va saqlash harajatlarini qisqartirish;
bitta standart mahsulot birligi bilan bir nechtasini almashtirish zarurligi;
buyumlarning xizmat ko’rsatish muddatlarini uzaytirish;
yoqilg’i, energiya, yordamchi materiallar sarfi ulushini qisqartirish;
xizmat ko’rsatuvchi personal sonini kamaytirish;
ta’mirlash ishlari qiymatini kamaytirish.
Umumiqtisodiy yondoshuv printsipi samaradorlikni hisoblashda mamlakatimiz iqtisodi uchun yagona bo’lgan kapital qo’yilma samaradorligi me’yoridan, ya’ni ishlab chiqarish vositalarida buyumlashgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi..
Agar samara hisoblangan vaqtda to’xtalmasa, umumiqtisodiy yondoshuvning tavsifi to’liq bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi aniqlanish davriga ko’ra quyidagicha farqlanadi:
yillik;
standartlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarilish yillari bo’yicha;
standart kuchga ega bo’lgan muddat uchun;
standartlashtirilgan mahsulotning butun xizmat ko’rsatish muddati uchun, uni ishlab chiqarilgan barcha yillar uchun.
Integral samara yangi mahsulotning natijaviy ko’rsatkichlarini yanada to’laroq tavsiflaydi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblashda juda ko’p sonli omillarni yillar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmini, har yili ishlab chiqarilgan mahsulotning xizmat ko’rsatish muddatini, vaqt o’tishi bilan samaraning o’zgarishini hisobga olish kerak. Umuman olganda integral samara ko’rsatkichi yangi mahsulot ishlab chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qilinayotganda barcha omillarni umumlashtiradi.