6.3. Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar Qator davlatlarda sifatni boshqarish bo’yicha milliy standartlar 70-yillardan beri mavjud. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, harbiy texnikani ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarida loyihalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi va qo’llanildi.
Standartlashtirish va sifatni ta’minlash sitemasini qo’llash sohasidagi milliy tajribaga asoslanib ISO/TK-176. 1987 yil ISO 9000 seriyasidagi birinchi 5 ta standartni ishlab chiqdi. SHu bilan bir qatorda sifatni ta’minlash sohasi MS ISO 8402 dagi tushunchalar va ularni ta’rifi bo’yicha lug’at tayyorlandi.
ISO 8402-86 Tushunchalar va ularning ta’rifi
ISO 9000-87 ISO-9000 seriyasidagi standartlarni tanlashnin boshqarish
ISO 9004-87
Sifatni ta’mi nlash
ISO 9001 – 87
Sifat sistemasining elementlari
modeli
ISO 9002 – 87
ISO 9002 - 87
1. Rasm. ISO 9000 seriyasidagi standartlar kompleksining tuzilishi.
ISO 9000 seriyasidagi standartlar:
ISO 9000 «Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlashda standart tanlash va qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari»
ISO 9001 «Sifat sistemasi. Loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9002 «Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9003 «Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9004 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. Boshqaruv ko’rsatmalari».
1994 yil ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni yakunladi.
Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yadilar:
Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni ta’minlash;
Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta’minlash;
Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot ishlab chiqarilishidan qat’iy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon berish.
ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar kiritildi. Masalan, «Sifat halqasi» tushunchasi «Mahsulot hayot tsiklining tipik bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish» bosqichidan keyin qo’shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo’shildi. Hozir oltinchi bo’lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va moliyaviy ma’lumotlar elementlarini namoyon qilish va tahlil qilish uchun ma’lumotlar to’plashning turli usullari qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.
ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. Hozirgi kunda bu standartlar rus tiliga o’girilgan.