6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati


Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə3/8
tarix10.02.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#83746
1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu SM

Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi.

Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chiqiladi.

  1. Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.

  2. Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi. Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.

  3. Standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.

  4. Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot printsipi. Standartlarning loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun faqatgina amaliy tajribani keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu printsip barcha standartlarga tegishlidir.

  5. Ustivorlik printsipi. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlar ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha katta diapazonni egallaydilar.

Shu printsipga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari, parametrlarini qo’llashga ruxsat etiladigan zaruriy minimumiga keltiradigan chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.

  1. Dinamika printsipi. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish uchun standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada bo’lishlari uchun vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.

  2. Minimal moddiy xarajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida moddiy sarf xarajatlarni ulushi 65-80% ni tashkil etadi. SHuning uchun ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon beradigan ilg’or texnologiyani tatbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash, mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy xarajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.


Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin