6.2. Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari
Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal darajada tartibga solishga erishishdir.
Bizning respublikamizda standartlashtirish ishlari bilan Uzdavstandart, shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi, Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi shug’ullanadi.
Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.
Sistemalilik printsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.
Sistemadeganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kamxarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.
Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.