Realizm va nominalizm: O‘rta asr realizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin ilohiy fikr sifatida mavjud bo‘lgan. Shuning uchun inson umumiy tushunchalarni bilish orqali narsalarning mohiyatini biladi, chunki bu mohiyat umumiy tushunchadan boshqa narsa emas. Namoyondasi Anselm Kenterberiyskiy (1033-1109) inson bilishi faqar aql yordamida amalga oshadi, chunki faqat aqlgina umumiy fahmlash qobiliyatiga ega, degan edi. Nominalizm (lot. nom, ism) qarshi chiqib, aqldan ko‘ra irodani ustun qo‘yadi.
Umumiy tushunchalar yakka narsalar va hodisalarsiz mustaqil mustaqil ahamiyatga ega emas. Yakka predmetlar va hodisalar bizning ongimizda aks etib, ularni mavhumlash va umumlashtirish asosida umumiy belgilarni topamiz. Bu belgilar bir butun jismdagi narsalarga tegishli bo‘ladi. Masalan, biz “odam” tushunchasini olib qarsak, hamma odamlarga xos belgilarni, ya'ni onglilik belgisini topamiz va bu belgi hamma odamlarga xos umumiy va uni boshqa mavjudodlardan farqlaydigan belgilar. Shunday qilib, nominalizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin emas, balki narsalar undan oldin paydo bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |