Muhammad al-Xorazmiy (783-850) algebra fani asoschisi. Bog‘dodda “Bayt ul-hikma”ga rahbarlik qilgan. “Astronomiya jadvali”, “Hind hisobi to‘g‘risida risola”, “Quyosh soati haqida risola” va b. asarlari mavjud.
Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) “Buyuk matematik” unvoniga sazovor bo‘lgan. “Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”, “Astronomiya asoslari” asarlarida koinot xaritasi tuzilgan.
Abu Nasr Farobiy (873-950) “Ikkinchi muallim”. 160 dan ziyod asar yozgan. Olamni ikki ko‘rinishda: “Vujudu vojib” (alloh) va “Vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qilgan.
Arxeologik qazilmalar va kulyozma manba'lardan ma'lum bulishicha o‘sha davrda musiqa va musiqashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag‘ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al-musiqi al-Kabir»). O‘rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo‘lgan. Farobiy «Katta musiqa»dan tashqari «Musiqa haqida so‘z», «Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo‘shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir.
Dostları ilə paylaş: |