Nikolay Kopernik (polyak, 1473-1543) – geliotsentrik nazariyani ilgari suradi. (Koinot chekli degan). U o‘zining “Osmon jismlarining aylanishi to‘g‘risida” asarida Aristotel va Ptalameylarning geotsentrik ta'limoti (yer koinot markazi) noto‘g‘ri ekanligini isbot qildi. yer o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylananishini isbotlagan.
Jordano Bruno(italiyalik, 1548-1600) – Nikolay Kopernik ta'limotini to‘ldirib, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. Juda ko‘p narsalar koinotning eng kichik bir qismidir. Yulduzlar – boshqa ploneta sistemalarining Quyoshi. yer – cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi, degan.
Galileo Galiley (italiyalik, 1564-1642) – fan dindan ajralishi, tabiat va inson fanning o‘rganish ob'ekti bo‘lishi kerak, uni matematika va tajriba orqaligina o‘rganish mumkin, bunda inson aqli hal qiluvchi o‘rin tutadi. Xudoga ishonish va unga sig‘inish, insonning axloqiy xatti – harakatlari dinning ob'ekti bo‘lib, u Injil yordamida o‘rganiladi. Galileo tabiatni bilishning cheksizligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan.
Uyg‘onish davridagi bu tabiatshunos olimlarning olam to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘sha davrdagi hukmron diniy qarashlarga zid bo‘lgani uchun inkvizitsiya ularning asarlarini o‘qishni ta'qiqladi. O‘zlarini sud qili, N.Kopernikni osishga, J.Brunoni o‘tda yondirishga (Rimda Gullar maydonida) hukm qildi. G.Galiley esa go‘yo “adashganini” tan olib, o‘z fikridan qaytgan bo‘ldi. Biroq ularning g‘oyalari fan olamiga kirib borgan edi, uni inkvizitsiya ham to‘xtatib qola olmadi.