6-mavzu. Uyg‘onish davri madaniyaTI



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü20,24 Kb.
#40744
1   2   3   4   5   6   7
6-Uyg`onish davri mad

Universitetlar. yevropa ilm-fani rivojiga universitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma'rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga kelgan. 1400 yillarga kelib, yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturini juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.

Universitetlarning vujudga kelish sabablari mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Balonya shahri universiteti muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlariga sabab bo‘ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘alon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida vujudga keldi.



Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin