6-mavzu: XVIII-XIX asrlarda psixologiyaning rivojlanishi reja


Assosiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə3/5
tarix23.08.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#140224
1   2   3   4   5
6-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI

2. Assosiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari David Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar, g ‘oya-tasawurlarning yaxlit bo‘lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta’limotni iigari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta’limot bir vaqtda ham idealistik, ham materialistik yo‘nalishda paydo bo‘ldi.
Idealistik yo‘nalishning vakili va umuman, assotsiativ oqimning asoschisi David Yum (1711-1776) edi. Uning ta’limotiga ko‘ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o‘zining «men» ekanligini (o‘z-o‘zini) anglash, o‘zaro tashqi bog‘lanishlar — assotsiatsiyalar bilan bog‘langan «tasaw ur birikmalari»dir, holos.
Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804) edilar. Ular assotsiativ tasawurlami miyada fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Gartli psixologiya ruhning fizikasi, deb qaradi.
David Yum hayoti: (1711-1776) Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg Universiteti va Lya-Flesh nomli Farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning ilmiy qarashlari bilan tanishdi. David Yum birinchi bo‘lib, «sabab» ning mohiyatini hodisa va tushuncha sifatida jiddiy o‘rganishga kirishdi. Uning bu boradagi mulohaza va xulosalari falsafa fanining asosiy yutuqlaridan biriga aylandi.
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Inson tabiatiga doir mulohazalar» (1739), «Ta’b me’yori haqida» (1739-1740), «Axloqiy va siyosiy ocherklar» (1741-1742), «Ruhning barhayotligi to‘g‘risida», «Tabiiy din haqida so‘zlashuv (dialog)» (1751).
Materialistik oqimning vakillari Gartli (1705-1757) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804) edilar. Ular assotsiativ tasawurlami miyadagi fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi. D.Pristli barcha psixik jarayonlar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o‘rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta’limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empir psixologiyaning ichida «assotsiativ psixologiya» deb atalgan alohida oqim paydo bo‘ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi.
XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836), Djon Styuart Mil (1806-1837), Aleksandr Ben (1818-1903), Gerbert Spenser (1820-1903) edilar. Bular qatoriga Fransiyada T.Ribo (1829-1916), Germaniyada Teodor Sigen(1862-1950)larni va qisman Ebbingauzni (1850— 1909) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo‘lgan sezgilardan va ulaming nusxasi bo‘lgan tasavvurlardan hosil bo‘ladi deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalaming qonunlariga binoan, o‘zaro mexanik bog‘lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo‘yiladi, ya’ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalaming jonlanishidir. Assotsianistlaming fikricha, tafakkur mhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas, tafakkur ham faqat tasawurlaming assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvuming assotsiatsiyaga bog‘lanishidir. Bunda ongning boshqa lahzalari yo‘q.
Xulosa chiqarish ikki yoki birqancha hukmlaming assotsiatsiyasi (bog‘lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya bo‘yicha yangi hukm hosil qilinadi, ya’ni xulosa chiqariladi. Tushunchalar ham bir qancha so‘zlaming o‘zaro o‘xshash tasavvurlar bilan bo‘lgan assotsiatsiyasi (bog‘lanishi)dir deb ta’riflanadi.
Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq ham tasavvurdir. Masalan, Ebbingauzning aytishicha, nutq bu «ikki element»ning mustahkam assotsiatsiyalar bo‘lib qo‘shilishidir: bir tomondan, so‘z va gaplaming ulaming m a’nolari bilan, ikkinchi tomondan esa so‘z va gaplaming narsalar bilan birikishidir. Gap va so‘zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati orqali hosil bo‘ladigan, «ohang va shovqinlar»dan va bu faoliyat natijasida harakat va holatni sezishdan, y a ’ni eshitish va kinestetik yoki nutq tassurotlaridan iboratdir. Qayd qilingan har ikkala so‘z elementlari ham o‘zaro mustahkam assotsiatsiyalar bilan bog‘langan, deb ta’kidlaydi Ebbingauz. Nutq jarayonlarida, ya’ni fikming shakllanishida, fikmi o‘zgalarga bayon qilishda va o‘zgalaming fikrini o‘zlashtirishda assotsiativ jarayonlar, alohida tasavvurlar, xususan, so‘zlaming asosiy elementlari bo‘lgan harakat (kinestetik) tasavvurlar bilan tovush tasavvurlari o‘rtasida bog‘lanishlar hosil bo‘ladi. Nutq maxsus funksiya sifatida tafakkur bilan tashqi — assotsiativ bog‘lanishlardan tashqari hech qanday munosabatda bo‘lmaydi. Bu, psixologlaming ta’limotiga ko‘ra, diqqat ongimizda qolgan barcha tasaw urlam i siqib chiqargan, qandaydir bitta tasavvurlar gruppasining hukmron bo‘lishi bilan izohlanadi, emosiyalar xush va noxush hislami anglash bilan birlashgan sezgi hamda tasavvurlar yig‘indisidir va hokazo.
Assosianistlar inson shaxsining o‘zini ham o‘z tanasini sezishga va shunga mos keladigan tasavvurlarga — «tasavvurlar birikmasi»ga asoslangan ancha barqaror va doimiy psixik hodisalar komplekslari, deb tushunadilar.
Assotsiativ psixologiya vakillarining xizmati shundan iborat-ki, ular ongning yuksak murakkab jarayonlarini, ya’ni tafakkur, nutq va irodalami tajriba asosida (asosan, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan) o‘rganishni diqqat markazida tutdilar. Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa psixologlaming bu ta’limoti amalda o‘zining yaroqsizligini ko‘rsatdi. Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ jarayonlarga tenglashtirib qo‘yish mumkin emasligi m a’lum bo‘ldi.
Tafakkur jarayonini har tomonlama tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, tafakkurda mavjud bo‘lgan ba’zi lahzalarni tafakkurlarning oddiy assotsiatsiya yo‘li bilan oddiy bog‘lanaverishlariga tenglashtirish mumkin emas va shu lahzalar bilan tafakkur oddiy assotsiativ jarayonlardan tubdan farq qiladi. Biz assotsiativ jarayonda, avvalo, tasavvurlar harakatini ko‘ramiz, bunda ongimizda hosil bo‘lgan har qanday tasavvur aw algi tasavvurlar yoki idrok tufayli hosil bo‘ladi. Lekin, bir xil turtki (idrok yoki tasavvur) orqali birin-ketin paydo bo‘lgan tasavvurlar o‘z yo‘lida har xil yo‘nalishlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Birinchidan, tafakkurda ham, albatta, tasavvurlar yoki boshqa psixik mahsullar (hukm, tushuneha)ning harakati sodir bo‘ladi. Lekin bu yerda bu harakat avvalgi idrok va tasavvurlar turtkisi sodir bo‘lmasdan, balki dastavval qo‘yilgan maqsad va vazifa bilan belgilanadi va boshqariladi.
Tafakkur maqsadga muvofiq yo'naltirilgan jarayondir. Tafakkur jarayoni hamma vaqt birorta masalani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ikkinchidan, assotsiativ jarayonlar esa passiv jarayonlardir. Assotsiativ qonunga binoan tasavvurlar harakati go‘yo o‘z-o‘zicha ro‘y beradi, bu harakat oldindan belgilanm asdan, ongli kueh sarflanm agan holda boraveradi. Agar tasavvurlam ing assotsiativ oqim ida aktivlik bo‘lsa ham, u beixtiyor faollikdir. Bu o‘rindagi beixtiyor faollik shaxsning em osional holati bilan mavjud tasavvurlar tufayli ro‘y beradigan em osional lahzalar bilan belgilanadi.
Tafakkur esa, aksincha, oldindan ongli kueh (diqqat) sarflash yo'li bilan sodir bo'ladigan jarayondir. To‘g‘ri, tafakkur jarayonlarida ham passiv holatlar bo‘ladi, lekin ular bu o‘rinda faqat qo‘shim cha va yordam ehi aham iyatga ega bo‘ladilar. Passiv holatlar tafakkurni belgilab berm aydilar, ular birlamchi emas, balki ikkilamchidir, ko‘pincha aqliy taraqqiyotning yuksak bosqichlarida paydo bo‘ladilar.
Uchinchidan, assotsiativ jarayonlarda faqat esga tushirish, tajribadan hosil bo‘lgan, sezilgan va idrok qilingan narsalardan nusxa ko‘chirishgina bordir.
Tasavvurlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv (takrorlovchi) jarayondir. Bu jarayonlarda ongimizda yangi mazmun hosil qilinmaydi.
Tafakkur mahsuldor (produktiv) jarayondir. Bunda ongimiz yangi mazmunga, yangi mahsulotga ega bo‘ladi. Bu yangi mahsulot obyektiv borliqning shunday lahzalarini aks ettiradi-ki, bu lahzalarni bevosita sezgi organlari orqali bilish mumkin emas, binobarin, tasaw urlarda ham takrorlash mumkin emas.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo‘lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo‘lgan tasavvurlardan hosil bo‘ladi deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalaming qonunlariga binoan, o‘zaro mexanik bog'lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga G. Ebbingauz tenglashtirib qo‘yiladi, ya’ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalaming jonlanishidi



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin