6-mavzu: XVIII-XIX asrlarda psixologiyaning rivojlanishi reja


Eksperimental psixologiyaning shakllanishi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə4/5
tarix23.08.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#140224
1   2   3   4   5
6-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI

3. Eksperimental psixologiyaning shakllanishi
XIX va XX asrdagi psixologiya bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo'lgan bu yo‘nalish XIX va XX asming boshlarida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Uning yutuqlarga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Eksperimentning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilgandek, psixologiya fanining maxsus vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi. Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo‘nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsianizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi.
Eksperimental psixologiya ma’lum-ki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gurillab o‘sishi bilan harakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanning bunday o'sishiga yordam berdi.
XVIII asming oxiri — XIX asming boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala bo'yicha filosof Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo'lishi mumkin emas, ularga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, ya’ni o'rganadigan voqelik sohasi kuchli ravishda kengaydi; bu fanning alohida yangi sohalari paydo bo‘ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o‘rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gullab-yashnashi bilan harakterlanadi. Fanda paydo XIX va XX asrdagi psixologiya bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo'lgan bu yo‘nalish XIX va XX asming boshlarida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Uning yutuqlarga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi.
Eksperimentning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilgandek, psixologiya fanining maxsus vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi. Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo‘nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsia nizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi.
Eksperimental psixologiya ma’lum-ki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gurillab o‘sishi bilan harakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanning bunday o'sishiga yordam berdi. XVIII asming oxiri — XIX asming boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala bo'yicha filosof Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo'lishi mumkin emas, ularga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, ya’ni o'rganadigan voqelik sohasi kuchli ravishda kengaydi; bu fanning alohida yangi sohalari paydo bo‘ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o‘rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gullab-yashnashi bilan harakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Kant Immanuil hayoti: (1724-1804) Germaniyalik mutaffakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand-usta oilasida tug‘ilib o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to‘rtinchisi bo'lgan. I.Kant bolalik va o'smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli rimjon, jizzaki hamda vahimachi edi. 1745-yilda Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. 1755-yildan to 1797-yilgacha shu yerda metafizika, mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dors bergan. Umrining oxirigacha bo'ydoq o'tgan.
57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan. Uning quyidagi asarlari mа’lum: «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi» (1788), «Antropologiya» (1798). Bular I.Kantning eng yirik va mashhur asarlari sirasiga kiradi. Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlasxishni xush ко‘rmagan. Aftidan, и o‘zining tinglashga emas, faqat o‘qitishga qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan. Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har kecha roppa-rosa 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg'ongan. U 30-yil davomida bir marta ham bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa kechki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda yashovchilar Kantga qarab soatlarini tekshirishgan.
Psixik hodisalami o‘lchash mumkinligi, binobarin, psixoiogiyada eksperimetning bo‘lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tatbiq etish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman, tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar — xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o‘zgarish jarayonida bo‘ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o‘zgarish va almasxish jarayonida m a’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart, garchand, psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmagan.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida, ayniqsa, nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt(1832-1920)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. V.Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. V.Vundt eksperiment va o‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi. V.Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha metodlami, ya’ni qo‘zg‘atish metodi, ifodalash metodi va reaksiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.
V.Vundt 1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kocp vaqt o‘tmasdan (1881) u Berlin universiteti huzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi.
V.Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o‘sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo‘zg‘atgichga to‘plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniq lash uchun V.Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861-yilda alohida mayatnik ish o‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum vaqtdan keyin jiringlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani oyoqqa turg‘izish uchun V.Vundt qo‘shimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa, fiziologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini avval surdi. Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitet, shaharlarida ham, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham, jumladan, Fransiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi.
XIX asming oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911-yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut Rossiya Federatsiyasining Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi - tabiiy eksperiment ishlab chiqildi. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o‘rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini hal qilishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan yoki butunlay mumkin boMmagan ko‘p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgi, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental tahlil yo‘li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlaming fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan bog‘lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlaming yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida - o‘quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizasiyalashtirishda, sud ishlarida, san’atda juda ko‘p foyda keltiradi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1803- 1887)lar amalga oshirdilar.
Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta’sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o‘zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlami topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo‘zg‘atuvchi taassurotlar ta’siridagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarifmasiga proporsionaldir, degan psixo-fizik qonunni kashf etadi.
Veber va Fexnerlar o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya endi aniq, fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
XIX-XX asrlar psixologiya fanining yutuqlari uchun metod bilan birgalikda taraqqiyot prinsipining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Taraqqiyot ideyasi, xususan, ruh haqidagi ta’lim otdagi taraqqiyot ideyasi qadim gi zam on m utafakkirlarining ko‘pchiligi (Geraflit, Efissk va boshqalar) tom onidan aytilgan ideyadir.



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin