6-mavzu: XVIII-XIX asrlarda psixologiyaning rivojlanishi reja


Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə2/5
tarix23.08.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#140224
1   2   3   4   5
6-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI

Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi. XVIII asr frantsuz materialistlari Kondilyak (1715-1780), Kabanis (1757- 1808), Lametri (1709-175I), Gelvetsiy (1715-1771), Golbax (1723-1789) psixika haqida izchil materialistik ta’limot yaratdi lar.
XVIII asr fransuz materialistlari birdan bir asos - materiya, deb ta’lim berdilar. Ular materiya tushunchasini qadimgi grek materiaiistlaridan olgan edilar, ya’ni materiya atomlardan tashkil topgan bosh negizdir, deb fikrladilar. Tabiatdagi har xil narsalar faqat bitta materiyaning ko‘rinishidir, deb qaradilar. Inson, tabiatning bir qismi sifatida, o‘zining ham jismoniy, ham psixik mohiyatiga ko‘ra moddiydir, deb tushunildi. Bu materialistlar ruhning mustaqil holda mavjud bo‘lishini inkor qildilar va psixik jarayonlarning mohiyatini fiziologik jarayonlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Fransuz materialistlarining qoidasi psixika miyaning fiziologik jarayoni, u moddiy protsessdir, degan fikrdan iborat. Bu qoida spiritualizm va umuman, idealizmga, uning moddiy bo‘lmagan psixika va ichki tajriba haqidagi ta’limotiga qarama-qarshi qo‘yilgan edi. Lametri (vrach) aniq materiallarga, ayniqsa,, patologiya sohasidan olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘zining «Inson - mashina» degan mashhur kitobini yozdi. Asarda u shunday deb yozadi: «Ruhning barcha qobiliyatlari miyaning va butun gavdaning tuzilishiga bog‘liq boMganligi uchun ravshan-ki, ular shu tuzilishning o‘zidan iborat - dir».
Psixikani fiziologik jarayonlar bilan bunday tenglashtirish Kabanis tomonidan uning «Insonning jismoniy va axloqiy tabiati o'rtasida munosabat» nomli asosiy asarida keskin qo‘yiladi. Buni Kabanis quyidagicha ifodalaydi: «Fikmi keltirib chiqaradigan jarayonlar haqida aniq tushuncha hosil qilish uchun oshqozon va ichaklar ovqat hazm qilganday, jigar o‘t ajratib chiqarganday, quloq oldi, jag‘ osti va til osti bezlari so‘lak ajratganday, bosh miyani ham faqat fikr ishlab chiqarishga tayinlangan alohida organ deb qaramoq kerak». Biz, bosh miya ma’lum ma’noda, tassurotlami qaytadan ishlaydi, u organik holda fikr ajratib chiqaradi, deb hisoblaymiz.
Biz bunday fikrlami XVIII asming boshqa materialistlarida ham uchratamiz. Bunda, XVIII asr materialistlari psixik hayotning barcha hodisa va jarayonlari, barcha tabiat jarayonlari va hodisalari singari, mexanika qonunlari bilan tushuntiriladi. F.Engels XVIII asr fransuzlarining kamchiliklari haqidagi mulohazalarida shunday deydi: «O'simlik va hayvon organizmi juda kam tekshirilgan edi, uning ishlari sof mexanistik sabablar bilan tushuntirilar edi. Dekartning nazarida odam hayvon bo‘lgani singari, XVIII asr materialistlarining nazarida odam mashina bo‘lgan. Psixik hayotni mexanistik tushunishning sababi shundaki, ХУШ asrda boshqa fanlar orasida eng taraqqiy qilgani mexanika edi. Fransuz materialistlari odamda ro‘y bergan hamma hodisalami shu mexanika qonunlari asosida tushuntirishga urindilar. Fizika, kimyo, biologiya fanlari o‘sha vaqtlarda endigina bosh ko‘tara boshladi. F.Engels fransuz materialistlarining mexanistik qarashlari asossiz deb ko‘rsatadi.
XVIII asming oxiri, XIX asming boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala bo‘yicha filosof I.Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo‘lishi mumkin emas, unga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
F.Bekon va T.Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psi
Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin