Har qanday darajadagi menejerning oldiga qo’yiladigan muhim talab odamlarni boshqarishni bilishdan iboratdir. Ularga quydagilar kiradi:
Har qanday darajadagi menejerning oldiga qo’yiladigan muhim talab odamlarni boshqarishni bilishdan iboratdir. Ularga quydagilar kiradi:
- o’zining to’g’ridan to’g’ri qo’l ostidagilarni, ularning qobiliyatlari va o’zlariga topshirilgan aniq ishni bajarish imkoniyatlarini mukammal bilish;
- korxona va xodimlarni bog’lovchi sharoitlarni bilish, ular va boshqalarning manfaatlarini adolatli asosda himoyalash;
- menejerning psixologik omilkorligi;
- jamoaning birligini saqlab qolish va tashkilotni faoliyat yuritishi samaradorligini ta’minlash maqsadida qobiliyatsizlarni bartaraf qilishni bilish.
2 Menejer va yetakchi
Menejerni yana yetakchilik sifatini egallashi maqsadga muvofiqdir. Yetakchi ko’pincha rahbar bo’ladi, ammo uning harakatlarining xarakteri odatdagi menejer boshqacharoq. U boshqarmaydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarni orqasidan olib yuradi. Ular unga nisbatan tobelar emas, balki ergashuvchilar bo’ladilar.
Lavozim rahbar uchun rasman jamoaning yetakchisi bo’lish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, ammo uni avtomatik ravishda shunday qilmaydi, tashkilotda birinchi shaxs bo’lish, ammo haqiqiy yetakchi bo’lmasligi mumkin, chunki u buyruq bilan tasdiqlanishi emas, balki atrofidagilar tomonidan ularning extiyojlarini qanoatlantirishga qodir yagona kishi sifatida psixologik tan olinishi kerak. Buning uchun yetakchilik o’rniga da’vogarlik qiluvchi kishi kelgusini va unga qarab harakatlanish yo’llarini aniq ko’ra olishni bilishi kerak.
Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar? Menejerlar qoidaga ko’ra, boshqa kishilar tomonidan qo’yilgan maqsadlarga qanday, qaysi usullar bilan erishish kerakligini belgilaydilar, qo’l ostidagilarning ishini rejalarga muvofiq tashkil qiladilar va yo’naltiradilar, ammo bunda passiv o’rini egallaydilar. O’zlarining atrofdagilar bilan o’zaro hamkorliklarini huquqlar va majburyatlarni aniq tartibga solinishi asosida quradilar. Yetakchilar esa qanday maqsadlarga intilish kerakligini mustaqqil ravishda, ortiqcha tafsilotlarni surishtirmasdan belgilaydilar. Ularning qarashlarini qabul qilgan va qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning orqasidan borishga tayyor bo’lgan kishilar, ularga ergashuvchilar bo’ladilar, yetakchilar bunda ilhom beruvchilar bo’ladilar. Ular atrofdagilar tomonidan nazorat qilinmaydilar, ergashuvchilar bilan munosibatlarni esa ular inshonch asosida quradilar.