6-sinf adabiyot I chorak



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə4/4
tarix24.05.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#121305
1   2   3   4
6-sinf adabiyot choraklik test

IV chorak



  1. Zulfiya o’zining “Nevara” she’rida nevarasini kimga o’xshatadi?

A. H. Olimjonga C. O’ziga
B. Onasiga D. Otasiga
2. Zulfiyaning dastlabki she’riy to’plami qaysi?
A. “Ko’klam” C. “Hayot varaqlari”
B. “Mitti yulduz” D. “Tong nafasi”
3. “Nizomning tantiligi” hikoyasida Humoyunni o’lim changalidan kim qutqarib qoladi?
A. Bayramxon C. Sherxon
B. Nizom D. Qutbxon
4. “Nizomning tantiligi” hikoyasida P.Qodirovning qaysi romanidan olingan parcha?
A. “Yulduzli tunlar” C. “Uch ildiz”
B. “Qora ko’zlar” D. “Avlodlar dovoni”
5. “… burgutnikiga o’xshash ko’z qarashlari va mag’rur o’tirishi Bayramxonda hayiqihga o’xshash bir tuyg’u uyg’otdi” “Avlodlar dovoni” asaridan keltirilgan ushbu jumlada kimning qarashlari haqida gap boryapti?
A. Humoyun C. Sherxon
B. Pakavira D. Qutbxon
6. “Avlodlar dovoni” asarida tuhmatga uchragan, Humoyundan panoh izlab ketayotganda dushmanlar tomonidan o’ldirilib, boshi kesilgan kim edi?
A. Sherxon C. Bayramxon
B. Amir Bahlul D. Nizom
7. Oybekning “Quyosh qoraymas” romani qanday romanlar sirasiga kiradi?
A. Tarixiy C. Zamonaviy
B. Harbiy D. Sarguzasht
8. 2004-yilda “O’zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan adib kim?
A. Ibroim Yusupov C. E. Vohidov
B. A. Oripov D. J. Jabborov
9. “Farzandlar o’zi minayotgan mashinaga o’xshaydi. O’zi kim, mashina kim, bilib bo’lmay qolyapti” “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida yuqoridagi mulohazalar kimga tegishli?
A. Abray polvonga C. Tiloberdi polvonga
B. Bo’ri polvonga D. Nasim polvonga
10. “Har kimning tug’ilgan yili - Misr” maqoli qaysi she’rga epigraf qilib olingan?
A. “Kitob jovonim” C. “Qadrdon so’qmoqlar”
B. “Farg’oniy monologi” D. “Qora tol”
11. Ibroim Yusupov she’rlarida tilga olingan ota va onaning umriga o’xshatilgan narsa nima?
A. Daryo C. Tuproq
B. Quyosh D. Qo’shterak
12. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida san’atning qaysi turi butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlanadi?
A. Kurash C. Musiqa
B. Rassomchilik D. Kino
13. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida “Ishonchim komilki , nevaram bobosining orini oladi” degan jumla bor. “orini oladi” deganda nima nazarda tutilgan?
A. Hunarini olmoq C. Yo’lidan yurmoq
B. O’chini olmoq D. Odatini olmoq
14. “Umirbek laqqi” dramasining muallifi kim?
A. Ibroim Yusupov C. E. Vohidov
B. A. Oripov D. J. Jabborov
15. “Nizomning tantiligi” hikoyasida Nizom sevgan qiz…?
A. Dildor C. Hamidabonu
B. Gulnor D.Zuhrabegim
16. E. Seton-Tompsonnig “Yovvoyi yo’rg’a” asarini kim o’zbek tiliga o’girgan?
A. S. Ahmad C. O’. Hoshimov
B. G. G’ulom D. Tog’ay Murod
17. Erki o’zida bo’magan kishining fojiasi ko’rsatilgan masalni toping
A. “Dumsiz eshak” C. “Tuya bilan bo’taloq”
B. “Yodgor po’stindo’z “ D. “Yolg’onchi tuya”
18. Odil Yoqubovning dastlabki asari qaysi?
A. “Tengdoshlar” C. “Tilla uzuk”
B. “Dastlabki qadam” D. “Olma gullaganda”
19. Bo'ri,Tilovberdi, Normurod, Maksim, Ismoil, Abray kabi polvonlar timsoli qaysi asarda berilgan?
A. “Momo yer qo'shig'I” C.”Otamdan qolgan dalalar”
B. “Oydinda yurgan odamlar” D.”Yulduzlar mangu yonadi”
20."Biz polvonlik maktabida o'qimadik. Polvonlik bizga ota meros, pushtdan-pushtga, qondan-qonga o'tib kelyapti" jumlalarini "Yuldu­zlar mangu yonadi" asarining qaysi qahramoni aytgan?
A. Bo'ri polvon C. Ismoil polvon
B. Tilovberdi polvon D.Normurod polvon
21. Shoir va shoh Bobur haqida yozilgan asarni aniqlang.
A"Avlodlar dovoni" C. "Yulduzli tunlar"
B. "Meros" D. "Qadrim"
22. "Men halol non eb o'rganganman" jumlasi "Avlodlar dovoni" asarining qaysi timsoliga tegishli?
A Bayramxonga C. Humoyunga;
C. La’l Chandga D. Nizomga
23." Avlodlar dovoni" asarida sulhga xiyonat qilgan kim edi?
A. Sherxon C. Humoyun
B . Pakavira D. Hech kim.
24. "... tubsiz jarga yiqilay deganda shu daraxtni ikki qo'llab tutib qoldi. Nuqtalar o'rniga qaysi ism qo'yiladi?
A. Bobur C. Akbar
B. Humoyun D. Komron.
25. Humoyunning "Siz menga inilarim qilmagan yaxshilikni qildingiz" degan gapi kimga qaratilgan?
A. Nizomga C. Bayramxonga
B. Sherxonga D. Mavludbekka



@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin