6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 36-42 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə20/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
6-10-KALITLAR

7-sinf O’zbekiston tarixi 36-42 mavzular
1. Turkman qabilalari bilan bo‘lgan jangda Mironshoh Mirzo halok bo‘lgach (1408-yil) qaysi hududlar temuriylar tasarrufidan chiqib ketdi?
A) Ozarbayjon va Sharqiy Eron B) Armaniston va Gurjiston
C) Gurjiston va Eron D) Ozarbayjon va Iroq
2. 1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said bilan Mirzo Abdulla o'rtasida jang qayerda bo’lgan?
A) Ray viloyati yaqinida B) Sheroz qishlog’i yaqinida
C) Tarnob yaqinida D) Damashq qishlog'i yaqinida
3. Turkmanlarga qarshi jangda temuriylar hukmdor Abu Said (1469-yil) halok bo‘lgan vaqtda turkmanlar egallab turgan viloyatlarni aniqlang.
A) Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistongacha bo‘lgan viloyatlar
B) Janubiy Eron, Tabriz va Sultoniyagacha bo‘lgan viloyatlar
C) Ozarbayjon, G‘arbiy Eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlar
D) Panjob, Kabul va G‘aznagacha bo‘lgan viloyatlar
4. Hirot hokimi Abulqosim Bobur 1454-yilda Movarounnahrga bostirib kirib Samarqandni qamalga olganida kim bu majaroga qat‘iyan aralashib raqiblarni yarashtirgan?
A) Xo‘ja Ubaydulloh Ahror B) Xo‘ja Islom
C) Ho‘ja Abdulmakarim D) Shamsiddin Muhammad Miskin
5.Quyidagi qaysi soliq turi Balxga noib etib tayinlangan Abdullatif tomonidan savdogarlarni o'z tarafiga og'dirib olish
maqsadida bekor qilingan?
A) boj B) tagjoy C) targ‘u D) tamg‘a
6. Qaysi javobda Temuriylar davrida savdogarlardan olingan boj turini nomi keltirilgan?
A) barok B) targ’u C) tamg’a D) zakot
7. Amir Temur vafot etganidan so‘ng kim o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qilgan?
A) Xalil Sulton Mirzo B) Pirmuhammad
C) Sulton Husayn Mirzo D) Shohrux
8. Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida Xalil Sultonga qarshi bosh ko‘targan temuriyzodani aniqlang.
A) Abu Bakr Mirzo B) Pirmuhammad
C) Sulton Husayn Mirzo D) Umarshayx Mirzo
9. Amir Temurning o'g‘li Mironshoh kim bilan bo'lgan jangda halok bo‘ldi?
A) Qora Yusuf B) Pirmuhammad
C) Abulxayrxon D) Oltin O‘rda hokimi Edigey
10. Sheroz yaqinidagi jangda 1409-yilgi Xalil Sulton kimdan magʻlub bo'lgan edi?
A) Amir Xudoydot B) Shohrux Mirzo
C) Mirzo Ulugbek D) Sulton Husayn Mirzo
11. Quyidagilardan xato javobni aniqlang.
A) 1409-yil Mirzo Ulug'bek Movarounnahr va Turkistonga hokim etib tayinlandi
B) 1413-yil Xorazm Shohrux tomonidan Oltin O'rda xonlari tasarrufidan qaytarib olindi
C) Mirzo Ulug'bek 1425-yil erta bahorda Mo'g'iliston ustiga yurish boshladi
D) Mirzo Ulug'bek 1413-yilda Farg'ona va Qoshg'arni egalladi
12. Kamoliddin Behzod ustoz san’atkor sifatida qaysi o’lkalarning tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi?
1) O‘rta Osiyo 2) Eron 3) Xuroson 4) Ozarbayjon 5) Hindiston
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,3,5
13. 1425-yilda Ulug'bek Mo’ng’uliston ustiga yurish boshlaydi va mo’ng’ullar bilan to’qnashuvda g’alaba qozonadi. Ushbu jang qaysi hududda sodir bo'lgan?
A) Samarqand yaqinida B) Qoshg‘arda
C) Issiqko’l yaqinida D) Dashti Qipchoqda
14. Mirzo Ulug`bek Xurosonni egallagach, bu yerga Abdullatifni qoldirib, o`zi Samarqandga qaytishining sababini aniqlang.
A) Movarounnahrda Ulug`bekka qarshi isyon boshlanishi
B) Movarounnahrga ko`chmanchilarning hujumi
C) poytaxtni ko`p muddatga bo`sh qoldirmaslik uchun
D) ota-bola o`rtasida kelishmovchilikning paydo bo`lishi
15. 1449-yil oktyabrda mag`lubiyatga uchragan Mirzo Ulug`bekni shaharga kiritmaslik maqsadida Samarqand darvozalari kim tomonidan berkitib qo`yildi?
A) Muhammad Miskin B) Abdulaziz
C) Alouddavla D) Mironshoh Qavchin
16. XV asrning 50-yillarida Temuriylar saltanatning har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq bo’lgan hukmdor nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Ulug'bek Mirzo B) Abulqosim Bobur
C) Sulton Husayn Bayqaro D) Sulton Abusaid
17. Ulug’bek rasadxonasining ulkan sekstanti o’rnatilishida qaysi olim boshchilik qilgan?
A) Qozizoda Rumiy B) G’iyosiddin Jamshid Koshoniy
C) Alouddin Ali Qushchi D) Shamsiddin Muhammad Havofiy
18. Temuriylar davrida adabiyotning qanday yangi yo’nalishi paydo bo’ldi?
A) Tarjima adabiyoti B) Masnaviyda asarlar bitish
C) Nasr yo’nalishi D) Dodtonchilik yo’nalishi
19. Navoiyga qadar o’zbek she’riyatida kimning darajasiga yetadigan shoir yo’q edi?
A) Lutfiy B) Jomiy C) Binoiy D) Atoiy
20. Mirxond “Ravzat us-safo” asarini kimning ko’rsatmasi va homiyligida yozgan edi?
A) Husayn Bayqoro B) Alisher Navoiy
C) Mirzo Uluglbek D) Shohruh
21. 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning diqqat-nazariga tushib, uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qilgan shaxs kim?
A) Komoliddin Behzod B) Xondamir
C) Mirxond D) Binoiy
22. Xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan shaxs kim?
A) Mirali Tabriziy B) Mahmud Muzahhib
C) Sultonali Mashhadiy D) Bayoniy
23. Mirzo Ulug’bekning qayerga qilgan yurishida omadi kelmaydi, otasining yordamga kelishigina uning halokatdan saqlab qoladi?
A) Mug’ulistonga B) Xorazmga C) Eronga D) Dashti Qipchoqqa
24. 1451-yilda Abulxayrxon katta qo‘shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida qaysi shahrlar orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi?
1) Toshkent 2) Xo’jand 3) Chinoz 4) O’ratepa 5) Jizzax
A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 3,4,5 D) 1,3,4
25. Kimning hukmronligi davrida Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib ketib, Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda Xuroson o‘n bir bo‘lakka ajralib ketadi?
A) Husayn Bayqaro B) Abulqosim Bobur
C) Abu Said Mirzo D) Shohruh
26. Nechanchi yillarda Temuriylar saltanati 2 marta ikki qismga bo’linib ketadi?
1) 1409 yil 2) 1412 yil 3) 1449 yil 4) 1457 yil 5) 1469 yil
A) 2,5 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,5
27. Temuriylar davrida barpo etilgan qaysi inshoatda Qur’oni karimni qo’yish uchun ulkan tosh lavh yasatilib o’rnartilgan?
A) Bibixonim jome masjidi B) Go’ri Amir maqbarasi
C) Samarqanddagi Ulug’bek madrasi C) Ulug’bek rasadxonasi
28. Temuriylar davrida zamonasining ilm-fani, ma’rifati va ma’naviy hayotida muhim nufuzga ega bo‘lgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufda bo‘lgan mulk yerlarining bir qismidan qanday soliq olingan?
A) Ushr B) Xiroj C) Zakot D) Kalon
29. Mirzo Ulug’bek buyuk muitafakkirlarning asarlari orqali qaysi qadimgi yunon olimlarining mumtoz asarlari bilan tanishadi?
1) Aflotun 2) Arastu 3) Gipparx 4) Ptolomey 5) Plutarx 6) Geraklit
A) 1,3,5,6 B) 1,2,4,5 C) 3,4,5,6 D) 1,2,3,4
30. Quyidagilardan mustaqillik yillarda allomalarning yubeliy yillari bilan muvofiqlashtirib berilgan jaobni toping.

1

Komoliddin Behzod

I

1995 yil

a

1130 yilligi

2

Najmiddin Kubro

II

1997 yil

b

920 yilligi

3

Mahmud Zamaxshariy

III

1998 yil

c

850 yilligi

4

Abu Mansur Motrudiy

IV

2000 yil

d

545 yilligi

A) 1-IV-d, 2-I-c, 3-I-b, 4-IV-a B) 1-III-d, 2-II-c, 3-I-b, 4-IV-a
C) 1-III-d, 2-I-c, 3-III-a, 4-IV-b D) 1-I-d, 2-II-c, 3-III-b, 4-IV-a


7-SINF JAHON TARIXI JAVOBLAR



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin