7-sinf Jahon tarixi. 36-40 mavzular Chingizxon qo’shinlari Dashti Qipchoq hududlariga qaysi hududlarni egallaganidan so’ng chiqqanlar?
A) Sharqiy Eron, Xorazm egallanib, Kaspiy sohillari orqali
B) Afg’oniston, Shimoliy Eron egallanib Xorazm orqali
C) Afg’oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali
D) Yettisuv, Sharqiy Eron, O’rta Osiyo orqali
Oltoy O’rdaning Saroy Botu shahri qayerda joylashgan edi?
A) Ural va Volga daryolari oralig'ida
B) Volganing quyi oqimida
C) Don va Volga daryolari oralig'ida
D) O‘rta Volgada
Chingizxon vafotidan so‘ng kim mo‘g‘ullar davlatining ulug‘ xoqoni qilib tayinlangan?
A) Jo’jixon B) O‘qtoy C) Tulu D) Botuxon
Oltin O’rdaning Saroy Botu va Saroy Berka shaharlari qaysi hukmdorlar davrida dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo‘lgan?
A) O’zbekxon va Jonibek davrida
B) Botuxon va Berkaxon davrida
C) Jonibek va To‘xtamish davrida
D) Botu va Xuloku davrida
Qaysi javobda Oltin O‘rda XIII asrning ikkinchi yarmida Misr sultoni bilan ittifoq tuzishining sababi keltirilgan?
A) Chig'atoy ulusini bosib olish uchun
B) o’zaro savdo aloqalarini o'rnatish maqsadida
C) Xuloku ulusiga qarshi kurashish maqsadida
D) Qrim xonligini bo‘ysundirish uchun
Nechanchi yilda Oltin O‘rdada davlat dini deb Islom dini e’lon qilindi?
A) 1342-yil B) 1314-yil C) 1312-yil D) 1324-yil
Oltin O'rdada vazir yetakchiligidagi devon boshqaruvidagi sohalarni ko'rsating.
A) moliya, savdo, qo'shin taminoti
B) soliqlar, moliya, savdo
C) soliqlar, harbiy, dehqonchilik
D) soliq, moliya, harbiy
Oltin O'rda davlatida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug'ullangan?
A) Xon va Ulusbegi B) Xon va Bosqoq
C) Bosqoq va Tamg'achxon D) Xon va Beklarbegi
O'zbekxon davrida Oltin O'rdaga yuz bergan o'zgarishlarni belgilang.
1) Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishdi. 2) Oltin O'rda Xulokular ustidan g’alaba qozondi. 3) Rus knyazlarining qo'zgolonlari bostirildi.4) Islom dini davlat dini deb qabul qilindi. 5) Mog'uliston bilan aloqalar uzildi.6) Shaharsozlik yuksala boshladi.
A) 1, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 6
To'xtamishxon qachon Moskva ustidan hukmini o'rnatib rus knyazlarini yana boj-yasoq to‘lashga majbur etdi?
A) 1389-yil B) 1380-yil C) 1382-yil D) 1378-yil
Oltin O‘rda davlatida ijro hokimiyati boshlig’i ... bo’lib, devon ishlarini ... boshqargan.
A) dorug‘a / devonbegi B) vazir / devonbegi
C) dorug‘a / bosqoq D) beklarbegi / vazir
Oltin O‘rdada amaldor ko`chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba’zida xondan ham ko`proq mavqega erishgan?
A) dorug'a B) ulusbegi C) bosqoq D) beklarbegi
Xitoyda XIV asrda Min sulolasi hukmronligi davrida mamlakat xo’jaligini tiklash uchun qanday tadbirlar o’tkazilgan?
1) hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar kamaytirildi; 2) dehqonlar qullarga aylantirildi; 3) ko'priklar, yo’llar qurildi; 4) qullarni ozod qilish tog’risida qonun qabul qilindi; 5) kanallar, to’g’onlar suv omborlari qurildi; 6) ekin maydonlari kengaytirildi; 7) qog'oz pullar chiqarildi; 8) soliqlar miqdori oshirildi.
A) 3,4 5,7 B) 2,5,6,8 C) 1,4,5,6 D) 2,3,7,8
Xitoyda ipakdan shoyi suzana – panno ixtiro qilinganidan qancha vaqt o’tib paxtadan mato tayyorlana boshlangan?
A) 4 asr B) 2 asr C) bir vaqtda D) 3 asr
Mo‘g‘ul xoni Xubilay Xitoyni egallagach, bu yerda qaysi sulolaga asos solgan?
A) Sin B) Buyuk mo‘g‘ullar C) Yuan D) Xan
Xitoyda Min sulolasi boshqaruvi davrida qaysi davlat bilan munosabatlari buzilgan? (XV asr boshi)
A) Yaponiyadagi Asikaga sulolasi bilan
B) Dehli sultonligi bilan
C) Oltin O’rda xonligi bilan
D) Amir Temur saltanati bilan
Xitoyda Sun sulolasi davrida ekin maydonlarining kengayishiga imkon bergan vositani belgilang.
A) suv omborlarining barpo etilishi
B) suv tegirmonlaridan keng foydalanish
C) yangi kanallarning qurilishi
D) chig'irlardan keng fovdalanishi
Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoy davlati quyidagi qaysi tabaqa vakillarini qo’llab-quvvatlagan?
A) 500-10000 mu yeri bor yirik zodagonlarni
B) 300-5000 mu yeri bor harbiy va amaldorlarni
C) 30-40 mu yeri bor erkin dehqonlarni
D) Xitoyda aholining barcha tabaqalariga munosabat birday bo’lgan
1351-yili Xitoyning qaysi viloyatlarida Yuan sulolasiga qarshi rohib Chu Yuan Chjan boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni ko’tarilgan?
A) Futsziyan va Shandun viloyatlarida
B) Xenan va Shandun viloyatlarida
C) Yanszi va Yunan viloyatlarida
D) Guanchjou va Shandun viloyatlarida
Rivojlangan o‘rta asrlarda Xitoyda nimaning hisobiga zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko‘payib boradi?
A) chig‘irlardan keng foydalanish natijasida
B) harbiylarga ko'plab yer-mulklarni in’om etilishi natijasida
C) siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga chek qo'yilishi natijasida
D) yangi o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog‘oldi hududlari hisobiga, kambag’allar-ning qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi natijasida
Min qo`shinlari Vyetnamni ishg`ol qilgan sanani aniqlang.
A) 1388-yil B) 1368-yil
C) 1351-yil D) 1406-yil
XV asrning o’rtalaridan boshlab Min imperiyasi ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga nima salbiy ta’sir ko’rsatgan.
A) sulola vakillari o’rtasidagi ayovsiz kurash
B) manjurlarning hujumi
C) iqtisodiy inqiroz
D) dehqonlarning yersizlanishi
Pekche qirolligi qachon markazlashgan davlatga aylandi?
A) mil av IV asrda B) milodiy V asrda
C) mil av. III asrda D) milodiy IV asrda
Parxe qirolligi o'z qudratining cho'qqisiga erishgan davrni aniqlang.
A) VII asr boshi B) IX asr I yarmi
C) VII asr II yarmi D) VIII asr o'rtalari
Bir asrda hokimiyat tepasiga kelgan sulolalarni toping.
1) Kapetinglar; 2) Tan; 3) Sun; 4) Koryo;
5) Saksoniyaliklar; 6) Li; 7) Karolinglar
A) 2,4,6,7 B) 2,3,6,7 C) 1,3,4,5 D) 1,3,5,7
Qaysi davrda qadimgi Choson davlati uch qirollikka bo’linib ketgan?
A) milodiy I asrda B) mil. av. II asrda
C) milodiy II asrda D) mil. av. I asrda
Orta asrlarda Yaponiyaning aholi zich yashaydidan port shaharlaridan birining nomi xato berilgan javobni toping.
A) Sakai B) Xyogo C) Nagoya D) Xakata
Silla qirolligi o‘z taraqqiyotining cho'qqisiga erishgan asrni aniqlang.
A) IX asr B) VIII asr o’rtalari C) VII asr oxir D) VIII asr boshlari
Koreyaning o‘rta asrlar tarixiga oid quyidagi ma'lumotlarni to‘g‘ri joylashtiring.
1) Parxe qirolligi o'zining qudrat cho‘qqisiga erishdi; 2) Pekche davlati vujudga keldi; 3) Choson qirolligi iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi; 4) Silla qirolligining oltin davri boshlandi; 5) qadimgi Choson uch qirollikka bo'linib ketdi;
a) mil.av. I asr; b) VIII asr o'rtalari; c) XV asr o‘rtalari; d) III-IV asrlar; e) IX asrning I yarmi
A) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b, 5-c B) 1-b, 2-c, 3-e, 4-a, 5-d
C) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a D) 1-c, 2-a, 3-e, 4-d, 5-b
Yaponiyada imperator O’rta asrlarda qanday nom bilan atalganligini toping.