6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi. 21-25 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə25/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
6-10-KALITLAR

7-sinf Jahon tarixi. 21-25 mavzular

  1. To`rtinchi salib yurishlarining oldingilaridan farqini aniqlang.
    A) xristianlarning xristianlar yurtini bosib olishi
    B) salibchilarning Quddusni bosib olishi
    C) bu yurishda risarlarning ishtirok etishi
    D) Fransiya qiroli va Germaniya imperatorining ishtiroki

  2. Rivojlangan o’rta asrlarda qaysi davlat Yevropadagi shahar-respublika sanalgan Venetsiyaning raqibi edi?
    A) Germaniya B) Ispaniya C) Vizantiya D) Angliya

  3. O'rta asrlarda yevropalik qaysi hukmdorlar Rim papalar bilan ziddiyatda bo'lib, hatto ularni tahqirlashgacha ham borgan?
    1) German imperatori Otton I; 2) Fransiya qiroli Filipp IV,

3) Angliya qiroli loann; 4) German imperatori Fridrix I:
5) Fransiya imperatori Buyuk Karl
A) 2,4 B) 1,2 C) 1,5 D) 3,4

  1. Papalarning Avinon tutquni davri to'g'ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    A) 1337-1453-yillar B) 1309-1379-yillar
    C) 1309-1377-yillar D) 1307-1317-yillar

  2. Fransiyada qachondan boshlab yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to'lanadigan bo‘ldi?
    A) XII asrdan B) XIII asrdan C) XIV asrdan D) X asrdan

  3. O‘rta asrlarda Fransiyada qirolning markazlashtirish siyosatiga kimlar qarshi edilar?
    A) dehqonlar va hunarmandlar
    B) shaharliklar, mayda va o‘rta, feodallar
    C) yirik dunyoviy va diniy feodallar
    D) yirik feodallar, savdogarlar va shaharliklar

  4. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog'liq ma'Iumotlar ko'rsatilgan?
    1) Normandiya Angliyadan tortib olindi;
    2) Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo'shib olindi; 3) cherkov yerlari soliqqa tortildi; 4) General Shtatlar chaqirildi; 5) Rim papalari Ananida tutqunda ushlandi.
    A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4

  5. Angliyaning qaysi qiroli 1337-yilda, Fransiyaga qarshi (tarixga "Yuz yillik urush" nomi bilan kirgan) urush e'lon qilgan?
    A) Genrix IV B) Yakov I
    C) Eduard III D) Georg

  6. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyish marosimi qaysi shaharda o'tkazilgan? (O‘rta asrlar)
    A) Orlean shahri B) Reyms shahri C) Parij shahri D) Ruan shahri

  7. Yuz yillik urush natijasida Angliya ... tashqari Fransiyadagi barcha yerlaridan mahrum bo‘ldi.
    A) Britaniyadan B) Lotarengiyadan C) Kale portidan D) Burgundiyadan

  8. Fransiya janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan qirol hukmiga o'tganidan Fransiyaning markazlashuvi yakunlanguncha bo'lgan yillar oralig'i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
    A) 1482-1492-yillar B) 1461-1483-yillar
    C) 1481-1491-yillar D) 1483-1491-yillar

  9. Ma’lumki Fransiyada markazlashuv jarayonida viloyatning xo‘jalik sohalaridagi ixtisoslashuvi ham rivojlandi. Bu jarayonda Normandiya qanday mol ishlab chiqaruvchi markaz bo‘lib qoldi?
    A) temir, tuz, qoramol va ot
    B) vinochilik, zargarlik, shisha buyumlar
    C) mis, to‘qimachilik, uzumchilik
    D) qurolsozlik, movutchilik, ip-gazlama

  10. O‘rta asrlarda Shampan va Burgundiya xo‘jalik sohalarida nimalar ishlab chiqarishga ixtisoslashganligini aniqlang.
    1) zig‘ir tolasidan surp toqish; 2) jun gazlama; 3) vino; 4) temir; 5) tuz; 6) kiyim-kechak
    A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 4 D) 1, 3

  11. Fransiya qiroli 1337- yilda inglizlarga qarashli qaysi hududni qirol yerlariga qo’shib olinganligini e’lon qiladi?
    A) Normandiyani B) Akvitaniyani C) Burgundiyani D) Flandriyani

  12. 1358-yilning may oyida Fransiyaning shimoli- sharqidagi Bove okrugida qanday voqea yuz berdi?
    A) hunarmand- ustalar qo’zg’oloni B) qullar qo’zg’oloni
    C) dehqonlar qo’zg’oloni D) dengizchilar qo’zg’oloni

  13. Fransiya qiroli Lyudovik IX davrida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
    1) qirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi; 2) qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o‘tishi huquqi belgilanadi; 3) mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo‘yiladi; 4) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi; 5) qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi qaytariladi.
    A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5

  14. Ushbu keltirilgan janglardan qaysilari yuz yillik urush bilan bog'liq?
    1) Puatye jangi; 2) Sleys jangi; 3) Bosfort jangi; 4) Kresi jangi; 5) Suasson jangi; 6) Azenkur jangi
    A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 6 D) 4, 5, 6

  15. Qirol Karl V Fransiyani boshqargan davrda ...
    A) mamlakat bir-biriga teng 20 ta okrugga bo'lindi.
    B) harbiy islohot o'tkazilib, kuchli to`pchilar qo'shini va flot tuzildi.
    C) viloyatlar gubernatorlar tomonidan boshqariladigan bo`ldi.
    D) tarkibida oltin va kumush miqdori ko‘p bo'lgan pul joriy etildi.

  16. Yuz yillik urushning boshlanishiga sabab bo`lgan bahonani aniqlang.
    A) har ikkala davlat o`z flotini dengiz hukmroniga aylantirish da’vosi
    B) Fransiya qonunshunoslari Eduard III ni Fransiya taxti uchun bo`lgan da’vosini noqonuniy deb xulosa berishi
    C) Fransiyaga qarashli bo`lgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo`llab- quvvatlanganligi
    D) Angliyaning Fransiyaga qarashli bo`lgan Akvitaniya viloyati qaytarib berilmaganligi

  17. Jakeriya qo`zg`olonining nomi qayerdan olingan?
    A) Fransiyada qo`zg`olon ko`tarilgan viloyat nomidan
    B) qo`zg`olon rahbarining ismi Jakeriyadan
    C) qo`zg`olon ko`tarilgan qishloq nomidan
    D) dehqonlarni kamsituvchi laqabdan

  18. 1360-yilda Angliya va Fransiya o`rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga ko`ra …
    A) Angliya Fransiya tomonidan qo`yilgan barcha og`ir shartlarni bajarishga majbur bo`ldi.
    B) Angliya va Fransiyani yakka qirollikka birlashtirishga kelishib oldi.
    C) Fransiya hududining 1/3 qismi Angliya qo`liga o`tdi.
    D) Angliya hududining 1/3 qismi Fransiya qo`liga o‘tdi.

  19. Qachon Angliya va Fransiyani yakka qirollikka birlashtirish to`g`risidagi shartnoma imzolangan?
    A) 1360-yilda B) 1453-yilda C) 1420-yilda D) 1415-yilda

  20. Quyidagilardan o`rta asrlar Fransiya tarixiga oid bo’lgan to`g`ri javobni aniqlang.
    1) Qirol o`rta va mayda dvoryanlar hamda shaharliklar madadiga tayangan; 2) boshqaruvning toifaviy monarxiya shakli qaror topgan; 3) "Qizil va Oq gullar" urushi; 4) "Jakeriya qo‘zg’oloni"; 5) Tenglar sudi".
    A) 1,2,4 B) 2,5 C) 1,3,4 D) 3,5

  21. Rivojlangan o’rta asrlarda Fransiyaning birlashishiga sabab bo’lgan omillarni belgilang
    A) Qirollarni faol tashabbusi
    B) Chet el bosqinchilari hujumidan saqlanishga bo’lgan intilish
    C) Dengiz savdosining jonlanishi va sharq bilan savdo - sotiqni kuchayishi
    D) Fransiya viloyatlari o’rtasidagi mehnat taqsimoti va savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishi

  22. Fransiya qachon markazlashgan davlatga aylandi?
    A) XIV asrda B) XV asrning boshida
    C) XV asrning oxirida D) XIV asrning boshida

  23. Quyidagi hududlardan Fransiyaning qaysi qismida joylashganligi bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

1.Provans viloyati 2. Shampan grafligi 4. Akvitaniya gersogligi 4. Bretan gersogligi
a) janubi-g’arbida b) shimoli-sharqida c) shimoli - g’arbida d) janubida
A) 1-d, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

  1. Fransiyaning markazlashuvining yakunlanishi qaysi qirol davriga to‘g‘ri keldi?

A) Lyudovik XI B) Karl VII C) Karl VIII D) Lyudovik IX

  1. Fransiyada o’rta asrlarda amalga oshirilgan qaysi tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi?

  1. feodallar o‘z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlashi

  2. yer egaligining yangi turlari shakllanishi, yangi yerlarning bosib olinishi

  3. yer egaligi va ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi

  4. yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, olinadigan daromadning yarmi soliq tariqasida belgilab qo‘yilishi

  1. Yuz yillik urush davrida qaysi jang oqibatida Fransiyaning yarmi Angliya qo‘liga o‘tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishadi?

A) Azenkur jangi B) Puate jangi C) Kale jangi D) Kresi jangi

  1. Yuz yillik urushning dastlabki davrida qaysi omillar Angliya ustunligini ta’minlaydi?

1) har bir ritsar alohida jasorat ko‘rsatgan; 2) puxta tayyorgarligi; 3) erkin dehqonlardan tuzilgan komonchilar bo‘linmasining mavjudligi; 4) inglizlar qo‘shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug‘ini so‘zsiz bajargan; 5) alohida ritsarlik bo‘linmalaridan tashkil topgan; 6) ingliz qo‘shinlarining intizomi, son jihatidan ustun bo‘lishi.
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5, 6

Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin