VII-VIII asrlarda Xitoy faol tashqi siyosat olib borgan bo’lib, quyidagi qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan?
1) Koryo qirolligi; 2) Turk xoqonligi; 3) Arab xalifaligi; 4) Parxe davlati; 5) Vizantiya; 6) Yaponiya; 7) Eron; 8) Hindiston
A) 1,2,3,6,7 B) 2,5,6,7,8C) 1,2,4 6,8 D) 2,3,5,6,8
Qaysi xalifa hukmronligi davrida arab qo'shinlari Dog’istonni egalladi?
A) Umar B) Ali C) Abu Bakr D) Usmon
Qaysi xalifa Arab xalifaligini 656-661-yillar davomida boshqargan?
A) Usmon B) Umar C) Abu Bakr D) Ali
Qaysi hududlar arablar tomonidan istilo etilgach, arab zodagonlari bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan xalifaga murojaat qilganlar?
A) Suriya va Eron B) Suriya va Falastin
C) Eron va Kavkazorti D) Eron va Falastin
Arablar istilosi davrida Yevropada va Sharqda ular borib yetgan oxirgi nuqtalarni aniqlang.
A) Bordo va Mo‘lton B) Puate va Mumbay
C) Puate va Mo‘lton D) Marsel va Yorkent
Ispaniyani bosib olishda arablar qo'shiniga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang. (711-yil)
A) Toriq ibn Said B) Ali ibn Tolib
C) Abu Xuvaydod D) Usmon
Arablarga qarshi qaysi davlatda bo’lgan qo‘zg‘olon 20 yildan ortiq davom etgan? (IX asr)
A) Misrda B) Movarounnahrda
C) Ozarbayjonda D) Xurosonda
O‘rta asrlarda arablarga qarshi bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘olonlarining yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Kufa shahridagi qo‘zg‘olon; 2) Abu Muslim qo‘zg‘oloni;
3) Muqanna qo‘zg‘oloni; 4) Bobek qo‘zg‘oloni;
a) 747-749-yillar; b) 685-687-yillar;
c) 815-yil; d) 769-783-yillar
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
O’rta asrlarda Al-Hamro saroyi bunyod etilgan shaharni aniqlang.
A) Granada B) Quddus C) Sevilya D) Qohira
Xitoyda to‘rt asr davom etgan o‘zaro urushlarga barham berilib, yagona davlatga birlashish qachon yuz bergan?
A) VI asrning I yarmida B) IV asrning II yarmida
C) V asrning I yarmida D) VI asrning II yarmida
Quyidagi sulolalarni hukmronlik yillari bilan to‘g‘ri joylashtiring.
1) Suy; 2) Ummaviylar; 3) Ahamoniylar; 4)Tan; 5) Abbosiylar; 6)Sun;
a) mill.avv.558-330 yillar; b) 589-618-yillar; c) 750-1258-yillar; d) 960-1279-yillar; e) 661-750-yillar; f) 618-907-yillar.
A) 1-a; 2-e; 3-b; 4-c; 5-f; 6-d
B) 1-a; 2-e; 3-b; 4-f; 5-d; 6-c
C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-f; 5-c; 6-e
D) 1-b; 2-e; 3-a.; 4-f; 5-c; 6-d
644-656-yillar davomida Arab xalifaligi boshqargan xalifani aniqlang.
A) Ali B) Umar C) Usmon D) Abu Bakr
Qaysi javobda Ajanta ibodatxonasi haqida berilgan ma’Iumotlar to'g'ri ko'rsatilgan?
1) g'or ichiga o'yib ishlangan; 2) miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid; 3) miloddan avvalgi II-milodiy VII asrlarga oid; 4) jezdan ishlangan podsho va a’yonlari bo'rtma rasmlari topilgan; 5) 29 xonadan iborat; 6) xudolar. odamlar va hayvonlarning tosh va jezdan yasalgan ajoyib haykallari o'rnatilgan; 7) jezdan ishlangan jangchi- nog'orachi bugunga qadar saqlanib qolgan.
A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 4, 5, 7 C) 1, 3, 5, 6 D) 3, 4, 6, 7
Hindistonda qachondan boshlab mulkchilik munosabatlari shakllana boshladi?
A) IV asr oxiri B) IV asr boshlarida
C) II asr oxiri-III asr boshlarida D) V asr oxiri
Quyidagi berilgan qaysi davlatda VII asrda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo’lgan?
A) Chexiyada B) Kiyev-Rusida C) Hindistonda D) Polshada
Xitoy, Afrika, Arabiston,O’rta Osiyodan ko’plab savdogarlar hind shaharlari bozorlariga nima olish uchun kelishardi?
A) paxta tolasi, zargarlik buyumlari, atir-upalar, ziravorlar
B) gazmol, zargarlik buyumlari, atir-upalar, ziravorlar
C) paxta tolasi, zargarlik buyumlari, atir-upalar, turli xil dori-darmonlar
D) sof temirdan yasalgan anjomlar, zargarlik buyumlari, atir-upalar, turli xil dori-darmonlar
Tan sulolasi davrida Buyuk ipak yo'li ustidagi Gaochan davlati mag'lub etilgach Xitoy kimlarga qarshi uzoq yillar urushlar olib bordi?
A) Turk xoqonligiga qarshi B) uyg'urlarga qarshi
C) Koreyaga qarshi D) ichki dushmanlarga qarshi
Ilk o‘rta asrlarda Xitoyning yirik shaharlarida tashkil etilgan maktablarda kimlar tayyorlangan?
A) bo'lajak harbiylar B) bo'lajak amaldorlar
C) bo'lajak kohinlar D) bo'lajak savdogarlar
Ilk o'rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi sohasi ayniqsa rivojlangan?
A) devoriy rasmlar chizish B) miniatura chizish
C) peyzaj chizish D) portret chizish
IX asrda Arab xalifaligidagi qaysi hududlar mustaqillikka erishdi?
1) Misr; 2) Eron; 3) Movorounnahr; 4) Ispaniya; 5) Xuroson; 6) Shimoliy Hindiston.
A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,5,6
Arab xalifaligida san`atning qaysi turi boshqalarga nisbatan yuksak taraqqiy etadi?
A) she’riyat B) me’morchilik C) kulolchilik D) zargarlik
Arab xalifaligi davrida aniq fanlar- matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyot kuzatilib, bu jarayon nimaga olib keldi?
A) hunarmandchilik va me’morchilik yuksalishiga
B) dehqonchilik va savdo- sotiq yuksalishiga
C) keng ko’lamli bosqinchilik urushlarga
D) hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga
Hindistonning qaysi sulolasi davrida mulkchilik munosabatlari shakllana boshlandi?
A) Dehli sultonligi davrida B) Guptalar imperiyasi davrida
C) Magadxa davlati davrida D) Mauriya davlati davrida
O’rta asrlarda qaysi xalq tabiblari murakkab jarrohlik asboblari va og’riqni bosadigan dori-darmonlar ko’magida jarrohlik muolajalarini o’tkazganlar va davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanganlar?
A) hind tabiblari B) yunon tabiblar
C) arab tabiblari D) fors tabiblari
Ilk o’rta asrlarda qaysi sulola vakillari Xitoyda soliqlarni tartiblashtirib, pul islohati o’tkazgan?
A) Vey sulolasi B) Tan sulolasi
C) Xan sulolasi D) Suy sulolasi
Yevropada hunarmandchilikning alohida soha sifatida taraqqiy etishi qaysi asrlarga to'g'ri keladi?
A) milodiy yil hisobi boshlanishiga
B) mil.avv. 1-mingyillikka
C) X-XI asrlarga
D) V-VI asrlarga
Yevropada o'rta asrlar shaharlari-ning shakllanishini eslang. Qaysi javobda keltirilgan shaharlar feodallar qal’alari atrofida barpo qilingan?
A) Strasburg, Gamburg, Augsburg
B) Myunster, Sen-Gallen, Sen-Dene
C) Sveybryukken, Myunster, Bremen
D) Padeborn, Bremen, Bryugge
XIV-XV asrlarda kambag‘allar qo‘zg‘olonlari bo’lib o‘tgan shaharlarni aniqlang.
1) Rim, 2) Marsel, 3) Florensiya, 4) Glazgo, 5) Perudja, 6) Lodz, 7) Siyena, 8) Bristol 9 ) Kyoln
A) 3, 5, 7, 9 B) 2, 6, 8, 9 C) 1, 5, 6, 8 D) 2, 4, 7, 8
O'rta asrlarda Yevropada shaharlarning paydo bo‘lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan. Quyidagi davlatlarda shaharlarning vujudga kelishi, rivojlanishi bir-biriga mos kelgan javoblarni aniqlang.
a) Italiya va Janubiy Fransiya;
b) Fransiya shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniya
c) Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus;
1) IX-X asrlar; 2) X-XI asrlar; 3) XII-XIII asrlar
A) a - 3; b -1; c - 2 B) a - 1; b - 2; c - 3
C) a - 3; b - 2; c - 1 D) a - 1; b - 3; c – 2
O‘rta asrlarda Yevropa dehqonchiligida uch dalali almashlab ekishga o‘tish natijasida yer maydonlarining qancha qismi ekin bilan band bo’lgan?
A) teng yarmi B) uchdan bir qismi
C) barcha ekin maydoni D) uchdan ikki qismi