8-sinf O’zbekiston tarixi.
1. 1240 yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O’rda davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan?
1) Xorazm 2) Shimoliy Kavkaz 3) Volga bulg’orlari yurti 4) Dashti Qipchoq 5) Qirim 6) G’arbiy Sibir 7) Sharqiy Turkiston
A) 1,2,3,4,5,7 B) 1,2,3,5,7 C) 2,3,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,6
2. Oltin O’rda uluslarga bo’linishi natijasida qaysi hudud Jujining beshinchi o’g’li Shaybonga berilgan?
A) Sibir B) Qirim C) Dashti Qipchoq D) Astarxan
3. Shaybon naslidan bo’lgan Davlatshayx qachon vafon etgan?
A) 1425 yilda B) 1420 yilda C) 1428 yilda D) 1427 yilda
4. 1428 yilda Abulxayrxon tomonidan asos solingan “O’zbek ulusi”ning dastlabki poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Janubiy-g’arbiy
Sibirdagi Tura shahri
B) Sirdaryo bo’yidagi O’zgan shahri
C) Sirdaryo bo’yidagi Sig’noq shahri
D) Garbiy Sibirdagi Arquq shahri
5. Abulxayrxon qachon o’z davlatini Oltin O’rdadan mustaqil deb e’lon qiladi?
A) 1430 yilda B) 1431 yilda C) 1438 yilda D) 1441 yilda
6. 1446 yilda Abulxayrxon tomonidan bosib olingan Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan shahrlar nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Sig’noq 2) Oqqo’rg’on 3) Arquq 4) O’zgan 5) Tura 6) Suzoq
7) Yangikent 8) Jand
A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,3,4,6,8 C) 1,2,3,4,6,7 D) 1,2,3,4,6
7. Abulxayrxonning qaysi harakati Temuriylarga qarshi rasman kurashga kirishganini tasdig’i edi?
A) O’z davlatini Oltin O’rdadan to’la mustaqil deb e’lon qilishi
B) Xorazmni temuriylardan tortib olishi
C) Poytaxtini Sig’noqqa ko’chirishi
D) Abu Saidga toju-taxt uchun kurashda yordam berishi
8. Abulxayrxonning vafotidan so’ng dushmanlari uning qarindoshlarini qirg’in qilishgan. Faqat kimlar tirik qolishgan?
A) o’g’illari Xo’ja
Mahmud Sulton, Kuchkinjixon, Suyunchxo’jaxon, nabiralari Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton
B) o’g’illari Shohbudog’ sulton, Kuchkinjixon, Suyunchxo’jaxon, nabiralari Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton
C) o’g’illari Xo’ja Mahmud Sulton, Shohbudog’ sulton, Kuchkinjixon, Suyunchxo’jaxon, nabiralari Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton
D) Kuchkinjixon, Suyunchxo’jaxon, nabiralari Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton
9. Muhammad Shayboniyga otaliq etib tayinlangan amir Boyshayx qaysi qavmdan edi?
A) uyg’ur B) nayman C) qipchoq D) mug’ul
10. Muhammad Shayboniy bobosi asos slogan O’zbek ulusi davlatini qachon qayta tiklaydi?
A) 1480 yilda B) 1483 yilda C) 1486 yilda D) 1488 yilda
11. Nechanchi yilda Abulqosim Bobur vafot etgach Abu Said Mirzo Xurosonni ham egallaydi?
A) 1455 yilda B) 1458 yilda C) 1456 yilda D) 1459 yilda
12. Abu Said Mirzo 1469 yilda kimlar bilan jangda halok bo’ladi?
A) Iroqni bosib olgan qora qo’yunlilarga qarshi kurashda
B) Ozorbayjonni egallab olgan qora jaloyirlarga qarshi kurashda
C) Eronning g’arbiy qismini egallab olgan oq qo’yunlilarga qarshi kurashda
D) Eronning janubini egallab olgan qora qo’yunlilarga qarshi kurashda
13. Abu said o’limidan so’ng Mavorounnahr uning o’g’illari hukmdor bo’lgan amalda mustaqil bo’lgan uchta davlatga bo’linib ketgan edi. Quyida ushubu uchta davlatni ularni boshqargan shaxslar bilan to’g’ri muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.
1
|
Sulton Ahmad
|
a
|
Farg’ona
|
2
|
Suylton Mahmud Mirzo
|
b
|
Samarqand
|
3
|
Umarshayx Mirzo
|
c
|
Hisor, Huttalon, Badaxshon
|
A) 1-c, 2-b,3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c,2-a,3-b
14. 1497 yilda Bobur Samarqandni qamal qilgan vaqda Samarqand hukmdori kimdan yordam so’raydi?
A) Badaxshon va Qunduz hukmdori Xusravshohdan
B) Buxoro hukmdori Sulton Mas’ud Mirzodan
C) Termiz va Chag’aniyon
hukmdori Sulton Ali Mirzodan
D) Turkistonda turgan Muhammad Shayboniyxondan
15. Husayn Boyqaro va o’g’li Badiuzzamon o’rtasida kelishmovchilik qaysi voqea tufayli yanada kuchaygan?
A) Badiuzzamonning 11 yoshli o’g’li Mo’min Mirzoning qatl etilishi tufayli
B) Alisher Navoiyning bosh vazirlikdan chetlatilishi tufayli
C) Muzaffar Husaynni taxt vorisligidan mahrum qilinishi tufayli
D) Hirot atrofidagi qo’zg’alon qatnashchilarini qirg’in qilinishi tufayli
16. Shaybonixon Samarqandni 1500 yilda jangsiz egallagan vaqtda kim boshchiligida Mavorounnahrning nufuzli davlat arboblari
Bobur Mirzoni Samarqand taxtini egallashga da’vat etadi?
A) Qozikalon Sahmsiddin Muhammad Miskin B) Shayxulislom Abulmakorim
C) Samarqand hokimi Abbos Sulton D) Qozikalon Hakimxo’ja
17. Bobur 1500 yil kuzida Samarqandni ikkinchi marotaba egallagandan so’ng Shaybonixon bilan hal qilivchi jang uchun quyidagi qaysi hududlarga yordam yuborishlarini so’rab elchi jo’natadi?
1) Andijon 2) Toshkent 3) Badaxshon 4) Hirot 5) Hisor
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4,5 D) 2,3,4,5
18. Bobur uchun Shaybonixon bilan halqiluvchi jangda kimlardan yordam kuchlar yetib kelmadi
1) Badaxshon hukmdori Xusravshohdan
2) Qoshg’ardagi tog’asi Sulton Mahmudxondan
3) Xuroson hukmdori Husayn Bayqarodan
A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3
19. 1501 yilda Shaybonixon Samarqand qancha vaqt qamal qilgandan so’ng Boburga sulh taklif qiladi?
A) 5 oy B) 6 oy C) 3 oy D) 2 oy
20. Boburning qizi Gulbadanbegim yashagan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1520-1602 yy B) 1513-1603 yy C) 1523-1603 yy D) 1521-1601 yy
21. Bobur 1504 yilda Kobulda o’z hokimiyatini o’rnatgach qayerni o’zining qarorgohiga aylantirdi?
A) Bolo Hisor qal’asini B) Bog’i Boburni
C) Ravza obod qal’asini D) Bog’i Kalonni
22. Quyida Shaybonixonni Mavoraunnahrga yurishini tezlashtirgan omil to’g’ri berilgan javobni toping.
A) Mavoraunnahrda toju-taxt
uchun kurashni avj olishi
B) Rossiyaninsg sharqqa qarab o’z hududini tobora kengaytirib borishi
C) Eron safaviylarining Xurosonga tahdidi
D) O’zbek qabila boshliqlarining qat’iy talabi
23. Ubaydullaxonning safaviylarga qarshi kurashida o’zining ma’naviy ilhomchisi hisoblangan qaysi shaxs tomonidan qo’llab quvvatlandi?
A) Abdulla Sabroniy B) Mulla Umar C) Mirzo Abdulvohid D) Said Ma’sumxon
24. Mir Arab madrasasi nechanchi yillarda qurilgan?
A) 1535-1538 yy B) 1532-1536 yy C) 1533-1536 yy D) 1534-1539 yy
25. Ubaydulloxon hukmronlik qilgan davr to’g’risida “… Uning davlati va xalofati zamonida Mavoraunnahr, ayniqsa Buxoro viloyati gullab yashnadi” deb yozgan tarixchi olim kim?
A) Muhammad Solih B) Muhammad amin Buxoriy
C) Hofiz Tanish Buxoriy D) Fazlulloh ibn Ruzbexon
26. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan so’ng yuzaga kelgan qo’shhokimiyatchilik sharoitida mamlakat bir qancha mustaqil qismlarga bo’linib ketgan edi. Quyida ushbu mustaqil hududlarni ularni boshqargan shaxslar bilan muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.
1
|
Pirmuhammad I
|
a
|
Karman ava Miyonqol
|
2
|
Navruz Ahmadxon
|
b
|
Balx va Badaxshon
|
3
|
Iskandarxon
|
c
|
Toshkent va Turkiston
|
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a
27. Suyunchixo’jaxonning o’gli Navruz Ahmadxon nechnchi yili kim bilan ittifoq tuzib Buxoroni egalladi va hokimiyatni o’z tarafdorlariga topshirdi?
A) 1542 yilda, Abdulatifxon B) 1540 yilda, Abdulatifxon
C) 1548 yilda, Abdullaxon D) 1544 yilda Pirmuhammad I
28. Samarqand taxtiga o’tirgan Kuchkinjixonning o’g’li Abdulatifxon qachon vafot etadi?
A) 1547 yil B) 1551 yil C) 1549 yil D) 1548 yil
29. Abdulatifxonning o’limidan so’ng Samarqand taxtini egallab o’z nomidan tanga zarb ettirgan shaxs kim?
A) Navruz Ahmadxon B) Darveshxon C) Pirmuhammad I D) Iskandarxon
30. Abdullaxon va Navro’z Ahmadxon o’rtasida so’nggi jangda har ikki tomon ham g’alaba qozonishiga ko’zlari yetmagach sulh tuzadi. Ushbu sulhdan so’ng Abdullaxon ….
A)
Buxoro taxtini egallaydi
B) Amudaryodan o’tib Balxga ketadi
C) Amudaryopdan o’tib, Maymanaga ketadi
D) Karman ava Miyonqolga daxldorlik huquqiga ega bo’ladi
Dostları ilə paylaş: