6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 11-15 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə32/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
6-10-KALITLAR

8-sinf O’zbekiston tarixi 11-15 mavzular
1. Shayboniylar davrida barcha yerlar davlat mulki hisoblanib ushbu yerlar nima deb atalgan?
A) Mamlakai podshoh yoki mamlakai sulton B) amlok yerlari
C) Mulki devon D) Mulki sultoniy yoki mulki amiriy
2. Shayboniylar davrida xon davlat yerlarini qanday shaklda taqsimlagan?
1) Mulki xos 2) Mulki xolis (mulki hur) 3) mulk 4) vaqf 5) iqto 6) tanho
A) 1,3,4,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,3,4 D) 2,3,5,6
3. Shaybonilar davrida Buxoro xonligida quyidagi yer turlaridan qaysi biri shaxsan xonning o’ziga tegishli yerlar bo’lib, undan tushadigan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr ehson uchun sarflangan?
A) Mulki sultoniy B) Mulki xos C) Mulki xolis D) mamlakai sulton
4. Quyida berilganlardan Shaybonilar davrida Buxoro xonligida “mulki xolis” deb ataladigan yer turiga tegishli bo’lgan jihatlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
1) Ushbu yer turi davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan.
2) Ushbu yer turi hukmdor tomonidan alohida xizmatlari evaziga hadya etilgan.
3) davlatdan yer sotib olgan kishi shu yerning 2/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan.
4) davlatdan yer sotib olgan kishi shu yerning 1/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan.
5) hukmdordan hadiya tariqasida yer olgan kishi shu yerning 2/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan.
6) o’ziga qoldirilgan 1/3 qism yer uning mulki hisoblangan va davlatga soliq to’lashdan ozod etilgan
7) o’ziga qoldirilgan 2/3 qism yer uning mulki hisoblangan va davlatga soliq to’lashdan ozod etilgan
8) o’ziga qoldirilgan 1/3 qism yer uning mulki hisoblangan va bu yer uchun davlatga soliq to’lagan
A) 1,3,6 B) 2,5,8 C) 1,3,8 D) 1,4,7
5. 1512 yilda shayboniylar qayta hokimiyatni egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni Jonibek sultonga topshiradi. Uning ra’yiga ko’ra shayboniy sultonlarga berilgan viloyatlari bilan muvofiqlashtirib ko’rsatilgan javobni ko’rsating?

1

Ko’chkinjixon

a

Miyonqol

2

Suyunchxo’jaxon

b

Buxoro

3

Ubaydulla sulton

c

Toshkent

4

Jonibek sulton

d

Turkiston

5

Mahammad Temur sulton

e

Samarqand

A) 1-d, 2-c, 3-b, 5-a B) 1-e, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-e, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-c, 3-b, 5-e
6. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida tanho yerlari kimlarga berilgan?
1) davlat arboblariga 2) sayyidlar va ulomolarga 3) harbiylarga 4) kichik davlat amaldorlariga 5) sulola vakillariga
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 2,3,4 D) 1,3,4
7. Temuriylar davrida bir kumush tanganing og’irligi ….grammga teng bo’lib, uning qiymati …. mis tangaga teng edi.
A) 4,2 gramm / 10 ta B) 4,8 gramm / 6 ta
C) 5,2 gramm / 8 ta D) 4,4 gramm / 10 ta
8. 1507 yilda Shaybonixon o’tkazgan pul islohotidan keyin bir kumush tanganing og’irligi ….grammga teng bo’lib, uning qiymati …. mis tangaga teng edi.
A) 5,4 gramm / 10 ta B) 5,2 gramm / 24 ta
C) 5,2 gramm / 18 ta D) 5,4 gramm / 20 ta
9. Abdullaxon II tomonidan o’tkazilgan pul islohotiga ko’ra yangi va eski kumush tanga qanchdan mis tangaga tenglashtirildi?
A) Yangisi 30 ta, eskisi 27 ta B) Yangisi 27 ta, eskisi 23 ta
C) Yangisi 28 ta, eskisi 25 ta D) Yangisi 26 ta, eskisi 24 ta
10. Shayboniylar davrida kimning o’tkazgan pul islohoti dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatining oshishiga, davlat mulkini ko’paytirishga xizmat qildi?
A) Abdullaxon II B) Ubaydullaxon C) Kuchkinjixon D) Shayboniyxon
11. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to’g’on qoldiqlari o’rnida barpo etilga Abdullaxon bandida qancha suv to’plangan?
A) 1 mln m3 B) 1 mln 100 ming m3
C) 1 mln 200 ming m3 D) 1 mln 300 ming m3
12. Buxoro xonligida aholidan olinadigan soliqlarning ta’riflari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

1

Ixrojot

a

Harbiy soliq

2

Zakot

b

Hukmdor uchun yig’iladigan maxsus soliq

3

Zobitona

c

Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq

4

Madadi Lashkar

d

Davlat muassasalari, qo’shin va xon xonodoni xarajatlarini qoplash uchun yig’iladigan soliq

A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-b, 2-c, 3-d,4-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
13. Buxoro xonligida aholini davlat oldida o’tashi shart bo’lgan mehnat majburiyati nima deb ataladi?
A) Begor B) afanak C) qazu D) yasoq
14. Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda quyidagi qaysi masala asosiy o’rin tutgan?
A) Astraxan orqali Buxoro xonligi fuqorolarining Makka shahriga Haj safariga borish masalasi
B) Eron safaviylariga qarshi birgalikda kurashish masalasi
C) Rus tavarlarini Buxoro xonligi orqali butun Sharqqa, birinchi navbatda Hindistonga chiqarish masalasi
D) Usmonli turklarga qarshi birgalikda kurashish masalasi
15. Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi davrida qaysi davlat hukmdorlari musulmon olamining xalifasi hisoblanar edi?
A) Eron safaviylari B) Usmonli Turklar C) Misr D) Boburiylar saltanati
16. Quyidagi omillardan qaysi biri XVI asrda buyuk ipak yo’lining ahamiyatini pasaytirdi?
A) Buyuk ipak yo’li orqali savdo qilishda kam foyda ko’rishi
B) Buyuk ipak yo’li ustida joylashgan mamlakatlarda bo’lib turgan tinimsiz urushlar
C) yevropaliklarning yangi dengiz savdo yo’lini kashf etishi
D) Xitoyning O’rta Osiyo bilan munosabatlarida yuzaga kelgan sovuqlik tufayli
17. XVI asrda Usmonli Turklarning Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilishining sababi nima edi?
A) Rossiyaning o’z sarhadlarini janub sari kengaytirishi
B) Buxoro Xonligi bilan ittifoq tuzganligi tufayli yuzaga kelgan majburiyat
C) Volga bo’yi hududlarini zabt etish
D) Hajga boradigan yo’lnin o’chish uchun Astraxan yo’lini o’z nazoratida saqlab qolish
18. Rossiya – Usmonli turklar o’rtasida qachon urush boshlandi?
A) 1556 yil B) 1569 yil C) 1572 yil D) 1552 yil
19. Usmonli Turklar sultonining Haj safari yo’lini ochib qo’yish talabi Rossiya tomonidan qachon qondirildi?
A) 1570 yili B) 1574 yili C) 1572 yili D) 1576 yili
20. Rossiya – Buxoro manfaatlarining quyidagi qaysi hududda to’qnashishidi?
A) Sibirda B) Qozon xonligida
C) Sharqiy Dashti qipchoqda D) Qozoq cho’llarida
21. 1563 yilda Abdullaxon II ning yordami bilan qaysi shaxs Sibir xonligida hokimiyatni egalladi?
A) Shayboniy Bulakayxon B) Shayboniy Ko’chimxon
C) Shayboniy Burhon Sulton D) Shayboniy Darvesh sulton
22. Quyidagi hududlardan qaysi biri Shaybon ulusiga kirgan edi?
A) Janubiy Sibir B) Sharqiy Sibir
C) Janubiy-Sharqiy Sibir D) Janubiy-G’arbiy Sibir
23. Qachon Rossiya Yermak boshchiligidagi qo’shinni Sibir xonligiga qarsi yubordi?
A) 1569 yil B) 1575 yil C) 1581 yil D) 1583 yil
24. Yermak boshchiligidagi rus qo’shinlarining Sibir xonligiga qarshi qilingan harbiy yurishda Yermak qachonga kelib mag’lubiyatga uchradi va halok bo’ldi?
A) 1584 yil B) 1583 yil C) 1585 yil D) 1582 yil
25. Rossiya va Sibir xonligi o’rtasidagi hal qiluvchi jangda rus qo’shini g’alaba qozongan yili bo’lib o’tgan voqeani toping?
A) Abdullaxon II rasman Buxoro taxtini egalladi
B) Prmuhammad II va Boqi Muhammad o’rtasida jang bo’lib o’tdi
C) Abdullaxon II ning o’g’li Abdulmumin o’ldirildi
D) Rossiya-Usmonli turklar o’rtasida urush bo’lib o’tdi
26. Quyidagi qaysi voqealardan keyin Buxoro xonligining Sibirdagi siyosiy ta’siri butunlay yo’qqa chiqdi?
1) Rossiya hal qiluvchi jangda Sibir xonligi ustidan g’alaba qozongandan keyin
2) Abdullaxon II ning o’limidan keyin
3) Ko’chimxonning o’limidan keyin
4) Rossiyaning Sibirga Yermak boshligida kata qo’shin yuborgandan keyin
A) 1,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 2,3
27. Quyidagi qaysi omillar Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishni hayotiy zaruratga aylantirib qo’ydi?
1) XVII asrda Rossiyada markazlashgan davlat tarkib topa bvoshlashi
2) XVII asr oxiriga kelib Rossiyaning Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylanishi
3) Butunrossiya bozorining shakllanishi
4) Rossiya hududdining xonliklar chegaralari bilan tutashishsi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
28. Rossiya 1620 yildan 1675 yilgacha o’tgan davr mioboynida O’rta Osiyo xonliklariga necha marotaba o’z elchilarni yuborgan?
A) 3 marta B) 4 marta C) 6 marta D) 5 marta
29. XVII asrda Rossiya – O’rta Osiyo o’rtasida tavar ayirboshlash qanchani tashkil etgan?
A) 130 ming rubl B) 173 ming rubl C) 125 ming rubl D) 100 ming rubl
30. 1620 yilda Buxoro xonligiga yuborilgan Rossiya elchisi I.Xoxlovga qanday topshiriqlar yuklatilgan edi?
1) Buxoro xonligining tashqi siyosiy ahvoli to’g’risida ma’lumot to’plash
2) Rossiyaning kuch-qudratiga xonni ishontirish
3) Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o’rganish
4) Buxoro – Xiva munosabatlarini tahlil qilish
5) Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko’ndirish
6) O’rta Osiyoga olib boriladigan suv va quruqlik yo’llarini o’rganish
7) Rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash
8) Xonga rus gvardiaychilarni taklif qilish
9) Qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va uni xaritaga tushurish
10) Xonlikladi qal’a va qushinning ahvolini o’rganish
11) Xonlikning Xiva, Eron , Usmonli Turklar bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish
A) 1,3,5,7,9,11 B) 2,4,6,8,10 C) 1,2,3,4 D) 5,6,7,8,9,10,11
31. 1721 yilda Buxoro xonligiga yuborilgan Rossiya elchisi Florio Beneviniga qanday topshiriqlar yuklatilgan edi?
1) Buxoro xonligining tashqi siyosiy ahvoli to’g’risida ma’lumot to’plash
2) Rossiyaning kuch-qudratiga xonni ishontirish
3) Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o’rganish
4) Buxoro – Xiva munosabatlarini tahlil qilish
5) Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko’ndirish
6) O’rta Osiyoga olib boriladigan suv va quruqlik yo’llarini o’rganish
7) Rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash
8) Xonga rus gvardiaychilarni taklif qilish
9) Qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va uni xaritaga tushurish
10) Xonlikladi qal’a va qushinning ahvolini o’rganish
11) Xonlikning Xiva, Eron , Usmonli Turklar bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish
A) 1,3,5,7,9,11 B) 2,4,6,8,10 C) 1,2,3,4 D) 5,6,7,8,9,10,11
32. Pyotr I Buxoroga tazyiq o’tkazish maqsadida qachopn va qayerga 7 ta qo’rg’ondan iborat shahar (Semepalatensk) qurdirdi?
A) 1715 yil, Yameshchev ko’li bo’yida
B) 1718 yil, Irtish daryosi bo’lida
C) 1717 yil, Sibirda
D) 1718 yil, Ili daryosining bo’yida
33. Abdullaxon II ning Eron safaviylariga qarshi kurashishda qaysi davlatlar bilan ittifoq tuzishga intilishi besamar ketgan?
1) Usmonli Turklar 2) Rossiya 3) Sibir xonligi 4) Boburiylar saltanati
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4
34. Quyidagilardan shayboniylar davridagi tibbiyot sohasidagi allomalarning ularga berilgan ta’rif yoki yozgan asralari bilan muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.

1

Mavlono Baqo

a

Ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan alloma

2

Muhammad Mazid

b

“Tabiblar iftixori” deb ulug’langan

3

Ubaudulloh Kahhol

c

Jarroh bo’lgan

4

Shohali ibn Suloymon

d

“Koz kasalliklariga doir asosiy kitob” asarining muallifi

5

Sultonali Samarqandiy

e

“Davolash bo’yicha dastur” asarining muallifi

A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e
C) 1-c, 2-b, 3-e, 4-a, 5-d D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e
35. Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi ravnaqi kimning nomi bilan bo’gliq?
A) Shaybonixon B) Mushfiqiy C) Ubaydullaxon D) Turdi Farog’iy
36. Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasining rivojlantirgan shaxs kim va undan qancha hikmat meros qolgan?
A) Mirzo Bedil, 220 dan ortiq B) Ubaydullaxon, 220 dan ortiq
C) Sayido Nasafiy, 200 dan ortiq D) Ahmad Donish, 100 dan ortiq
37. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir tomonidan Registonda Ulug’bek madrasasi qarshisida va yonida Sherdor va Tillakori madrasalari qurdirilgan davr to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) XVII asrning birinchi yarmi B) XVI asrning ikkinchi yarmi
C) XVII asrning ikkinchi yarmi D) XVI asrning birinchi yarmi
38. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi maktabxonalarida tabiiy fanlar o’qitilmagani sabablari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Diniy mutaasiblikning kuchayganligi 2) xonlikning tashqi aloqasi o’zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi 3) Ilg’or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo’lga quay olmaganligi 4) Tabiiy fanlar bo’yicha tassovurning sust rivojlanganligi
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4
39. Quyidagi qaysi Buxoro amiri davrida Buxoro shahri aholisiga “Tarxon” yorlig’i yozib berilgan?
A) Muhammad Rahimbiy B) Doniyolbiy otaliq
C) Amir Haydar D) Amir Shohmurod
40. Mang’it hukmdorlaridan biri tomonidan Buxoro shahri aholisiga berilgan “Tarxon” yorlig’iga ko’ra…
1) Buxoro ahli savdo daromadidan to’laydiygan boj solig’idan ozod etildi
2) Hunarmandlardan pul yig’ish va majburiy mehnatga jalb qilish taqiqlandi
3) aholi zakot so’lig’idan 3 yilga ozod qilindi
4) Asosiy soliq – hiroj solig’i miqdori kamaytirildi
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 2,3,4
41. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri o’z hukmronligi davrida urush kelib chiqqanida harbiy qo’shinning xarajati uchun “jul” deb ataluvchi yangi soliq joriy etgan?
A) Amir Nasrullo B) Doniyolbiy otaliq
C) Amir Haydar D) Amir Shohmurod
42. Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida o’tkazilgan pul islohotiga ko’ra…
1) Sof kumush tanga muomalaga kiritildi
2) Tanganing tarkibida kumush miqdori 50 % qilib belgilandi
3) Kimda kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb etib olishga ruxsat etildi
4) Oltindan tanga zab qilindi va uning tarkibi qat’iy nazorat qilindi.
A) 1,3,4 B) 1,3 C) 2,3 D) 2,4
43. Amir Shohmurod faoliyatiga yuksak baho berib, “U amirlik qalamini kambag’allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bo’gidan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug’urib tashladi va adolat nihollarini o’tqazdi” deya tariflagan shaxs kim?
A) Muhammad Yoqub ibn Doniyolbiy Buxoriy B) Mirzo Shams Buxoriy
C) Ahmad Donish D) Mir Olim Buxoriy
44. Buxoro amirligida Amir Haydar davrida qanchalik harakat qilmasin, mamlakatda to’la osoyishtalikni ta’minlay olmaganligining sabablari nimada edi?
1) markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati
2) malakat hududiga tez-tez kuchmanchilarning hujumi
3) Jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’alonlari
4) Qo’qon va Xiva xonlklari bilan o’zaro urushlar
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2 D) 1,3
45. Amir Haydar qaysi hududlarni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurashishga majbur bo’ldi?
A) Shahrisabz va Miyonqol B) Qarshi va Kitob
C) Urgut va Shahrisabz D) Balx va Ko’lob
46. Amir Haydar qaysi hududni qo’lda saqlab qolish uchun Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi?
A) Xo’jand B) O’ratepa C) Jizzax D) Turkiston
47. Amir Haydar mamlakat hududiga bostirib kirgan Xiva xonligi qo’shinlarini qachon va qayerda mag’lub etdi?
A) 1804 yilda, Amudaryo bo’yida B) 1806 yilda, Chorjuyda
C) 1806 yilda, Amudaryo bo’yida D) 1805 yilda, Karmana yaqinida
48. Amir Nasrullo Qo’qon xonligi bilan Xo’jand va O’ratepani qo’laga kiritsh uchun qachon kurash boshladi?
A) 1840 yilda B) 1841 yilda C) 1842 yilda D) 1843 yilda
49. Qachon Marv uchun talashayotgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi o’rtasida kurash kelib chiqdi?
A) 1845 yilda B) 1844 yilda C) 1842 yilda D) 1843 yilda
50. Xiva xonligi Buxoro amirligi tarkibida bo’lgan Marvni qachon egalladi?
A) 1845 yilda B) 1844 yilda C) 1842 yilda D) 1843 yilda



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin