7-sinf Jahon tarixi: 6-bob: 41-44 mavzular O’rta asrlarda Dehli Sultonligining qaysi hukmdori kuchli qo’shin tuzib, o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiradi?
A) Alouddin Xiljiy B) Eltutmish
C) Mahmud D) Muhammad Tug’luq
O'rta asrlarda hukmronlik qilgan quyidagi sulolani ular hokimiyat tepasiga kelgan yiliga qarab to'g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Abbosiylar sulolasi; 2) Sayyidlar sulolasi; 3) Saljuqiylar sulolasi
A) 2,1,3 B) 1,3,2 C) 1,2,3 D) 3,2,1
Dehli sultonligida qaysi hukmdor davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo’lib berilgan?
A) Feruzshoh Tug'luq B) Muhammad Tug'luq
C) Alouddin Hiljiy D) Shamsiddin Eltutmish
Berilgan javoblardan Dehli sultonligi hukmdorlari to’g’ri ketma-ketlikda berilganini aniqlang.
1) Qutbiddin Oyboq;2) Shamsiddin Eltutmish; 3) Feruzshoh Tug’luq; 4) Alouddin Xiljiy; 5) Muhammad Tug’luq; 6) Mahmud
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,4,5,3,6 C) 1,3,5,2,4,6 D) 1,3,2,5,4,6
Dehli sultonligining qaysi hukmdori o'zini "Iskandar Zulqarnayning davomchisi" deb nomlagan edi?
A) Alouddin Xiljiy B) Muhammad Tug'luq
C) Shamsiddin Eltutmish D) Feruzshoh Tug'luq
Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turini aniqlang.
A) xolisa B) jogir C) iqto D) gras
Dehli sultonligida viloyat noiblari to’plangan soliqlarning 10-20% ini o’ziga qoldirishi evaziga qanday majburiyatni bajarishgan?
A) aholidan soliqlarni o’z vaqtida yig’ib olishini ta`minlashgan
B) zarur bo’lganda elchilik vazifasini bajarishgan
C) sulton farmonlarini viloyat hududida to’la-to’kis bajarishini ta`minlab borishgan
D) zarur bo’lganda sultonga o’z qo’shinini berishgan
Dehlidagi Sayyidlar sulolasini hokimiyatdan chetlatgan afg`onlar qabila boshlig`ini aniqlang.
A) Ibrohim Lo’diy B) Alouddin Xiljiy
C) Muhammad Tug`luq D) Bahlul Lo’diy
Noto’g‘ri ma'lumot keltirilgan javobni belgilang.
A) Mayyalarning poytaxti Chichen- Itsada rasadxona mavjud bo’lgan
B) Dehqonchilik bilan shug'ullangan mayya, astek, kechualar o'zlarining davlatlarini barpo etganlar
C) Inklarda dastlab qabila nomi bo’lgan “ink” atamasi keyinchalik hukmron toifa - zodagonlarning umumiy nomiga aylangan
D) Janubiy Amerikaga shimoldan kelgan asteklar XI asrda Tenochtitlan shahriga asos soldilar
Mayya davlatiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni ko'rsating.
1) mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar; 2) davlat tepasida saylanma hukmdor - tlatoani turgan; 3) mayyalar matematikaga "nol" belgisini hindlardan avvalroq kiritganlar; 4) Chichen-Itsa Mayya davlatining poytaxti hisoblangan; 5) saroy va ibodatxonalar derazalari albatta sharqqa qarab qurilgan; 6) mayyalar sollarda "suzuvchi dalalar" barpo etganlar
A) 3, 4, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 4
Qadimgi asteklarning eng e'tiborli xudosini aniqlang.
A) Quyosh xudosi B) Osmon xudosi
C) Hosildorlik xudosi D) Urush xudosi
XII-XIII asrlarda asos solingan Urubamba daryosi bo‘yidagi shaharni aniqlang.
A) Tenochtitlan B) Gao C) Kusko D) Chichenitsa
Inklarning asosiy ekinlarini belgilang.
A) bug'doy va paxta B) kartoshka va bug'doy
C) makkajo'xori va kakao D) kartoshka va makkajo'xori
Inklar yuk tashishda qaysi hayvonlardan foydalanishgan?
A) tuyasimon lama va xachirlardan
B) tuyasimon lama va itlardan
C) alpaka va xachirlardan
D) tuyasimon lama va alpakalardan
Quyidagi qaysi xalqlarda viloyatlar orasida pochta xizmati o’rnatilgan edi?
A) mayyalarda B) asteklarda C) inklarda D) kechualarda
Nima uchun inklarning bolalari dini, boshqaruv tartibi,qonunlari va urushlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar?
A) yozuv bo’lmaganligi sababli
B) kelajak avlodga to’g’ri yetkazish uchun
C) boshqa xalqlarning urf-odatlari aralashib ketmasligi uchun
D) faqat muhim ma’lumotlarni zodagonlar farzandlari bilishi uchun
Qaysi davlatning oliy hukmdori Tlatoani deb atalgan?
A) Mayyalar B) Inklar
C) Asteklar D) Tolteklar
Amerika davlatlaridan qaysi birining poytaxtida (o‘rta asrlarda) har yili shoir-qo‘shiqchilar musobaqasi o'tkazilib, g'oliblar mukofotlangan?
A) Asteklar B) Mayyalar
C) Kechualar D) Inklar
Asteklarning xalq bolalari uchun tashkil etilgan oddiy maktablarida ... o`rgatilgan?
A) dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlar
B) ov qilish harbiy ishlar va davlat boshqarish ishlari
C) kemachilik, irrigatsiya va kulolchilik
D) savdo-sotiq hunarmandchilik va koxinlik
Asteklarda zodagonlarning farzandlari uchun tashkil etilgan maktablarda qanday fanlar o`qitilgan?
A) astronomiya matematika, kimyo, fizika, biologiya
B) gimnastika, grammatika, zoologiya, ilohiyot astrologiya
C) tarix, husnixat, o’qish, hisoblash, astranomiya, she’riyat, notiqlik
D) tarix, din, yozuv, o`qish, qurol yasash, astronomiya, nazm, kemasozlik
Quyidagi davlatlardan qaysilari bir asrda vujudga kelgan va bir asrda islomni qabul qilgan, lekin taraqqiyot cho'qqisiga erishuvida uch asrlik farq bor?
1) Gana; 2) Songai; 3) Aksum; 4) Mali;5) Dehli sultonligi
A) 2,3 B) 1,4 C) 2,5 D) 3,4
Afrikada o’rta asrlarda yashagan qabilalarni hududlari bilan mos ravishda ko’rsating.
1) barbar va tuareglar; 2) fulbe; 3) masai, galla, sidamo, tigre.
a) Sahroyi Kabirning janubi; b) G’arbiy Afrika; c) Sharqiy Afrika.
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a
O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Mali davlati tarixiga oid quyidagi ma'lumotlarni to‘g‘ri joylashtiring.
1) o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishdi; 2) feodal tarqoqlik va sulolaviy nizolar sababli zaiflashdi; 3) butunlay inqirozga uchrab parchalandi; 4) davlat sifatida vujudga keldi; 5) aholisi islomni qabul qildi;
a) XV asr; b) VIII asr; c) XIII asr; d) XI asr; e) XIV asr oxiri
A) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e
C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c, 5-e D) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b
XIV-XV asrlar chegarasida kuchayib, Niger daryosi havzasida o‘z hukmronligini o‘rnatgan davlatni aniqlang.
A) Gana B) Mali C) Aksum D) Songai
Qaysi javobda O'rta asrlar Afrika madaniyatiga oid to‘g‘ri ma'lumot keltirilgan?
A) Aksumda VI asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o'tkazilgan.
B) Aksumda o'rta asrlarda, ayniqsa, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishilgan.
C) Afrika xalqlarining taraqqiyoti Osiyo va Yevropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha yuqori bo’lgan.
D) Tombuktu madrasasida faqat ilohiyotdan dars berilgan.
O'rta asrlarda mavjud bo'lgan Aksum davlati tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotni toping.
A) Hozirgi Efiopiyaning shimolida qadimdan Aksum davlati vujudga kelib, uning yuksalishi V-VI asrlarga to‘g‘ri keladi.
B) VII asrda Aksum qo'shini Arab xalifaligi lashkarini maglubiyatga uchratib, Arabiston yarimorolining janubidagi yerlardan mahrum qilgan.
C) Rim imperiyasi va keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganligi sababli Aksum hukmdori va uning a'yonlari xristian dinini qabul qilgan.
D) IX asrga kelib Aksumdagi vaziyat murakkablashib, Aksum davlati parchalanib ketgan.
Qayerdagi shoh saroyida jezdan ishlangan bo'rtma rasmlar topilgan.
A) Mogadishodagi B) Mombasadagi
C) Benindagi D) Tombuktudagi
Quyidagi qaysi xalqlarning yer osti daxmalari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan?
A) Aksum B) Gana C) Mali D) Songai
Quyidagi qaysi Afrika xalqining madaniyatining yuksak taraqqiyotida arablarning ta’siri katta bo’lgan?
A) G’arbiy Sudan xalqlari B) Sharqiy Sudan xalqlari
C) Shimoliy Sudan xalqlari D) Janubiy Sudan xalqlari
Tombuktu madrasasida qanday fanlar o`qitilgan?
A) astrologiya, algebra, jahon dinlari tarixi, geografiya, adabiyot
B) astronomiya, meditsina, fiqh, tarix, lotin tili
C) meditsina, astrologiya, ilohiyot, kartagrafiya
D) astronomiya, matematika, ilohiyot, tarix, fiqh