8-sinf O’zbekiston tarixi 36-40 mavzular 1. Quyidagilardan Qo’qon xonligida Ohangaron va Chirchiq vohasida barpo etilgan istehkomlar tog’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Kerovchi, To’ytepa, Bo’ka B) Kerder, Bustonliq, Bo’ka
C) Kerdir, To’ytepa, Bo’ka D) Zarliq, Bo’ka, Kerovchi
2. Qo’qon xonligida amlok yerlarning ma’lum qismi xonga tegishli bo’lib, u 3 qismga bo’lingan. Quyida ularning nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Mulki xolisa, taqiq yer, mulki maxsusa B) Xos mulk, taqiq yer, chek yer
C) Mulki sultoniy, Mulki xos, mulki xolisa D) Xos mulk, mulki maxsusa, chek yerlari
3. Davlat yerini sotganligi va sotib olinganligi to’g’risidagi hujjat qayerda imzolangan?
A) saroyda B) davlat devonxonasida C) qozixonalarda D) xon o’rdasida
4. Qo’qon xonligida asosiy qishloq xo’jalik ekinlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) bug’doy, arpa B) arpa, tariq C) paxta, makkajo’xori D) bug’doy, paxta
5. Qachondan boshlab Qoqon xoni Qashqarda savdogarlardan boj yig’ish huquqini olgan?
A) 1805 yil B) 1825 yil C) 1832 yil D) 1822 yil
6. Tarixchi olim A.Muhammadjonovning ta’kidlashicha, qaysi shahar nomi soy bo’yidagi shahar degan ma’noni anglatadi?
A) Andijon B) Marg’ilon C) Buloqboshi D) Qo’qon
7. Edonabiy davrida xonlikning qaysi bekliklar Xitoyga vasalligini tan oldi?
A) Andijon, O’zgan, Namangan B) Andijon, Marg’ilon, Namangan
C) O’sh, O’zgan, Marg’ilon D) Namangan, O’ratepa, Xo’jand
8. Qashqarni Xitoy bosib olgach, Qashqar hukmdorlari Qo’qondan panoh topgan edi. Xitoy qaysi Qo’qon xoniga ularni Qashqarga o’tkazmaslik shartini qo’ydi?
A) Muhammad Alixon B) Olimxon C) Umarxon D) Erdonabiy
9. Musulmon olamining xalifasi hisoblangan Usmonlilar sultoni Mahmud II Qo’qon xonligining Buxoro amirligi oldida nustaqil davlat maqomini tan olganligi Qo’qonning qaysi hukmdoriga katta ma’naviy quvvat bag’ishladi?
A) Muhammad Alixon B) Olimxon C) Umarxon D) Norbutabiy
10. Muhammad Alixon tomonidan Usmonlilar hukmdoriga elchi orqali yuborgan xatida quyidagilardan qaysilari ta’lkidlab o’tilgan?
1) Madalixon sultonning “Musulmonlar xalifasi” ekanini tan olishini ta’kidlagan
2) Qo’qonga tog’-kon mutaxassislari yuborilishini so’ragan
3) Xitoyga qarshi muqaddas urush boshlaganini ta’kidlagan
4) Qo’qonga qurol aslaha mutaxassislarini yuborishini so’ragan
5) Buxoro amiriga qarshi kurashda yordan so’ragan
A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 1,3,4
11. Muhammad Alixon tomonidan 1831 yilda Rossiyaga yuborgan elchiligining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababi nimadan iborat?
A) Har ikki davlatning ham O’rta juz qozoqlari homiysi bo’lishga da’vogarligi
B) Har ikki davlatning ham Kichik juz qozoqlari homiysi bo’lishga da’vogarligi
C) Qo’qon xonligining Usmonli turklar sultoni bilan yaqinligi
D) Boj masalasida ikkala tomonning bir to’xtamga kela olmaganligi
12. 1842 yilda Sulton Maxmudxon tomonidan Rossiyaga yuborilgan elchilik Nikolay I tomonidan qabul qilinib, muzokara chog’ida asosiy e’tibor qaysi masalalarga qaratildi?
1) Ikki davlat o’rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish
2) Qo’qonga qurol aslaha mutaxassislarini yuborish
3) Buyuk Britaniya tahdidiga qarshi Qo’qon xonligiga yordam berish
4) Qo’qonga tog’-kon mutaxassislari yuborish
A) 1,2 B) 1,4 C) 2,3 D) 1,3
13. 1842 yilda Sulton Maxmudxon tomonidan Rossiyaga yuborilgan elchilik natijalarini yo’qqa chiqargan omil qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Buyuk Biritaniyaning Afg'onistonga qarshi urushda mag’lubiyatga uchrab, O’rta Osiyo masalasida Rossiya bilan kelishishi
B) Rossiyaning Turkiya bilan bunosabatlarining keskinlashuvi
C) Buxoro amirligining Qo’qon xonligiga hujumi
D) Qo’qon – Xitoy munosabatlarining keskinlashuvi
14. Qo’qon xoni Xudoyorxon Rossiyaga yuborga elchilari orqali Raim istehkomi qurilganidan norioziligini bildirganda, qaysi lavozim egasi bu istehkomni Rossiya hududdida qurilganligi, istehkom qurilgan hududda tartib va tinchlikni hamda savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan asoslab istehkom buzilmasligini aytgan?
A) tashqi ishlar vaziri B) harbiy vazir
C) Bosh qo’mondon C) ichki ishlar vaziri
15. Quyidagilardan Qo’qon xonligi tarixiga oid taririy asarlar va ularningmualliflari bilan bir-biriga muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.
1
Abdulkarim Fazliy Namangoniy
A
“Muntaxab ut-Tavorix”
2
Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy
B
“Shohnomayi nusratpoyom”
3
Muhammad Hakimxon to’ra ibn Ma’sumxon to’ra
c
“Umarnoma”
A) 1-b,2-a,3-c B) 1-c,2-a,3-b C) 1-c,2-b,3-a D) 1-a,2-b,3-c
16. Quyidagi qaysi inshoat to’g’ri to’rtburchakli, bir qavatli, hovlili va to’rt minorali me’moriy obida hisoblanadi?
A) Norbutabiy dahmasi B) Dahmayi shohon ansambli
C) Mingoyim madrasasi D) Madrasayi Mir
17. Qo’qon xonligida nechta maktabxona faoliyat ko’rsatgan?
A) 120 ta B) 350 ta C) 230 ta D) 420 ta
18. “Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat” Ushbu so’zlar muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Dilshodi Otin B) Anbar Otin C) Boborahim Mashrab D) Zavqiy
19. Qo’qon xonligida bosh’ang’ich (maktabxona) ta’limiga oid ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Maktabxonalarda o’quvchilar soni 10-50 nafarni tashkil etgan.
2) Maktabxonaga o’qishga 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilingan
3) maktabxonalarda o’qish 5-8 yil davom etgan.
4) Juma va bayram kunlari dars mashg’ulotlari bo’lmagan
5) Yoz fasli va ramazon oyida o’quvchilarga ta’til berilgan
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 2,4,5 D) 2,3,4,5
20. Qo’qon xonligida bosh’ang’ich (maktabxona) ta’limda o’rgatiladigan quyidagi kitoblarni o’qitilish tartibiga qarab to’g’eri ketma-ketlikda berilgan javobni toping.
1) Xo’ja Hofiz Sheroziyning “Devon”i 2) Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Buston” asarlari 3) So’fi Ollayorning “Maslak ul-muttaqin” asari 4) So’fi Olloyorning “Sabbot ul-ojizin” asari 5) “Chor kitob” 6) “Farzi ayn” 7) Qur’oni karim 8) “Tavjud” 9) “Haftiyak”
A) 8,9,7,5,6,4,2,3,1 B) 9,8,7,6,5,4,3,2,1
C) 8,7,9,4,6,5,2,1,3 D) 5,9,6,7,8,4,1,3,2
21. Qo’qon xonligining boshlang’ich talimida o’rgatilgan quyidagi kitoblardan qaysi birida shariatga ko’ra barcha musulmonlarga buyurilgan va bajarishi shart bo’lgan amallar haqida tushunchalar berilgan?
A) “Sabbot ul-ojizin” B) “Chor kitob” C) “Farzi ayn” D) “Tavjud”
22. BMT ning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga quyidagi qaysi asardan olingan so’zlar bitilgan?
A) Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asaridan
B) Sa’diy Sheroziyning “Buston” asaridan
C) Xo’ja Hofiz Sheroziyning “Devon”idan
D) Kaykovusning “Qobusnoma” asaridan
23. Qo’qon xonligida madrasa ta’lim tizimiga oid to’g’ri ma’lumot berilgan?
1) 1831 yilda Qo’qon shahri madrasalarida 1000 nafar mulla ta’lim olgan
2) Madrasalarga o’quvchilar 12-15 yoshdan qabul qilingan
3) Madrasada o’qish muddati 15-20 yil davom etgan
4) Madrasalarda kalom, qiroat, hadis, fiqh, arab gramatikasi, mantiq, notiqlik, hattotlik, tijorat ilmi, tarix, adabiyot, geografiya, matematika fanlari o’qitilgan
5) Madrasa ta’limida “Kalila va Dimna” va “Qobusnoma” asarlari ham o’qitilgan.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5
24. G’arbiy Yevropada XVI asr o’rtalaridan boshlab qaysi sohalarda mehnat taqsimoti va qo’l hunari texnikasiga asoslangan korxona – manufakturalar vujudga keldi?
A) Toqimachilik, metal quyish, shisha ishlab chiqarishda
B) To’qimachilik, kemasozlik, konchilikda
C) Qog’oz ishlab chiqarish, metal quyish, shishasozlikda
D) To’qimachilik, qog’oz, shisha ishlab chiqarish
25. Qur’oni Karimni qiroat bilan o’qish san’ati to’g’risidagi ilm qanday nomlanadi
A) Tavhid B) Tavjud C) Kalom D) Tafsir
26. Qo’qon xonligida faoliyat olib borgan quyidagi tarixchi olimlardan qaysi biri xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan?
A) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy B) Maxmur
C) Muhammad Hakim To’ra D) Muhammad Solih
27. Nodira quyidagi shaxslardan qaysi birining g’azallariga muxammaslar yozmagan?
A) Navoiy B) Jomiy C) Fuzuliy D) Bedil
28. Nodira qachondan boshlab davlat idora etishda faol ishtireok etdi?
A) 1806 yildan B) 1810 yildan C) 1822 yildan D) 1815 yildan
29. Qaysi Qo’qon xoni davrida Rossiya Qo’qon elchilarini Orenburgdan nariga o’tkazmaslik haqida ko’rsatma berdi?
A) Muhammad Alixon B) Olimxon C) Umarxon D) Erdonabiy
30. Mazmuniga ko’ra Qo’qon xonligini Xitoyga qaramligini tan olgan tahqirli shartnomani imzolashga majbur bo’lgan hukmdor berilgan javobni toping.
A) Muhammad Alixon B) Olimxon C) Umarxon D) Erdonabiy