6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 16-20 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə73/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
6-10-KALITLAR

10-sinf Jahon tarixi 16-20 mavzular
1. Qachon Germaniyada A.Gitler boshchiligidagi national-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi?
A) 1932-yil yanvar B) 1931-yil yanvar
C) 1933-yil yanvar D) 1934-yil yanvar
2. Qaysi partiya Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag’lubiyati uchun o’ch olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan urush partiyasi edi?
A) Katolik markaz
B) Germaniya sotsial demokratlar partiyasi
C) Germaniya kommunistik partiyasi
D) Natsional-sotsialistik ishchi partiyasi
3.Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud.
A) Polsha anshlyus qilingandan so’ng Germaniya Chexoslovakiyani bosib olishga tayyorlana boshladi.
B) Chexoslovakiyaning kapitulatsiyasi 1938-yil 29-sentabr kuni Myunxenda rasmiylashtirildi.
C) Chexoslovakiyaning Sudet viloyati aholisining ko’pchiligini
nemis millatiga mansub kishilar tashkil qilardi.
D) Buyuk Britaniya va Fransiya bosimi ostida Chexoslovakiya
hukumati Germaniyaning talabini bajarishga majbur bo’ldi.
4. Qachon SSSR va Germaniya o’rtasida o’zaro urush qilmaslik
to’g’risida Sovet-German paktining imzolandi?
A) 1939-yil 1-sentabrda B) 1939-yil 17-noyabrda
C) 1939-yil 28-aprelda D) 1939-yil 23-avgustda
5. Quyida berilgan voqealar va ular yuz bergan yillarni mos ravishda joylashtiring.
1) Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi. 2) Polshaga sovet qo’shinlari kiritildi. 3)Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. 4) Ikkinchi jahon urushi ya’kulandi.
a) 1939-yil 17-sentabr; b) 1945-yil 2-sentabr;
c) 1939-yil 1-sentabr; d) 1939-yil 3-sentabr.
A) 1-a; 2-c; 3-d; 4-b. B) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d.
C) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b. D) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a.
6. SSSR qaysi davlatga qilgan hujumi sabab tajovuzkor davlat
sifatida Millatlar Ligasi tarkibidan chiqarildi?
A) Germaniya B) Polsha C) Finlandiya D) Belorussiya
7. Germaniya, Yaponiya va Italiya harbiy hamkorlik to’g’risida kelishuv – Uchlar pakti qachon imzolandi?
A) 1940-yil martda B) 1940-yil sentabrda
C) 1940-yil aprelda D) 1940-yil avgustda
8. Germaniya, Yaponiya va Italiya harbiy hamkorlik to’g’risida kelishuv – Uchlar paktiga keyinchalik qo’shilgan davlatlarni toping.
1) Vengriya; 2) Ruminiya; 3) Slovakiya; 4) Bolgariya; 5) Polsha; 6) Avstriya; 7) Gretsiya. 8) Sloveniya. 9) Chexiya. 10) Turkiya.
A) 2, 3, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 4, 6, 8, 10 D) 1, 3, 5, 7
9. Quyida berilgan ma’lumotlar orasidan qaysi birida xatolik mavjud emas.
A) 1940-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush payti va
undan keyingi hamkorlik tam oyillari to’g’risida deklaratsiyani – Atlantik xartiyani imzoladi.
B) Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Buyuk Britaniya
bosh vaziri N. Chemberlen va AQSH prezidenti F.D. Ruzvelt sovetlar bilan birdamligini e’lon qildi.
C) 1940-yil sentabrda SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi.
D) 1941-yil dekabrda AQSHning urushga qo’shilishi bilan
antifashistik koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi.
10. Atlantik xartiyani imzolagan davlatlar qanday majburiyatlarni
bajarishni o’z zimmasiga oladilar?
1) hududiy va boshqa boyliklarni egallab olishga intilmaslik.
2) xalqlarning o’z boshqaruv shaklini erkin tanlash huquqini hurmat qilish.
3) zo’ravonlik yo’li bilan suverenitetidan mahrum qilingan
xalqlarning o’z huquqlarini tiklashga intilishini qo’llab-quvvatlash.
4) dushman ustidan g’alabaga erishish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilish.
5) separat sulh tuzmaslik majburiyatlari yuklandi.
6) urushdan keyin dunyo tartibi Atlantik xartiya tamoyillari asosida o’rnatilish.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
11. Qaysi davlatning urushga qo’shilishi bilan antigitler koalitsiya
davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so’zsiz ustunlikka
erishdi?
A) AQSH B) SSSR C) Fransiya D) Buyuk Britaniya
12. 1942-yilgacha Yaponiya quyida berilgan hududlardan qaysi
birlarini bosib olishga ulgurgan edi?
1) Malayziya; 2) Birma; 3) Filippin; 4) Indoneziya. 5) Hindiston. 6) Avstraliya.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6
13. 1942-yilda Yaponiya bir qancha hudularni bosib olib qaysi
davlatlar bo’sag’asida turardi?
A) Hindiston va Avstraliya B) Malayziya va Birma
C) Filippin va Indoneziya D) Filippin va Avstraliya
14. Ikkinchi jahon urushiga oid ma’lumotlar orasidan tarixiy
haqiqatga muvofiq bo’lmaganini toping.
A) 1942-yil noyabrda sovet qo’shinlari Stalingrad ostonalarida
qarshi hujumga o’tib, Volgaga chiqqan German qo’shinlarining
katta guruhi – 24 ta diviziyasini qurshab oldi va tor-mor qildi.
B) 1943-yil fevralda qurshovdagi nemis qo’shinlari taslim bo’ldi.
C) 1943-yil may oyida Italyan –German qo’shinlarini Afrikadan
to’liq quvib chiqishga erishdilar.
D) 1944-yili Sovet Ittifoqi o’z hududini to’liq ozod qildi, sovet
qo’shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi.
15. Qaysi shahar ostonalaridagi mag’lubiyat Uchlar ittifoqi davlatlari uchun halokatli bo’ldi?
A) Stalingrad B) Moskva C) Kursk D) Leningrad
16. «Ozod Fransiya» Qarshilik harakati rahbari …
A) general de Goll B) general Eyzenxauer
C) I. Broz Tito D) general Emel Bushe
17. Urush va undan keying davrda bo’lib o’tgan konferensiyalarni bo’lgan yillariga mos holda joylang.
1) Tehron. 2) Qrim. 3) Potsdam.
a) 1943-yil; b) 1945-yil, iyul-avgust; c) 1945-yil fevral.
A) 1-a; 2-b; 3-c. B) 1-a; 2-c; 3-b. C) 1-b; 2-c; 3-a D) 1-c; 2-a; 3-b.
18. Qachon Germaniyaning Nyurenberg shahrida fashist rahbarlari ustidan sud jarayoni bo’lib o’tadi?
A) 1945-yil sentabrdan 1946-yil dekabrgacha
B) 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha
C) 1946-yil yanvardan 1948-yil fevralgacha
D) 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha
19. Qachon Yaponiyada yapon agressiyasidan aziyat chekkan
davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi?
A) 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha
B) 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha
C) 1946-yil yanvardan 1948-yil fevralgacha
D) 1945-yil sentabrdan 1946-yil dekabrgacha
20. Urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini, qurolli
qarshilik ko’rsatishni davom ettirishdan voz kechishi nima deb ataladi?
A) koalitsiya B) kapitulatsiya C) deklaratsiya D) evakuatsiya
21. U. Cherchill qachon Vestminster kolleji tinglovchilari
oldida so’zga chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalqlarning sovet
tajovuziga» qarshi kurashiga boshchilik qilishni taklif qildi?
A) 1946-yil martda B) 1947-yil iyunda
C) 1949-yil yanvarda D) 1949-yil aprelda
22. Qaysi davlat «Marshall rejasi»ni o’zining Sharqiy Yevropadagi ta’siriga navbatdagi xavf, Amerika kapitalining
Yevropani egallash uchun urinishi, deb baholadi?
A) Buyuk Britaniya B) Fransiya C) Germaniya D) SSSR
23. Qachon SSSR va Sharqiy Yevropaning ko’pchilik davlatlari
iqtisodiy ittifoq – O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O’IYK)
tuzilganligini e’lon qildilar?
A) 1946-yil martda B) 1947-yil iyunda
C) 1949-yil yanvarda D) 1949-yil aprelda
24. “Qo’shilmasli harakati” quyida berilgan tarixiy shaxslardan
qaysi birlarining tashabbuslari bilan yuzaga kelgan?
1) Iosif Broz Tito 2) Javoharlal Neru 3) Jamol Abdul Nosir 4) Mahatma Gandi 5) Abdul Qodir. 6) Habib Burg’iba.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 6
25. Quyida berilgan 1970 – 1980- yillardagi xalqaro munosabatlarga oid voqelarni ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri izchillikda joylashtiring.
1) Xalqaro munosabatlardagi keskinlik biroz yumshadi.
2) Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashining
Yakunlovchi akti imzolandi.
3) SSSR bilan AQSH o’rtasida strategik qurollarni cheklash
bo’yicha birinchi shartnoma (SQCH-1) imzolandi.
4) SSSR va AQSH o’rtasida SQCH-2 shartnomasi imzolandi
5) Afg’onistonga sovet qo’shinlari kiritildi va xalqaro munosabatlarda yana keskinlik boshlandi shartnomasi imzolandi.
6) SSSR va AQSH liderlarining Jeneva va Reykyavikdagi
uchrashuvlari boshlandi.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 2, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 2, 6, 5
26. «Alvido, qurol!» romani muallifini ko’rsating.
A) E. Remark B) F. Kafka C) R. Oldington D) E. Xeminguey
27. 1960-yillari qaysi AQSH prezidentlari ma’muriyatlari
iqtisodiy o’sishni jadallashtirish sari yo’l tutdilar?
A) Jon Kennedi va Lindon Jonson
B) Franklin Ruzveld va Duayt Eyzenxauer
C) Jorj Bush va Bill Klinton
D) Ronald Reygan va Duayt Eyzenxauer
28. Qaysi yillarda AQSHda iqtisodning energetika, elektronika
va kimyo sanoati, avtomatlashtirish va aloqa vositalarini hamda turli asboblarni ishlab chiqarish yetakchi sohalarga aylandi?
A) 1950-yillar B) 1960-yillar C) 1970-yillar D) 1990-yillar
29. Qaysi yillar boshiga kelib iqtisodiy o’sish sur’atlari sekinlashdi. Amerika valutasiga nisbatan
ishonchsizlik kuchaydi?
A) 1950-yillar B) 1960-yillar C) 1970-yillar D) 1990-yillar
30. Qaysi yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli
retsessiya kuzatildi. O’sish sur’atlarining pasayishi xo’jalikning
hamma jabhalarini qamrab oldi?
A) 1950-yillar B) 1960-yillar C) 1970-yillar D) 1990-yillar
31. Ronald Reygan tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar tarixga
qanday nom bilan kirgan?
A) “Adolatli yo’l” B) “To’g’ri yo’l”
C) “Yangi kurs” D) “Reyganomika”
32. Qaysi AQSH prezidenti ma’muriyati inqirozdan chiqish
yo’llarini topishga urinib, davlatning iqtisodga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi, xususiy tashabbus rag’batlantirildi?
A) Jon Kennedi B) Ronald Reygan
C) Duayt Eyzenxauer D) Lindon Jonson
33. Jozef Makkarti faoliyatining avj olishi qaysi president davriga
to’g’ri keladi?
A) Jon Kennedi B) Ronald Reygan
C) Duayt Eyzenxauer D) Lindon Jonson
34. AQSH prezidenti Jon Kennedi(a), 1968-yili qora tanlilar
tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik
mukofoti sovrindori, ruhoniy Martin Lyuter King(b) o’ldirilgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping.
A) a- 1960; b- 1966 B) a- 1962; b- 1966
C) a- 1963; b- 1968 D) a- 1964; b- 1979
35. AQSH da 1960-yillardagi fuqarolar huquqlari uchun harakatning o’ziga xos tomoni nimada edi?
A) u “sovuq urush” davridagi qurollanish poygasi jarayoniga
to’g’ri keldi.
B) u SSSR dagi sotsialistik jamiyat ruhida kechdi.
C) Italiyadagi kabi frontdan qaytgan askarlar o’z huquqlari uchun
kurashganlar.
D) u ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari bilan bir paytga to’g’ri keldi.
36. “Amerika fojeasi” romani muallifini belgilang.
A) Jek London B) Richard Oldington
C) Teodor Drayzer D) Frans Kafka
37. Quyidagi qaysi atama iqtisodiyotda ishlab chiqarishning
nisbatan mo’tadil pasayishini yoki iqtisodiy o’sish sur’atlarining
sekinlashuvini bildiradi.
A) Inflatsiya B) Gegemon C) Konversiya D) Retsessiya
38. Qaysi yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi
darajasidan oshib ketdi.
A) 1945-yili B) 1950-yili C) 1955-yili D) 1960-yili
39. Urushdan keyin SSSRda yuz bergan jarayonlarni davriga mos
rafvishda joylashtiring.
1) 1950-yili. 2) 1950-yillar o’rtalari. 3) 1950-yillar oxiri. 4) 1970-
yillarning ikkinchi yarmi. 5) 1980-yillar. 6) 1950-yillarning ikkinchi yarmi.
a) sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi.
b) mamlakatda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi.
c) qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari ancha susaydi.
d) jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida «turg’unlik» davri nomini olgan.
e) kommunizm qurish to’g’risidagi rejasi barbod bo’lgan, odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo’ygan edi.
f) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o’sib,
kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan ko’proqqa oshdi.
A) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a; 5-e; 6-f. B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e; 6-f.
C) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c; 5-e; 6-f. D) 1-e; 2-c; 3-d; 4-b; 5-a; 6-f.
40. “U murakkab muammga duch kelganda yaxshisi hech narsa
qilmaslikni ma’qul ko’rardi. Unda boshqalarning xushomadiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig’ishga moyillik kuchli edi. Uni maqtash, ulug’lash jarayoni 1970-yillardan boshlandi va keyingi yillari borgan sari kulgili tus olib bordi.” Yuqoridagi jumlada so’z qaysi SSSR rahbari haqida ketmoqada?
A) I.Stalin B) N. Xrushchyov C) L. Brejnev D) M. Gorbachyov
41. KPSS ning qaysi syezdida N.Xrushchyov «Shaxsga sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida» nutq bilan chiqadi?
A) XIX syezd B) XX syezd C) XXI syezd D) XXII syezd
42. N. Xrushchyov o’rniga KPSS MK Birinchi kotibi qilib …(a),
SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib …(b)saylandi.
A) a- Yuriy Andropov; b-Konstantin Chernenko
B) a- Yuriy Andropov; b- Mixail Gorbachyov
C) a- Leonid Brejnev; b- Aleksey Kosigin
D) a- Mixail Gorbachyov; b- Boris Yelsen
43. Dunyoni yadro urushi yoqasiga olib kelib qo’ygan
hodisa qanday nom bilan tarixga kirgan?
A) “Berlin devorining qurilishi” B) “Jahon iqtisodiy inqirozi”
C) “Arab urushi” D) “Karib inqirozi”
44. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, SSSR tarixida o’zgarish
yasagan davrlar va ularga mos keluvchi javoblarni belgilang.
1) «Qayta qurish» davri. 2) «Iliqlik» davri. 3) «Turg’unlik» davri.
a) davrida ham kapitalistik mamlakatlar bilan tinch musobaqa
davom ettirilib, bu jarayon Afg’onistonga sovet qo’shinlari
kiritilgunga qadar davom etdi.
b) davrida kapitalistik mamlakatlar bilan tinch-totuv yashash tamoyili ilgari surilib, bu SSSR bilan kapitalistik mamlakatlar, avvalo, AQSH o’rtasida munosabatlarning ham iliqlashuviga olib keldi.
c) davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur» tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin ijobiy o’zgarishlarga olib keldi.
A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-a, 2-c, 3-b. C) 1-c, 2-a, 3-b. D) 1-c, 2-b, 3-a.
45. Fidel Kastro nechanchi yilgi inqilob natijasida Kubada
hokimiyatga kelgan edi?
A) 1958-yilgi B) 1959-yilgi C) 1960-yilgi D) 1961-yilgi



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin