10-sinf Jahon tarixi 25-29 mavzular 1. 1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – H indiston va
Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi. Hindiston hukumatini……(1), Pokistonnikini esa …….(2) boshqardi.
A) Javaharlal Neru (1), Liikat Alixon (2)
B) Mahatma Gandi (1), L.B.Shastri (2)
C) Mahatma Gandi (1), Liikat Alixon (2)
D) Javarlal Neru (1), L.B.Shastri (2)
2. 1950-yillarning ikkinchi yarmi –1960-yillar Hindistonda nima bilan xarakterlanadi?
A) Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi;
B) sog’liqni saqlash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida
erishilgan muvaffaqiyatlarga, iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga
qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati
pastligicha qolaverdi;
C) agrar islohot o’tkazildi;
D) mamlakat g’alla bilan o’zini o’zi ta’minlay boshladi;
3. XX asrda mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika
mamlakatlari ichida muqim parlament demokratiyasini
shakllantira olgan yagona davlatni ko’rsating.
A) Pokiston B) Hindiston C) Xitoy D) Yaponiya
4. Quyidagilardan qaysi biri tarixiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi?
A) Toshkent deklaratsiyasi qabul qilingan yili Hindiston iqtisodiyotida turg’unlik boshlandi
B) Muhammad Dovud o’tkazgan islohotlar asosan iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga qaratilgan edi
C) Ziyo ul-Haq davrida parlamentni tarqatib yubordi, premyer-ministrni vazifasidan ozod qildi va erkin saylovlar tayinladi.
D) G‘arb davlatlari bilan hamkorlikka, ularning yordamiga qaramasdan, 1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari past bo‘ldi.
5. 1949 yilda Hindistonda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada e’lon qilingan prinsiplar qatoriga quyiudagilardan qaysi biri kirmaydi?
A) Demokratik erkinliklar va inson huquqlari C) Kastalar tengligi
B) Hokimiyatning bo‘linishi D) Mulkning daxlsizligi
6. Hindistonda bosh vazir Indira Gandi 1970-yillarda bir qator muhim islohot larni amalga oshirdi. Ushbu islohotlaer asosan nimaga qaratilgan edi?
A) ta’lim tizimini to’liq davlat nazoratiga olish
B) iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirish
C) sanoat ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish
D) oziq-ovqat mahsulotlaeri bilan davlat o’z-o’zini ta’minlash
7. Quyidagilardan qaysi biri Pokiston bosh vaziri Benazir Bxuto davrida amalga oshirilgan?
A) parlamentni tarqatib yubordi, premyer-ministrni vazifasidan ozod qildi va erkin saylovlar
B) armiya demokratlashtirildi
C) yangi Konstitutsiya qabul qilindi
D) avvalgi bosh vazir davrida qamoqqa olingan barcha siyosiy arboblarga amnistiya berildi
8. “Sovuq urush” yillarida Turkiyaga moliyaviy va iqtisodiy
yordam ko’rsatgan davlatlarni tartib bo’yicha to’g’ri berilgan javobni
toping.
A) Buyuk Britaniya, Fransiya B) SSSR, AQSH
C) Buyuk Britaniya, AQSH D) Fransiya, Italiya
9. Turkiyada 1980-yil sentabrda o’tkazilgan harbiy to’ntarish
natijasida hokimiyatga kelgan generalni aniqlang.
A) Turg’ut O’zal B) Kenan Evren
C) Sulaymon Demirel D) Ismet Inyonyu
10. Qachon Turkiyada o’tkazilgan referendum mamlakatning yangi konstitutsiyani tasdiqlaydi?
A) 1982-yil noyabrda B) 1982-yil dekabrda
C) 1982-yil yanvarda D) 1982-yil martda
11. Turg’ut O’zol bosh vazirlik yillarida Turkiyda amalga oshirilgan
ishlar to’g’ri berilgan javoblarni belgilang.
1) Iqtisodda davlatning roli pasaytirildi.
2) Davlat sektorini keng xusuyiylashtirish boshlandi.
3) Eksportni rag’batlantirish to’g’risida qonun qabul qilindi.
4) Erkin iqtisodiy zonalarni tuzish to’g’risida qonunlar qabul qilindi.
5) Iqtisodda davlat sektorining ustunligiga chek qo’yildi.
6) Sanoat ishlab chiqarish tarkibiy qayta qurildi
A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
12. Turg’ut O’zol bosh vazir etib saylangandan necha yil o’tib Turkiya prezidenti etib saylaylandi?
A) 5 yil B) 6 yil C) 7 yil D) 8 yil
13. Quyida Eron haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri tarixiy
haqiqatga muvofiq keladi?
A) 1945-yili ingliz va sovet qo’shinlari Erondan olib chiqib
ketildi.
B) 1965-yil referendum o’tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar
o’tkaz ish taklifini kiritdi.
C) 1982-yili Iroq qo’shinlari Eronga bostirib kirdi.
D) Eron-Iroq urushi 1988-yilgacha davom etdi.
14. 1950-yillarning birinchi yarmida Eron siyosati, asosan, nimaga bag’ishlandi?
A) mamlakat neft sanoatini natsionalizatsiya qilishga
B) Eronni ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga
C) G’arb davlatlarini qarshiligini yengishga
D) Sanoatni tarkibiy qayta qurishga
15. «Oq inqilob»ning o‘n yilida Eron iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishib sanoatning qaysi sohalari jadal rivojlandi?
A) oziq-ovqat, to’qimachilik B) mashinasozlik, stanoksozlik
C) elektrotexnika, kimyo D) to’qimachilik, mashinasozlik
16. Turg’ut O’zol Turkiya prezidenti etib saylangan yili Eronda bo’lib o’tgan voqea to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Eron-Iroq urushi tugadi
B) Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi
C) Oyatilloh Ruhulloh Humayniy vafot etdi.
D) Eron-Iroq urushi tugadi
17. Qachonga kelib Eronda islom radikalizmi biroz susaydi ?
A) 1970 yillarda B) 1980 yillarda C) 1990 yillarda D) 1960 yillarda
18. Eronda dindor shaxslardan tuzilgan Kengash tomonidan ishlab chiqiligan yangi konstitutsiya, xulq-atvorning diniy normalarida belgilab qo’yilgan qoidalar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) Alkogol iste’mol qilish taqiqlandi. 2) Musiqa, raqs, kino shaxmat o’yini taqiqlandi. 3) Kitoblar taqiqlandi. 4) Barcha kinoteatrlar yopildi. 5) Ayollar islom an’analari bo’yicha kiyinishga, chodra o’rab yurishga majbur qilindi. 6) Dunyoviy o’quv yurtlari ochildi. 7) Ayollar uchun gimnaziya tashkil qilindi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
19. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Afg’onistonga yordam
ko’rsata boshlagan davlatlar (a), hamkorlikda korxona qurgan
millatlar (b) ni to’g’ri belgilang.
A) a- SSSR, Fransiya, Xitoy; b - nemislar, yaponlar, hindlar
B) a- AQSH, Fransiya, Xitoy; b - nemislar, yaponlar, hindlar
C) a- SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy; b- nemislar, yaponlar, hindlar
D) a- Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy; b- nemislar, yaponlar, hindlar
20. Afg’onistonda Muhammad Dovud prezidentligi davrida amalga oshirilgan eng muhim tadbirlardan biri to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) iqtisodiyotda davlat sektorining ustunligiga chek qo’yildi
B) neft sanoati milliylashtirildi
C) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin ravishda oshirildi
D) savodsizlikni tugatish bo‘yicha davlat boshqarmasi tuzildi
21. Afg’onistonda M. Dovudni umrbod prezident deb e’lon qilingan konstitutsiya qabul qilingan yili quyidagi qaysi davlatda yangi konstitutsiya qabul qilingan
A) Eronda B) Turkiyada C) SSSRda D) Fransiyada
22. Afg’onistonda 1986-yili hokimiyatga kim keldi?
A) Muhammad Dovud B) Muhammad Najibullo
C) Nur Muhammad Tarakiy D) Hafizullo Amin
23. 1989-yili SSSR o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgach qaysi davlatlar isyonchilarga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi.
qurol-yarog’ yetkazib turgan davlatlarni toping.
A) AQSH va Buyuk Britaniya B) Buyuk Britaniya va Fransiya
C) Pokiston va Eron D) AQSH va Pokiston
24. Qachonga kelib Lotin Amerikasi mamlakatlarida
diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi?
A) 1950-yillar oxiri–1960-yillar boshlari
B) 1960-yillar oxiri–1970-yillar boshlari
C) 1970-yillar oxiri–1980-yillar boshlari
D) 1980-yillar oxiri–1990-yillar boshlari
25. Eronda shoh rejimi qulagan yili Lotin Amerikasining qaysi davlatida inqilob yuz berdi?
A) Nikaragua B) Salvador
C) Gvatemala D) Kosta-Rika
26. Afg’onistonga sovet qo’shinlari kiritilgan yili Lotin
Amerikasining qaysi davlatlarida isyonchilik harakati kuchayadi?
A) Nikaragua va Kuba B) Ekvador va Peru
C) Braziliya va Argentina D) Salvador va Gvatemala
27. XX asrning 80-yillariga kelib Janubiy Amerika davlatlariidan qaysilarida harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi. 1) Ekvador 2) Peru 3) Boliviya 4) Argentina 5) Braziliya
6) Paragvay 7) Urugvay 8) Nikaragua
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5,7
C) 1,2,3,4,5,8 D) 1,2,4,5,6,7
28. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan
modernizatsiyalashning quyidagi qaysi variantlari yaqqol ko’zga tashlanadi?
A) uchta; inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik
B) ikkitta; inqilobiy, demokratik
C) ikkita; neokonservativ va islohotchilik
D) to’rtta; inqilobiy, neokonservativ, islohotchilik, demokratik
29. XX asrda Lotin Amerikasida taraqqiyot yo’llari va u
yo’llarni tanlagan davlatlarni mos ravishda joylashtiring.
1) Inqilobiy. 2) Neokonservativ. 3) Islohotchilik.
a) Meksika; b) Kuba; c) Chili.
A) 1-a; 2-b; 3-c. B) 1-b; 2-c; 3-a.
C) 1-a; 2-c; 3-b. D) 1-b; 2-a; 3-c.
30. 1958-yili qaysi davlat sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi
bo’yicha Lotin Amerikasida birinchi o’ringa chiqadi?
A) Kuba B) Chili C) Argentina D) Meksika
31. «Afrika yili» da qit’ada nechta yangi davlat paydo bo’ldi?
A) 10 ta B) 16 ta C) 17 ta D) 20 ta
32. Mustaml akachilik davrida ikkiga bo’linib ketgan qaysi davlat birlashib, mustaqil Demokratik Respublika nomini oldi.
A) Kongo B) Nigeriya C) Tanzaniya D) Somali
33. 1990-yillarga kelib, Sahroyi Kabirdan janubda qancha siyosiy mustaqil davlatlar tashkil topdi?
A) 20 B) 30 C) 40 D) 50
34. Aholining ayrim guruhlarini yoki butun boshli xalqlarni siyosiy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy belgilar asosida qirg’in qilish nima deb ataladi?
A) Armiya B) Politsiya C) Genotsid D) Aparteid
35. Ilmiy-texnik inqilobning asosiy belgilari to’g’ri berilgan
javobni ko’rsating.
1) tabiiy va sintetik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish
2) mashinalardan keng foydalanish
3) ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavod-avtomatlarni va
sanoat robotlarini yaratish
4) sanoat ishlab chiqarishning elektrlashtirilishi
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
36. Qachon Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun‟iy
yo’ldoshi uchiriladi?
A) 1955-yili 4-oktabr B) 1956-yili 4-oktabr
C) 1957-yili 4-oktabr D) 1958-yili 4-oktabr
37. XX asrning so’nggi 50 yili
ichida qilingan eng mashhur ixtiro qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yarimo‘tkazgichli integral mikrosxema
B) uyali telefon C) internet D) Lazer
38. Internetning o’tmishdoshi ARPANET(a) va E-mail(elektron
pochta)(b) paydo bo’lgan yillar to’g’ri berilgan javobni belgilang.
A) a- 1969-yil; b- 1972-yil. B) a- 1970-yil; b- 1973-yil.
C) a- 1967-yil; b- 1970-yil. D) a- 1972-yil; b- 1975-yil.
39. G’arb va Sharq san’ati, o’tmish va zamonaviy uslublar,
folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o’zida jamlagan
uslubni ko’rsating.
A) Abstraksionizm B) Pop-art
C) Postmodernizm D) Realizm
40. Quyidagi qaysi institut xodimlari uzoq masofadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosladi va internetning yaratilishini yaqinlashtirdi?
A) Massachuset texnologiya instituti
B) Manchester texnologiya instituti
C) Tenesse texnologiya instituti
D) Texas texnologiya instituti