6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 21-24 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə74/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
6-10-KALITLAR

10-sinf Jahon tarixi 21-24 mavzular
1. Buyuk Britaniyada urushdan keyingi dastlabki saylovlarda qaysi
partiya g’olib chiqdi?
A) konservatorlar B) sotsialistlar
C) liberallar D) leyboristlar
2. Buyuk Britaniyada urushdan keyin ikkinchi bor o’tkazilgan saylovlarda konservatorlar g’alaba qozongach, kim yana bosh vazir lavozimini qayta egallaydi?
A) M. Tetcher B) U. Cherchill
C) J. Meyjor D) G. Makmillan
3. 1951 yilda o’tkazilgan saylovlarda g’alaba qozongach konservatorlar Buyuk Britaniyani yana necha yil boshqarishgan?
A) 10 yil B) 11 yil C) 13 yil D) 19 yil
4. Qaysi o’n yillikga Buyuk Britaniya iqtisodiy holatning keskinlashuvi bilan kirib keladi?
A) 1950-yillar B) 1960-yillar
C) 1970-yillar D) 1980-yillar
5.Margaret Tetcher nechanchi yillarda bosh vazir lavozimida faoliyat ko’rsatgan («Tetcher davri»)?
A) 1979 – 1985-yillar B) 1979 – 1990-yillar
C) 1979 – 1989-yillar D) 1979 – 1999-yillar
6. «Tetcher davri»da amalga oshirilgan ishlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Britaniyada Yevropada eng ko’p ish o’rinlari yaratdi.
2) Davlat sektori qisqartirildi, uning samaradorligi oshirildi.
3) Ichki siyosatda asosiy e’tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
4) Iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirish sari dadil qadamlar
tashlandi.
5) Soliqlar ko’paytirildi.
6) Inflatsiyaga qarshi kurash bosh vazifa qilib belgilandi.
7) Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi.
8) Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
7. Qaysi yillar Britaniya iqtisodiyotida chuqur tizim o’zgarishlari yuz berdi?
A) 1950-yillar B) 1960-yillar
C) 1970-yillar D) 1980-yillar
8. Quyida berilgan B. Britaniya bosh vazirlaridan qaysi biri ilgari
moliya vaziri lavozimida ishlagan?
A) E. Xit B) T. Bler
C) J. Kallegan D) J. Meyjor
9. Quyidagi qaysi Buyuk Britaniya bosh vaziri hukumatning neokonservatizm siyosatini davom ettirdi.
A) E. Xit B) T. Bler
C) J. Kallegan D) J. Meyjor
10. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Buyuk Britaniya quyidagi qaysi qaysi hududlarda irqchilik rejimlarini qo’llab-quvvatladi?
A) Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi
B) Shimoliy Afrika va Shimoliy Rodeziyadagi
C) Janubiy Afrika va Shimoliy Rodeziyadagi
D) Shimoliy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi
11. Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskinlashgan va Buyuk Britaniya u yerga qo’shin kiritgan vaqtda SSSR KPSS MK sekretari kim bo’lgan?
A) N.Xrushchyov B) M.Garbochyov
C) L.Brejnev D) Aleksey Kosegin
12. Qaysi davlat bilan olib borilgan urushda Buyuk Britaniya g’alaba qozonib, «imperiyachilik tafakkur»ini namoyon qiladi?
A) Meksika B) Irlandiya C) Rodeziya D) Argentina
13. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Fransiyada sodir bo’lgan
jarayonlarni yillariga mos ravishda joylashtiring.
1) 1945-yil. 2) 1946-yil. 3) 1958-yil.
a) Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
b) sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
urushdan oldingi darajasining yarmiga ham yetmadi.
c) Fransiyada Tortinchi respublika barham topdi
A) 1-a; 2-c; 3-b. B) 1-a; 2-b; 3-c.
C) 1-b; 2-a; 3-c. D) 1-b; 2-c; 3-a.
14. Fransiyada To’rtinchi respublika konstitutsiyasi qabulqilinganidan necha yil o’tib Beshinchi respublika konstitutsiyasi qabul qilingan?
A) 14 yil B) 10 yil C) 11 yil D) 12 yil
15. Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylangan(a) va iste’foga chiqishga majbur bo’lgan(b) yillar to’g’ri berilgan javobni toping.
A) a- 1958-yil; b- 1968-yil. B) a- 1960-yil; b- 1968-yil.
C) a- 1952-yil; b- 1960-yil. D) a- 1960-yil; b- 1965-yil.
15. Fransiya haqida keltirilgan ma‟lumotlardan qaysi birida tarixiy
xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Mustamlakachilik endi o’tmish ekanligini tushungan prezident Sharl de Goll 1960-yili Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustamlakalariga mustaqillik berdi.
B) 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi.
C) 1970-yillarning oxirida sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi.
D) So’l kuchlarning hamkorlikdagi dasturida ko‘pchilik fransuzlar
manfaatiga mos bo‘lgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kichik o’zgarishlar bilan 1994-yilgacha saqlab qolindi.
16. AQSH ning harbiy va iqtisodiy qudratidan dushman rejimlarga
qarshi va ularda demokratik tizimni o’rnatish uchun foydalanish
tarafdorlari bo’lgan bir qism konservativ siyosatchilar mafkurasi nima deb ataladi?
A) Neokonservatizm B) Ultrakonservatizm
B) Internatsionalizm D) Izolyatsionalizm
17. «Cho’qqida qolgan ovchining ohi-zori» asari mualliflarini aniqlang.
A) Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov
B) Maqsud Shayxzoda va Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir va Mirtemir
D) Abdulla Qodiriy va Cho’lpon
18. Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilingan
sanani aniqlang.
A) 1949-yil mayda B) 1949-yil oktabrda
C) 1949-yil dekabrda D) 1949-yil martda
19. Sovet okupatsion zonasida Germaniya demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilinad?
A) 1949-yil 7-mayda B) 1949-yil 7-oktabrda
C) 1949-yil 7-noyabrda D) 1949-yil 7-dekabrda
20. Quyida berilgan omillardan qaysi birlari 1950 – 1960-yillari GFR xo’jaligining jadal sur`atlar bilan tiklanishini ta‟minladi.
1) Harbiy xaraj atlarning kamligi. 2) «Marshall rejas i» bo’yicha
Amerikaning mo’l-ko’l yordami. 3) Arzon chet el ishchi kuchidan
unumli foydalanish. 4) Yangi uskunalarning keltirilishi. 5) SSSR
qamalining bekor qilinishi. 6) Okkupatsion tartibning bekor qilinishi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5
21. Siyosiy raqiblarining qarama qarshiliklarini yengib, qachon GFR
NATOga a‟zo bo’ladi?
A) 1950-yil B) 1954-yil C) 1955-yil D) 1959-yil
22. Quyidagi qaysi shahardagi ahdlashuvining kuchga kirishi tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi.
A) London B) Parij C) Moskva D) Vashington
23. 1982 yilgi saylovlarda GFR kansleri qilib saylangan Gelmut Kol qaysi partiyadan edi?
A) Xristian-sotsialistlar partiyasi B) Sotsial demotratlar partiyasi
C) Katolik markaz partiyasi D) Xristian-demokrat pariyasi
24. Gelmut Kol kanslerlik yillari GFRda …
1) soliqlar qisqartirildi. 2) davlat xarajatlari tartibga solindi.
3) davlatning biznesga aralashuvini kamaytirdi 4) raqobatni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirildi 5) Ichki siyosatda asosiy e’tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi
A) 1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5
25. Ikkinchi jahon urushidan so’ng qabulqilingan Italiyaning yangi konstitutsiyasi qachon kuchga kirdi?
A) 1948-yil 1-yanvardan B) 1949-yil 1- yanvardan
C) 1946-yil 1-yanvardan D) 1947-yil 1-yanvardan
26. Qachon Yevropa iqtisodiy hamkorligini(YIH) tuzish to’g’risida
Rim shartnomasi imzolandi?
A) 1955-yilda B) 1956-yilda
C) 1957-yilda D) 1958-yilda
27. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yaponiyada hokimiyat kim
boshchiligidagi okkupatsion qo’shinlari shtabiga o’tadi?
A) Spaats B) Delatr de Tassini
C) Jozef Makkarti D) Duglas Makartur
28. Qachon Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish
maqsadida kasaba uyushmalari to’g’risida qonun qabul qilinadi?
A) 1945-yilda B) 1946-yilda
C) 1947-yilda D) 1948-yilda
29. Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi uchun amalga oshirilgan
islohotlarni toping.
1) Siyosiy va diniy erkinliklar to’g’risida direktiva qabul qilindi.
2) Matbuotda senzura joriy qilindi. 3) Barcha siyosiy mahbuslar ozod
etildi. 4) Ilgarigi militaristik jamoat tashkilotlari tarqatib yuborildi.
5) Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
30. Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo’lidan
rivojlanayotgan va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi
to’lqin davlatlarini toping.
A) Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin
B) Janubiy Koreya, Tayland, Singapur, Gonkong
C) Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong
D) Hiniston, Eron, Afg’oniston, Birma
31. Ikkinchi jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyat
kim boshchiligidagi Gomindan partiyasi (Milliy partiya)ga tegishli
edi?
A) Den Syaopin B) Mao Szedun
C) Chan Kayshi D) Sun Yat Sen
32. Qachon Xitoy Kommunistik partiyasi bilan Gomindan o„rtasida
muzokaralar bo„lib, o„zaro dushmanlik harakatlarini to„xtatishga
kelishildi.
A) 1945-yil avgustda B) 1945-yil iyunda
C) 1945-yil dekabrda D) 1945-yil noyabrda
33. Chan Kayshi armiyasi 1947-yili kommunistlarning poytaxti
bo‟lgan qaysi shaharni egallab oldi?
A) Pekin B) Sian C) Yanan D) Chanyan
34. Kommunistlar nazorat qilayotgan hududlarga qaysi davlat juda katta yordam ko„rsatishi, iqtisodiy yordami va quroli bilan Xalq-ozodlik armiyasi qayta tuzildi, armiyada qat‟iy tartib o„rnatildi?
A) SSSR B) AQSH C) Buyuk Britaniya D) Fransiya
35. Xitoyda ikkinchi jahon urushidan keyin sodir bo’lgan voqealarni ular sodir bo’lgan yillar bilan bmuvofiqlashtirib berilgan javobni toping.
1) Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.
2) Xalq-ozodlik armiyasi hujumga o‘tdi.
3) Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi
4) Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi
a) 1949 yil 1 oktabr b) 1949 yil sentabr
c) 1947 yil iyul d) 1946 yil iyun
A) 1-a,2-b,3-c,4-d B) 1-d,2-c,3-b,4-a
C) 1-c,2-d,3-a,4-b D) 1-b,2-a,3-d,4-c
36. 1952-yil dekabrda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining «Sotsializm qurish» to„g„risidagi qarorida keltirilgan vazifalar necha yil muddatga mo‟ljallangan edi?
A) 10 yil B) 15 yil C) 20 yil D) 25 yil
37. 1952-yil dekabrda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining «Sotsializm qurish» to„g„risidagi qarorida qanday vazifalar belgilab berilgan edi?
1) mamlakatni industrlashtirish 2) ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish 3) siyosiy demokratiyani rivojlantirish 4) oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zinbi ta’minlash
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3
38. Xitoyni rivojlantirishning «Katta sakrash»(a), «Madaniy
inqilob»(b) deb nomlangan o„ta ziddiyatli siyosatlari amalga
oshirilgan davr to‟g‟ri berilgan javobni belgilang.
A) a- 1940-yillar; b- 1950-yillar
B) a- 1950-yillar; b- 1960-yillar
C) a- 1960-yillar; b- 1970-yillar
D) a- 1970-yillar; b- 1980-yillar
39. Qachonga kelib Xitoy yadro quroliga ega bo„lgan davlatga aylandi va xalqaro munosabatlarda shunga yarasha o„rin egallashga intildi.
A) 1980-yillari B) 1960-yillarning ikkinchi yarmi
C) 1990-yillarning boshi D) 1970-yillarning oxiri
40. «Urushning yaxshisi bo„lmaydi. Ammo eng dahshatli urush – fuqarolar urushi. Negaki, u avloddan avlodga «meros» o„tib,
abadiy davom etadi!» Ushbu so‟zlar muallifi va asar nomini aniqlang.
A) A. Qodiriy “O‟tkan kunlar”
B) M. Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi”
C) M. Behbudiy “Padarkush”
D) O‟. Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin