54. Qaysi shaxs-son shakllari “sizlash” ga hamda “Senlash” ga ixtisoslashgan? Ikkinchi shaxsning birligi va ko’pligini ifodalovchi -san va –siz qo’shimchasi
55. Nutqda hurmat va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug’ilganda ,-siz va –san qo’shimchalariga qaysi qo’shimcha ham qo’shiladi? - lar va –ing qo’shimchalari
56. Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar qaysilar? -ma, emas, yoq sozlari, na…, na
56. Fe’lning bo’lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo’shimchasi qaysi uslublarda kuchli ta’kidni ifodalaydi? So’zlashuv,badiiy,publitsistik
57.Bo’lishsizlikni ifodalovchi –ma qo’shimchasi qachon fe’lga qo’shila olmaydi? Fe’l tarkibida –moq,- moqda –moqchi qo’shimchalar mavjud bo’lganda
58. Inversiya nima? Muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so’zlarning odatdagi tartibining o’zgarishi.
59. Oddiy so’zlashuv uslubida so’z tartibi qanday bo’ladi? Ega oldin, kesim esa keyin, aniqlovchi, hol va to’ldiruvchi kesimdan oldin turadi.
60.Ilmiy va rasmiy uslubda so’z tartibi qanday? Bu uslublarda odatdagi tartibi qattiy saqlanadi.
61. Gapda so’z tartibining o’zgarishi nima bilan bog’liq? Mantiqiy urg’uning o’zgarishi
62. Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? Darak,so’roq,buyruq,undov
63 .Nutqda eng ko’p ishlatiladigan gap turini ayting? Darak gaplar
63. Qanday gaplar ritorik so’roq gaplar deyiladi? Javob talab qilmaydigan,tasdiq mazmunidagi javobni o’zida yashirin gaplar.
64 .Ritorik so’roq gaplardan ko’proq qaysi nutq uslublarda foydalaniladi? So’zlashuv, badiiy,publitsistik uslublar
65. Rirorik so’roq gap qatnashgan qatorni toping. Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (Erkin A’zam)
66. Undalma nima? So’lovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildiradi.