Rasmni kuzating. Tabiat manzarasini tasvirlab bering.
Matn ustida ishlash Tabiatni asrang Atrofimizdagi hamma narsa: osmondagi quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, tekisliklarning hammasi tabiatdir. O‘simliklar, hayvonlar va odamlar – hammа shu tabiatda yashaydi. Shuning uchun hаr birimiz tabiatni zararli narsalardan asrashimiz, unga zarar keltirmasligimiz kerak. Кim tabiatgа zаrаr kеltirsа, yomon oqibatlarga olib keladi.
Lug’at ishi Tekislik- равнина zararli-вредный oqibat-результат
Mustahkamlash Mashqlar bajarish 2-mashq. Berilgan so‘zlarga -alla yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shib, gumon olmoshlarini hosil qiling.
Kim, nima, qanday, qancha, qaysi, qachon, qayer.
Savol-javob o’tkazish Bunday vaziyatlarda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
1. Siz koridorda o‘tib ketyapsiz, hech kim yo‘q xonada chiroq yonib turibdi. Siz qanday yo‘l tutasiz?
A. E’tibor bermaysiz. B. Chiroqni o‘chirasiz. D. Shu sinf o‘quvchilarini ogohlantirasiz.
2. Uyingizda chiqindilar ko‘payib kеtdi, uni olib kеtuvchi mashinadan esa darak yo‘q. Siz nima qilasiz?
A. Tеgishli joyga arz qilasiz. B. Chiqindilarni qopga solib, chеtroqqa olib borib tashlaysiz
D. Chiqindilarni qopga solib, chiqindixonaga olib borib tashlaysiz.
Uygа vаzifа. Tabiatni asrash uchun nima qilish kerak? Matn tuzish
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.