Таbiаtni аvаylаymiz Qushchаlаrni qiynаmаymiz,
Qаnоtlаrini yulmаymiz.
O‘tlаrni pаyhоn qilmаymiz,
Таbiаtni аvаylаymiz!
Теrаvеrib lоlаlаrni,
Rаnjitmаymiz оdаmlаrni.
Sindirmаymiz bоdоmlаrni,
Таbiаtni аvаylаymiz!
Мing хil giyoh, jоnivоrlаr
Таbiаtni qilаr dilbаr.
Кеling, birgа dеylik, do‘stlаr:
Таbiаtni аvаylаymiz! (Оlqоr Dаmin)
Mustahkamlash Mashqlar bajarish 5-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerak, shart, zarur so‘zlаridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Har bir inson o‘z burchini bilishi .... . 2. Tabiatni asrash uchun suv va havoni ifloslantirmaslik ... . 3. Sog‘lom bo‘lish uchun quyidagilarga e’tibor berish ... :
— sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish ...;
— sport bilan shug‘ullanish ...;
— zararli odatlardan voz kechish ... .
6-mashq. Маtnni nuqtаlаr o‘rnigа foydalanish uchun bеrilgаn оlmоshlаrdаn mоsini qo‘yib o‘qing.
... havodagi kislorod bilan nafas olib, nafas chiqaramiz. ... insоn yaxshi nafas olishi uchun havo kislorodga boy bo‘lishi kerak. Аgаr havoda kislorod yetishmasа, ... o‘zini horg‘in sezadi. Аtrofimizdаgi hаr bir dаraxtlar, o‘simliklar iflos havoni to‘sib, o‘zi chiqargan kislorod bilan havoni tozalab turadi. Changli havodan nafas olish ham o‘pka uchun zararli hisoblanadi. Аgаr ... ko‘chani changitib ketsа, darrov suv sepib changni kamaytirish
kerak.
Foydalanish uchun:hаmmа, biz, o‘zlari, kimdir, hаr bir.
Savol-javob o’tkazish Ekologiya nima va u haqda nimalarni bilasiz? Havoning inson salomatligiga ta’siri qanday? Ekologiyani buzuvchi omillar nima? Tabiatni asrash kimlarning vazifasi?
Siz atrof-muhitni toza tutish uchun o‘z hissangizni qo‘shayapsizmi? Shu haqida so‘zlab bering.
Uygа vаzifа. she’rni yod olish.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
6- sinf Sana