Mashqlar bajarish Har guruh 1ta shartni bajaradi
7-mаshq. Berilgan sonlarni savollarga mos holda namunadagidek 2 guruhga bo‘lib ko‘chiring.
Necha? Nechta?
ikki ikkita
o‘n o‘nta
Yigirma uch, ming, o‘nta, beshta, to‘rt, to‘qqizta, bir yuz besh, o‘n besh, qirqta, yigirmata, o‘ttiz ikki, oltmish uch, qirq to‘rt, yetmish besh, ellik olti, to‘qson bitta, uch yuzta, to‘rtta, uchta, yigirma yettita, o‘n, bir ming besh yuzta, bir ming to‘qqiz
yuz to‘qson bir, ikki ming to‘qqiz, besh yuz, mingta.
Qish boboning hazili
Bir kun tongda qarasam,
O‘rik, olma va olcham,
Hatto jajji niholcham
Oppoq gulga kiribdi.
Chopib chiqdim bog‘imga
Rang-barang gul teray deb.
Va tergan gullarimni
Do‘stlarimga beray deb.
Gul deb o‘ylaganlarim
Bilsam, oppoq qor ekan.
Qish boboning shunchalik
Hazillari ko‘p ekan. (S. Jabbor)
.Uygа vаzifа. She’rni yod olish
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
6-sinf Sana
Mavzu Nazorat ishi Matn yaratish Har faslning o’z gashti bor
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini tekshirish.Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy:O’quvchilarda Vatanga muxabbat, tabiatni asrash kabi xislatlarni tarbiyalash , har bir faslning o’ziga yarasha gashti ,foydasi borligini bolalar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: suhbat
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2Mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish-5daq
3.Reja tuzish-5daq
4.Matn yaratish-30 daq
5.Mavzu yakuni.-3-daq
Dostları ilə paylaş: |