6-sinf Sana


Grammatik mavzuni tushuntirish



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə46/85
tarix24.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#121314
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
6-sinf

Grammatik mavzuni tushuntirish
kasr sonlar maxsus so‘zlar bilan ifodalanishi ham mumkin: yarim (1/2), chorak (1/4), nimchorak (1/8) kabi. Butun son bilan kasr son aralash holda ham
ishlatiladi: 3,5 - uch yarim kabi.
Matn ustida ishlash
Boburning maktubi
Salom, оtаjon, mehribon onаjon! Xat yozolmaganimga ham ancha bo‘ldi. Uzr. Harbiy mashqqa jo‘nab ketgan edik. Bilasizmi, men o‘z jangovar kasbimdan faxrlanaman. Raketalar, tovushdan ham tezuchar samolyotlar, murakkab aloqa
apparatlarini biz, askarlar boshqaramiz. Bizning xizmatimizda bilim va jismoniy bardamlik juda zarur. Xullas, harbiy xizmatni yaxshi o‘tash uchun bolalikdan mashq qilish kerak ekan. Bo‘linmamizda har bir askar qo‘shimcha kasb egallash
uchun harakat qiladi. Hozirgi harbiy texnika juda murakkab. Agar bir radist yoki operator safdan chiqsa, butun vazifa bajarilmay qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz bir-birimizning o‘rnimizni bosa olishimiz kerak. Xayr, оtаjоn! Navbatchilikka ketyapman. О‘g‘lingiz, serjant Bobur Nodirxonov.


Mustahkamlash Mashq bajarish
6-mashq. juftlab berilgan sonlardan avval kasr sonlar hosil qiling, so‘ngra ularni so‘z bilan ifodalang.
2 va 4; 1 va 4; 1 va 8; 100 va 25;
7-mashq. Sonlarni so‘zlar bilan o‘zgartirib ko‘chiring
1.Turon elining milliy qahramoni To‘maris haqida 530-yilda yunon tarixchisi Geradotning “Tarix” asarida ma’lumot berilgan. 2. Zarafshon daryosi O‘zbekiston hududida 480 kilometr masofada vodiydan tekislik bo‘ylab oqadi. 3. Yupiter — Quyosh sistemasining eng katta sayyorasi bo‘lib, uning diametri 142000 kilometrdan ortiq. 4. kenguru orqa oyoqlariga tayangan holda 12 metr uzunlikka va 3 metrgacha balandlikka sakrab, juda tez yuguradi.
.
Uygа vаzifа. Маktub nаmunаsidаn fоydаlаnib, yaqinlаringiz yoki do‘stingizgа xat yozing.


Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________ Abdullayeva N.K.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin