C) SO‘NGI PALEOLIT – (miloddan 40-12 ming yil avval) - kramaniyon odami yashay boshladi
- buyuk muzlash davri davom etgan
- manzilgohlari – Samarqanddan,Toshkent viloyati Ohangaron daryosining Ko‘lbuloq manzilgohidan va shungingdek Farg‘onadan ham topilgan.
- odamlar urug‘ jamolariga o‘ta boshladilar (urug‘ga oqsoqol rahbarlik qilgan)
- suniy olov kashf qilingan
- hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlash boshlandi
- turur joylarning qurilishi bu davr odamlarining eng muhim ixtirosi bo‘ldi.
MEZOLIT davri(miloddan 12- 7 ming yil avval) - mezolit davri boshlanishi bilan muzlik davri nihoyasiga etgan.
- o‘q-yoy kashf qilingan
- hayvonlar qo‘lga o‘rgatila boshlangan
- mezolit davri oxirida Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilik (dehqonchilik) va chorvachilik vujudga keldi
- muzlikning chekinishi odamlarni nafaqat Osiyoga balki shimoiy Yevropaga ham ko‘chishiga sabab bo‘ldi.
- muzlik tugagach odamlar tezlik bilan erning ko‘plab joylarini egallashga kirishib ketdilar, shu sabab bugunda mezolit davri manzilgohlari yuzdan ziyod. Ulardan eng mashhurlari Obishir,Qo‘shilish,Machay va Zarautsoy.
- mezolit davri oxirida insoniyat mayda tosh qurollar Mikrolitlarni ixtiro qildi NEOLIT davri(miloddan 6-4 ming yil avval) - o‘z nomidan yagni davr.Bu davrda tarixda “neolit inqilobi” nomini olgan voqea sodir bo‘ldi.Xo‘sh bu qanday inqilob?
Neolit inqilobi – bu, odamlarning o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga o‘tishidir.
Ya’ni,odamlar avvallari faqat tabiatda bor nematlarni ola bilgan, bu tarixiy manbalarda ovchilik va termachilik deb ataladi.Inson faqat tabiatdan o‘zlashtirgani bois bu jarayon o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.Endi bo‘lsa odamlar o‘zlari dehqonchilik qilganlar va o‘zlari chorva mollarini etishtirganlar shu bois bu xo‘jalik ishlab chiqaruvchi xo‘jalik deb nomlanadi.
- neolit davri boshlanishini olimlar sopol idishlar yasalishi bilan belgilaydilar.
- mezolit va neolit davrlaridan odamlar mikrolitlardan (mayda tosh qurollardan) foydalana boshladilar. - o‘troq turmush davriga o‘tish boshlangan
- o‘troqlashish doimiy turar joylarni qurilishiga olib keldi
- doimiy turar joylar paxsadan barpo etila boshlangan
- bu davrda kulolchilik va to‘quvchilik ixtiro qilingan