6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish



Yüklə 87,45 Kb.
səhifə2/10
tarix29.04.2022
ölçüsü87,45 Kb.
#56698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 sinf tarix darslarida loyiha met

PEDAGOGIK ANNOTATSIYA

Mavzuning nomi: “Qadimgi Misr madaniyati”

Ishtirokchilar:Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari.

O’qitishning maqsadi: Qadimgi Misr madaniyati haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish

Rejalashtirilayotgan o’quv natijalari: O’quvchilarning chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo’lishi kadrlar bo’lib etishish

Loyihalashtirish faoliyati bo’yicha quyidagi amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladi:

-muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash;

-vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish;

- o’z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish;

- natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko’rinishda taqdim etish.

Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo’lgan tayanch bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:

Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: Qadimgi Misr madaniyati, Misrning madaniy rivojlanishi haqida, ilmiy bilimlar rivoji, me'morchilik, xattotlik san'atlari haqida tayanch bilimlarga ega bo’ladilar.

Quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: Qadimgi davrda Misrdagi madaniyati, uning rivoji, xususan, ilmiy bilimlar rivoji, me'morchilik, xattotlik san'ati haqidagi ma’lumotlarni aniqlash, tahlil qilish, manbalar bilan ishlash, ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va taqdim etish, qadimgi Misr hayotini tasvirlovchi badiiy film tayyorlash, qadimgi Misr madaniy hayotini tasvirlovchi rasm tasvirlar chizish, dialog tayyorlash, izohli lug’at, buklet, maket tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’ladi.



Turlanish belgilari bo’yicha loyihaga tavsif:

turi ilmiy-tadqiqotga asoslangan;

predmet va mazmun jihatdan ko’lami: bir fan bo’yicha foydalaniluvchi monoloyiha;

talabalar o’quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri: bevosita;

ishtirokchilar soni: guruh talabalari 2-3 ta ishchi guruhga bo’linib, har bir ishchi guruhda 8 tagacha ishtirokchi bo’lishi mumkin (talabalar ko’proq bo’lsa, loyiha yo’nalishlarini ko’paytirish mumkin);

bajarish muddati: uzoq muddatli – 1 oy.

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi.Laboratoriya mashg’ulotini bajarish jarayonida talabalar kichik guruhlarga bo’linib, mavzu yuzasidan loyiha mavzularini tanlaydilar, reja tuzadilar. Rejaga ko’ra har bir ishtirokchining aniq vazifasi belgilanadi va loyiha mahsuli oy oxirida, talabalar va pedagog o’rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi: ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 5); hisobot (maks. ball – 5); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks. ball – 10).



Loyiha asosida o’qitish bosqichlari.

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg’ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg’ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida o’qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

O’qitish modeliga qisqacha tavsifnoma.

Loyiha asosida o’qitish jarayonida quyidagilar qo’llaniladi:


  • Matn va axborot manbalari bilan ishlash

  • Qadimgi Misr madaniy hayotini tasvirlovchi rasm tasvirlar chizish

  • Dialog tayyorlash

  • Izohli lug’at tayyorlash

  • Buklet tayyorlash

  • Maket tayyorlash

  • Hisobot tayyorlash

  • Taqdimot;

o’qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy;

Laboratoriya ishini amalga oshirish vositalari va jihozlari:

loyiha topshirig’i, uslubiy ko’rsatmalar, kompyuter, videoproektor, videokamera, fotoapparat, doska, flomaster, skotch, rangli va oddiy qog’oz, rangli bo’yoq va qalamlar




Yüklə 87,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin