6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish



Yüklə 87,45 Kb.
səhifə3/10
tarix29.04.2022
ölçüsü87,45 Kb.
#56698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 sinf tarix darslarida loyiha met

O’QUV LOYIHA

QADIMGI MISR MADANIYATI”



  1. LOYIHA TOPSHIRIG’I

Kirish. Qadimgi misrliklarning yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri hisoblanadi. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan. Yozuvlardan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Qadimgi yunonlar ularni iyerogliflar deyishgan.Yozuvlar maqbaraning devorlariga va xudolar haykallariga o’yib yozilgan. Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanishgan. Misr yozuvlarini 1822 yili fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon Rozetta bitik toshidan o’qishga muvaffaq bo’lgan. Misrliklar nazariy bilimlarining dunyoga kelishi va rivoj topishi ularning kundalik hayoti bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda yig’ishtirib olishni biishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq belgilagan va birinchi taqvimni tuzishgan. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan.Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo’ljal olishgan,yo’lni belgilashgan. Shuningdek, misrliklar Qadimgi va O’rta podsholiklar davrida fir’avnlarga atab piramidalar bunyod etishgan. Eng mashhur piramidalar Memfis shahrida uch fir’avn –Xufu, Xafra, Menkaura uchun bunyod etishgan. Piramidalar har biri ikki tonnadan og’irroq bo’lgan 2,5 million dona tosh bo’laklaridan tashkil topgan. Toshlar shunchalik tekis qilib kesilgan va taroshlanganki, ular o’rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan oshmaydi. Qadimgi Misrda madaniy hayot juda tez rivoj topgan va boshqa xalqlar madaniy hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Umumta’lim maktablarining tarix darslarida ushbu ma’lumotlarni o’qituvchi tomonidan ma’ruza yoki hikoya tarzida berib o’tilishi o’quvchilarda to’liq tasavvur hosil qilmaydi va yetarli darajada ko’nikma va malakaga ega bo’lishmaydilar.

Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi, muammo: 6-sinf o’quvchilari Qadimgi Misr madaniyati mavzusini turli manba va adabiyotlar asosida o’rganib tasavvur hosil qilgach, qadimgi Misr madaniy hayotini tasvirlovchi rasm tasvirlar chizish, me'morchilik, dialog, izohli lug’at, buklet kabi ko’rgazmali vositalarni o’zlari tayyorlab, tarixiy davr haqida batafsil ko’nikma va malakaga ega bo’lish



Loyiha maqsadi: Mavzuni loyiha metodi asosida yoritib, yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish

Yakuniy natija: “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusini yoritib beruvchi manbalar to’plami, qadimgi Misr madaniy hayotini tasvirlovchi rasm tasvirlar chizish, me'morchilik, dialog, izohli lug’at, buklet kabi ko’rgazmali vositalarni iborat ko’rgazmali axborotlar majmuasi.

Foydalanuvchilar: umumta’lim maktablari tarix fani o’qituvchilari, tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari va o’quvchilar

Loyiha doirasi:

  • bajarish muddati: 1 oy

  • ishtirokchilar soni: sakkizta

Loyiha tuzilishi va mazmuni

  • Kirish – ma’lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.

  • Loyiha mavzusini yoritib beruvchi, axborot.

  • Foydalanilgan manbalar ro’yxati.

Bo’lajak bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzuni guruh bilan ishlashga kelishib olinadi. Laboratoriya mashg’uloti guruh a’zolari ishtirokida Kirish suhbatini o’tkazish bilan boshlanadi. Kirish suhbati “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusida bo’lib, bu suhbat jarayonida mavzu orqali loyiha faoliyatiga cho’mishga hozirlaydi. Kirish suhbatida o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanchalik ma’lumotlarga egaligi, mavzuni qay tarzda qiziqarli o’rganish mumkinligini aniqlashtirib oladi. Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusi orqali qadimgi sivilizatsiyalarni (qadimgi Misr sivilizatsiyasi)paydo bo’lishi , rivojlanishining sabab va mohiyatini muammo tarzida qo’yadi. O’quvchilar bu muammoni o’rganish uchun loyiha rejalashtiradilar. Loyiha rejasini tub mazmuni mavzuni darslik mavzusiga qaraganda yanada yorqin, batafsil, qiziqarli va chuqur tarzda o’rganishni taqozo etadi. Muhokama jarayonida bo’lajak tarix o’qituvchisi o’quvchilarga “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusiga oid ushbu adabiyotlarni tavsiya etadi:

1. R. Rajabov.Qadimgi dunyo xrestomatiyasi.T.:Adib.2013

2. Jabborov I. Antik davr ma’naviyat xazinasi. T.: 1996

3. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. T.: 2002

4. Nemirovsiy N. Istoriya drevnogo mira. M.: 2001

5. Korovkin F.P. Qadimgi dunyo tarixi. T.:O’qituvchi, 1993

6. www. Yandex.ru “Misr madaniyati” , www. Google.ru “Misr madaniyati”

Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusini o’quvchilardagi qiziqishni yanada orttirish uchun adabiyotlardan parchalar keltiradi: Gerodot o’zining “Tarix” asari Qadimgi Misrdagi hayvonlarga sig’inish, mumiyolash bobida quyidagicha yozadi: 65. Shaharning har bir aholisi quyidagi tarzda muqaddas jonivorlar oldiga o’z iltifotini ko’rsatadi. Ma’lum bir jonivor bag’ishlangan xudoga ibodat qilib bo’lgandan so’ng,ular bolalari sochlarini to’la yoki yarmini, uchdan bir qismini oladi va keyin sochni kumushga o’lchaydi. Sochlar kumushning qancha og’irligidan tortsa, shunchasini xodimaga beradi, u buning evaziga jonivorlarga yemish uchun baliq kesadi. Bu jonivorlar uchun ovqatlanish shunday usulda. Agar kimdir bu jonivorlarni atay o’ldirsa, uni o’lim bilan jazolaydi.

66. Agar uyda mushuk o’lib qolsa,uyda barcha yashovchilar faqat qoshlarini qiradilar, agar it o’lsa, hammalari badanidagi tuklari va boshidagi sochlarini oladilar.

67. Mushuklar jasadini Bubastisga olib boradilar, yerda mumyolab muqaddas joyga dafn qiladilar. Itlarni esa har bir kishi shahardagi muqaddas sag’anaga dafn qiladilar.

Reja muhokamasi jarayonida “Qadimgi Misr madaniyati”ga oid quyidagi jihatlar ajratib olinadi:

-Qadimgi Misr sivilizatsiyasi erishgan yutuqlar va muhim kashfiyotlar

-Qadimgi Misr madaniyati kashfiyotlarini insoniyat rivojiga qo’shgan hissasi

Ushbu holatda o’quvchilar qadimgi Misrning uzoq o’tmishini turli sohalari bo’yicha tasavvur qilishga harakat qilib,o’sha davr shaharlari, aholisi, ularning kiyinishi, mehnat qurollari, buyumlari haqida madaniyat vakillarini o’zaro munosabatlari, o’y-fikrlari haqida tasavvurga ega bo’lishadi. Shu tariqa loyiha ustida asosiy ish – izlanish tadqiqot faoliyati boshlandi. Faoliyat boshidayoq o’quvchilar yangi ma’lumotlarni to’plash, uni tahlil qilish, tuzilmalarga bo’lish, rasmiylashtirish, asosiysi izlanishlar davomida o’z imkoniyatlarini anglay boshlaydilar. Ushbu kichik guruh o’zlariga sardor saylaydi.Har bir ishtirokchining ishi taqsimlanib,o’qituvchi va konsultant bilan maslahat uchun uchrashuv vaqti kelishib olinadi.




Yüklə 87,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin