6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish


FANLAR Geometriya Tibbiyot



Yüklə 87,45 Kb.
səhifə9/10
tarix29.04.2022
ölçüsü87,45 Kb.
#56698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 sinf tarix darslarida loyiha met

FANLAR
Geometriya Tibbiyot





Arxitektura Astronomiya

Javob berish tartibi:

Piramida guruhi: Qadimgi Misr dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiya o’choqlaridan biri hisoblanadi.Qadimgi Misrda mil.av. 4-ming yillikdayoq davlatni tashkil topishi bilan ilmiy bilimlar rivojiga ehtiyoj sezdi. Qadimgi Misrda geometriya fani jadal rivojlandi.Yer o’lchash, uni taqsimlash uchun qushish, ayirish, kasr, son, maxraj kabi amallarni ixtiro qilib keng qo’lladilar. Guruh a’zolari birgalikda qadimgi Misrdagi turli fan sohalarini yutuqlarini aks ettiruvchi tayyorlagan buklet namoyish qilishadi.Bukletda yulduzlar xaritasi (astronomiyaga oid) podsho tirsagi, sonlar, kasr, maxraj (matematikaga oid), misr tibbiyotida ishlatilgan jarrohlik asboblari va hokazo tasvirlarni namoyish qilingan.

Fir’avn guruhi: Qadimgi Misr ilmiy bilimlari nihoyat darajada puxta o’rganilgan Bu ilmiy bilimlar ustida maxsus mutaxassislar uzoq davrlar davomida ish olib borishgan.Bu ilmiy bilimlardan hozirga qadar ham keng foydalanilib kelinmoqda. Biz turli manbalarni o’rganib qadimgi Misr ilmiy bilimlariga oid izohli lug’at taqdim etmoqchimiz.

Sfinks guruhi: Qadimgi Misr o’zining ko’plab kashfiyotlari bilan dunyo ahlini lol etib kelmoqda. Ana shunday kashfiyotlardan biri qadimgi Misr yozuvi hisoblanadi.Qadimgi Misrda yozuvdan dastlab marosimlarni yozishda, duolar, qarg’ishlarni yozishda foydalanilgan. 750 ta iyeroglifni o’rganish uchun juda ko’p vaqt kerak bo’lgan. Qadimgi Misr xattotlari tomonidan ko’chirib yozilgan manbalar tufayligina biz bugungi kunda boy sivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo’lmoqdamiz. O’quvchilar qadimgi Misr yozuvi namunalarini Ax2 formatidagi qog’ozlarda aks ettirilgan ko’rgazmali vositalarni (tulqinsimon chiziq-suv, doiraning o’rtasida nuqta-quyosh) namoyish qilishadi.

O’qituvchi: Hurmatli aziz o’quvchilar! Endi qadimgi Misr aholisining turmush tarzi haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lishi uchun navbatni rasmlar va maketlar ko’rgazmasiga beramiz. Berilgan topshiriqqa ko’ra

  1. Guruhlar uylarida mavzuga oid rasmlarni bo’yamasdan chizib kelishgan. 3 minut davomida guruhlar rasmlarni mos ravishda bo’yashlari kerak.

  2. Guruhlar tayyorlab kelgan maketlarini izohlab berishlari kerak.

Piramida guruhi: Ishchi guruh a’zolari uyda o’zlari tayyorlab kelgan “Misr fir’avni ibodatxonada” va “Misr xudolari” mavzusidagi tasvirlarni mos ranglarda bo’yab bu rasmlarga sharh berishadi. Shuningdek, quyosh xudosi Raning Geliopoldagi ibodatxonasi maketini namoyish etishadi.

2) Fir’avn guruhi: Ishchi guruh a’zolari uyda o’zlari tayyorlab kelgan “Misrlik olimlar suhbati”, “Xudolarga bag’ishlangan bayramlarda Misr aholisi” mavzusidagi tasvirlarni mos ranglarda bo’yab bu rasmlarga sharh berishadi. Shuningdek, Joser piramidasi maketini namoyish etishadi.

3) Sfinks guruhi: Ishchi guruh a’zolari uyda o’zlari tayyorlab kelgan “Kleopatra- Misr malikasi”, “Misr piramidalari”mavzusidagi tasvirlarni mos ranglarda bo’yab bu rasmlarga sharh berishadi va Xeops piramidasi maketini namoyish etishadi.


Yüklə 87,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin