6-sinf tarixidan savol -javoblar



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə3/5
tarix21.05.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#118538
1   2   3   4   5
6-sinf-tarix-savolnomasi

QADIMGI YUNONISTON

  1. Qadimgi Yunoniston qayerda joylashgan?Bolqon yarim oroli va O’rtayer dengizi orollarida

  2. Yunonlar Yunoniston qanday nomlashgan?Ellada

  3. Yunonistonning qаncha qismi tog’liklardan iborat?Uchdan bir qismi

  4. Yunonistondagi eng baland tog’ni aniqlang?Eng baland tog’i Olimpdir

  5. Bargli o’rmonlar Yunonistonning qaysi tomonida joylashgan?Yunonistonning shimolida va Peloponnesda

  6. Yunonistonda mil. Avvalgi II ming yillikda vujudga kelgn shaxar davlatlarni aniqlang?Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos

  7. Krit orolida sivilizatsiya qachon vujudga kelgan?Mil. Avv. II ming yillikda

  8. Krit orolidagi sivilizatsiya qanday atalgan?Minoy sivilizatsiyasi

  9. Krit orolida zilzila qachon bo’lgan?Mil. Avv. II ming yillikda

  10. Yunoniston hududiga Mikena qabilalari qachon bostirib kirishgan?Mil. Avv. 1450 yilda

  11. Minoy sivilizatsiyasini kimlar barbod qilishgan?Mikena qabilasining muqim aholisi axeylar

  12. Oykumena nima?Odamlar yashaydigan hududlar

  13. Polis so’zining ma’nosi nima?Shahar

  14. Yunonlar armiyasini asosan kimlar tashkil etgan?goplitlar

  15. Goplitlar qanday jang qilishgan?Ular to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan jang qilishgan

  16. Falanga nima?Jangovar safga tizilish

  17. Attika viloyati qayerda joylashgan?O’rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida

  18. Akropol so’zining ma’nosi nima?Yuqori shahar

  19. Akropollar qachon va qayerda qurilgan?Mil. Avv. II ming yillikda Attikaning g’arbiy qismida

  20. Attika aholisi qanday qismlarga bo’lingan?Qullar, ajnabiylar (meteklar), va fuqarolar

  21. Meteklar kimlar?Ajnabiylar

  22. Kimlar Afina fuqarosi bo’la olar edilar?Otasi va onasi ozod afinalik bo’lgan erkaklargina

  23. Afinaning asosiy dengiz portini aniqlang?Pirey

  24. Pedagog so’zining ma’nosi nima?Bolani yo’lda kuzatib boruvchi

  25. Yunon bolalariga necha yoshdan yozuv va hisob o’rgatilgan?Yetti yoshdan

  26. Yunon bolalari yozuvni nimaga yozishgan?Metall tayoqcha-stil bilan mum surkalgan taxtachalarga

  27. Yunonistonda Puldorlarning bolalari qanday maktablarda o’qigan?Palestrlarda

  28. Palesterlarda nimalar o’qitilar edi? adabiyot o’qitilar, she’r yozish va musiqa o’rgatilar edi?

  29. Yunonistonda o’g’il bolalar necha yoshdan gimnastika bilan shug’ullanganlar?14 yoshdan

  30. Palestrlarda qaysi buyuk haykaltaroshlarning ishlagan haykallari o’rnatilgan?Mironning “Diskobol” va Polikletning “Nayzabardor”

  31. Yunonistonda oily o’quv yurtlarida kimlar o’qishgan? O’ta boy ota-onalar farzandlari

  32. Yunonistondagi oily o’quv yurtlarida qanday fanlar o’qitilgan? Astronomiya, geometirya, geografiya, tarix o’qitilar edi

  33. Yunonistondagi oily o’quv yurtlarida ta’lim olish necha yil bo’lgan? 3-4 yil davom etgan

  34. Doriy qabilalari Janubiy Yunoniston (Lakonika)ga qachon bostirib kirganlar? Mil. Avv. XII asrda

  35. Meseniya doriylarga qachon bo’ysungan? Mil. Avv. VIII asrda

  36. Spartada to’la to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar qanday nomlanadi? Periyeklar

  37. Qaysi davlatda hamma amal qilishi lozim bo’lgan qatiy intizom va aniq rejalashtirilgan turmush tarsi mavjud edi? Spartada

  38. Nima uchun ajnabiylar Spartaga oshiqishmagan? San’at asarlari, chiroyli ibodathonalar, savdo sotiq sust rivojlangan turar joylar ham yo’q edi

  39. Spartalik ayollarni ham .. . jismoni mashiqlarni qilishga majbur qilishgan

  40. Ellada qayer hisoblanadi? Yunoniston

  41. Buyuk Yunon koloniyalashtirish davrini aniqlang? Mil avv. VIII—VI asrlarda

  42. Buyk yunon koloniyalashtirilgan qora dengiz sohillarida joylashgan koloniyalarni aniqlang?Oviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fais, Trapezund

  43. Yunonistonning qayerlarida koloniyalar vujudga kelgan? Qora dengiz sohillarida O'rtayer dengizi sohillarida

  44. Yunonistonga mil. avv. VIII asrda qanday yozuv kirib keldi? Finikiya alifbosi

  45. Yunonistonda mil. avv. VIII asrda paydo bo’lgan yozuv necha harfdan iborat? 24harfda

  46. Mil avv VIII-VI asrlarda Yunonistondagi kichik-kichik quldorlik davlatlari nechta bo’lgan? Yuzta bo’lgan

  47. Yunonistondagi quldorlik davlatlari ichida eng kattasini aniqlang? Afin shahri

  48. Agora nima? Afina shahridagi markaziy maydon

  49. Afin shаhar aholisining ko’pchiligini kimlar tashkil etgan? Hunarmandlar va savdogarlar

  50. Afinada xalq yeg’ini har oyda necha martta chaqirilar edi? Har oyda to’rt martta

  51. Demokratya so’zining ma’nosi nima? Xalq hokimiyati

  52. Drakon qonuni qachon va qayerda ishlab chiqarilgan? Mil avv 621- yilda Afinada

  53. Drakon qonunlarida agar bir kishi birovning bog’idan olma o’g’irlasa unga qanday jazo belgillangan? Qatl etilishi shart bo’lgan

  54. Frada asrlikka olinib qatl etilganidan bir asr oldin bo’lib o’tgan voqeani aniqlang? Drakon qonunlar amalgam kiradi

  55. Solon qachon davlatni boshqaruv tizimini o’rnatdi? Mil avv 594-yilda

  56. Xalq majlisiga necha yoshdan ishtirok etiladi? Yigirma yoshdan

  57. Beshyuzlar kengashiga saylovlar qanchada o’tkazilib turilgan? Har yili

  58. Beshyuzlar kengashiga kim boshchilik qilgan? Strateg

  59. Xalq sudi faoliyatiga necha yoshdan aralashish mumkin edi 70 yoshdan

  60. Periklning strateglik davrini aniqlang? Mil avv 443—429 yillarda

  61. Periklning do’stlarini aniqlang?Tarixchi Geradot, haykaltarosh Fidiy

  62. Perikl qanday lavozim egalariga maosh to’lashni joriy qilgan? Xalq majlisidagi lavozimlarga

  63. Perikl qayerdan qayergacha mudofaa devoir qurishni buyruq bergan? Afinadan to Pirey dengizi portigacha

  64. Hech mahal xalqni o’ziga kerakli qaror qabul qilishga majbur qilmagan, balki ishontirish kuchiga tayanib ish yurutgan hukmdorni aniqlang? Perikl

  65. Perikl qanday kasalikka chalinib vafot etadi? Vaboga chalinib

  66. Yunon – fors urushi qaysi yillari davom etgan? mil avv 490-yilda boshlanib 449-yilga qadar davom etdi

  67. Eron elchilari qayerda va qanday jazolangan? Afinada jarga Spartada esa quduqqa tashlab yuborganlar

  68. Fors shoxlari kichik Osiyodagi Yunon shaxar davlatlarini qachon bosib olganlar ? Mil avv VI asr oxirida

  69. Marafon jangida yunonlar qo’mondoni kim edi? Miltiad

  70. Marafon jangi qachon va kimlar o’rtasida bo’lib o’tgan? Mil avv 490-yilda yunonlar va forslar o’rtasida

  71. Fermopol ostonasidagi jang qachon bo’lgan? 480-yilda

  72. Yunonlar Eronliklarga qayerda pistirma qo’yishga qaror qildilar? Tog’lardagi Fermopil darasiga

  73. Kimning maslahati bilan yunonlar 100ta harbiy kema qurishgan? Femistoklning

  74. Yunon harbiy kemalari soatiga necha kilometr yurgan? 18 km

  75. Salamin jangi qachon bo’lgan? Mil avv 480-yilda

  76. Yunonlar mil avv 479-yilda qayerda fors qo’shinlarini tor mor etishgan? Plateya shahri yaqinida

  77. Filip II qo’shinlari qanday qismlardan tashkil topgan? suvoriy va piyodalrdan

  78. Falanga nima? Piyoda qo’shinlarning 16 qator saflanishi

  79. Ellada shaharlarini kezib, ulardagi aholini makedoniyaga qarshi kurashishga davit etgan shaxsni aniqlang? Demosfen

  80. Qaysi shaxar makedoniyaga qarshi kurashda Afina ittifoqiga qo’shilgan? Fiva shaxri

  81. Xeroneya shaxri yaqinidagi Beotiyada jang qachon bo’lgan? Mil avv 338-yil avgustda

  82. Filip II o’zini qanday atamaydi? Yunonlar podishosi

  83. “Halok bo’lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi va erki ham dafn etildi” Ushbu jumlalar qaysi jang haqida aytilgan? Yunon makedon urushlari

  84. Korinf kongresi qachon bo’lgan? Mil avv 337-yilda

  85. Korinf kongresiga qaysi davlat qatnashmagan? Sparta

  86. Korinf kongersida qanday qarorlar qabul qilingan? Tinch-totuv yashash, o’zaro urish olib bormaslik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik

  87. Yunonlar bolalariga yoshligidan nimalar uqtirilgan? jamoat ishlari shaxsiy ishlardan ustuvorligi uqtirilgan

  88. Yunonlarda harbiy ta’lim necha yil davom etgan? ikki yil

  89. Harbiy ta’limning birinchi yilida nimalar o’rgatilgan? Safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishgan

  90. Harbiy ta’limning ikkinchi yilida nimalar o’rgatilgan? Ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy hizmatni o’tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rganishar edi

  91. Yunonistonda mamlakatni mudofaa qilish zaruriyati tug’ilsa necha yoshli erkaklar kelishi shart edi? 30 yoshga to’lmagan erkaklarning barchasi

  92. Birinchi olimpiya o’yinlari qachon o’tkazilgan? Mil avv 776-yilda

  93. Olimpiyada o’yinlari qancha vaqtda o’tkazilib turilar edi? to’rt yilda bir marta

  94. Yunonistonda Olipiyada kimning sharafiga o’tkazilar edi? Olimp xudosi Zevs

  95. Olmpiyada o’yinlarining asosсhisi kim? Gerakl

  96. Quyidagi olimpiyada o’yinlari orasida Beshkurash sporti asosini tashkil qiluvchi o’yinlarni aniqlang? Uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugirish va kurash

  97. Olimpiyadada kimlar ishtirok etar edilar? sha’niga dog’ tushmagan ozod yunon

  98. Olimpiyada o’yinida uch yil g’alaba qozonganga qanday sovg’a berilgan? Olmp tog’ida o’z haykalini o’rnatishga haqli edi

  99. Olimpiada o’yinlari sohiblariga qanday sovg’a berilgan? Muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan taqdirlangan

  100. Olimpiada o’yinlari qachondan o’tkazilmay qo’ydi? Mil avv 394-yildan

  101. Olimpiada o’yinlari qachon qayta tiklangan? 1896-yilda

  102. Yunonlar Troyaga qachon yurish qilishgan? Mil avv XII asrda

  103. Sohibjamol Yelena kim? Sparta podishosining rafiqasi

  104. Yunonlar troyani necha yil qamal qildilar? To’qqiz yil

  105. Troyaning qaysi shoxi Yelenani o’girlab ketadi? Troya podishosi Paris

  106. “Iliada” dostonida nima hikoya qilingan? Yunonlarning Troyaga qarshi urishining oxirgi o’n yili hikoya qilingan

  107. “Iliada” dostonining mualifi kim? Gomer

  108. “Iliada” dostonida yunonlar troyaliklarga nima sovg’a qilishgan? Yog’och ot

  109. Troyaga yog’och ot olib bormaslikni yunonlarga kim ishontirgan? Kohin Laokoon

  110. “Iliada” dostonining bosh qahramoni kim? Axilles

  111. “Iliada” dostonida Axillesning onasi qaysi daryoda cho’miltirgan? Stiks daryosiga

  112. Axillesning cho’miltirishi natijasida uning qayeri suvga tegmay qolgan? Tovoniga

  113. Gomer hikoyasini XIX asrning oxirida kim tadqiq etgan? Genrix Shlimann

  114. Troya qoldiqlari qachon va qayerdan topilgan? 1870-yilda Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalarida

  115. Yunonistonda qachon teatr vujudga kelgan? Bundan ikki yarim ming yil muqaddam

  116. “Teatr” so’zining ma’nosi nima? “Tomoshaxona”

  117. Afina teatriga qancha tomoshabin siqqan? 17 ming

  118. Teatrda kimlarning rol o’ynashiga ijozat berilmagan? Ayollarning

  119. “Sofokl” va “Evripid” tragediyalarining mualifi kim? Esxil

  120. Aristofanning mashxur komedialarini aniqlang? “Arilar”, “Qushlar”, “Baqalar”

  121. Yunonistonda qachondan boshlab ibodatxonalar qurila boshlagan? Mil avv VII asrda

  122. Yunonistonda qachondan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etila boshlagan? Mil avv VII asrda

  123. “Disk uloqtiruvchi” degan haykalni kim ishlagan? Mil avv VII asrda

  124. Fidiyning mashxur haykali qaysi? Zevs haykali

  125. Qaysi haykaltarosh Minos degan podsho uchun mashxur labirint saroyini Barpo etgan? Dedal

  126. Qaysi ibodatxona eng a’lo marmar toshlaridan qurilib, yorug’lik tushishiga qarab rangini o’zgartirib turgan? Parfenon

  127. Qaysi yunon faylasufi yer yuzidagi hamma narsa olovda kelib chiqqan deb uqtirgan? Mashhur yunon faylasufi Geraklit

  128. Gerakilitning mashxur hikmatlarini aniqlang? “Bir daryoga ikkinchi marta sho’ng’iy olmaysan”, “Hamma narsa oqadi, hech narsa bir joyda turmaydi”

  129. Demokirit qaysi shaxardan chiqqan? Frakiyadan

  130. Demokiritning fikriga kim qarshi chiqqan? Gerkilit

  131. Demokirit qanday fikrni ilgari surgan? bizni qurshab turgan hamma narsa atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni olg’a surgan

  132. Diogen qanday fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan? Insonda hech qanday ehtiyoj bo’lmasligi shart

  133. Diogen Aleksandrga qanday javob bergan? “Nariroq tursang-chi, quyoshni to’sib qo’yding!”

  134. Insonda hech qanday ehtiyoj bo’lmasligi shart degan fikrni o’z talimotiga asos qilib olgan faylasuf- …. Diogen

  135. Mashhur yunon faylasuflarini aniqlang? Geraklit, Demokrit, Diogen

  136. Geradot qaysi asari bilan tanilgan? “Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix”

  137. Qaysi tarixchi yoshligidayoq “ tarix otasi” degan nom olgan? Geradot

  138. “Menga tayanch nuqtasini topib bering yerni ostun ustunqilib tashlayman” degan ibora kim tomonidan aytilgan? Arximed

  139. Arximed qanday halok bo’lgan? Nayza sanchilib o’lgan

  140. Richag qonunini ishlab chiqqan mashhur yunon faylasufi? Arximed

  141. Yunonistonda qaysi faylasuf shaharning aqlli kishisi deb e’lon qilingan? Suqrot

  142. Suqrotning g’oyalari bizga qanday yetib kelgan? yunon faylasufi Platon orqali

  143. Dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligini, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakligini isbotlagan yunon faylasufini aniqlang? Suqrot

  144. Platon qaysi davlat to’g’risida ta’limot yaratgan? Atlantida

  145. “Xudo bizning o’zimizdadir” ushbu hikmat mualifi kim? Suqrot

  146. Suqrot qanday nuqsonlarni tanqid qilgan? ochko’zlik va molparastlik

  147. Titarlar kimlar? xudolardan tug’ilgan har hil pahlavonlar

  148. Sirenalar nima? Yarimi qush yarimi ayollar

  149. Kentavrlar nima? Yarimi ot yarimi odam

  150. Sikloplar nima? Peshonasida bitta ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudod

  151. Asotir so’zining ma’nosi nima? Mif

  152. Yunon asotirlarida avval kimlar bunyod etilgan? Yer va osmon – Geya va Uran

  153. Qadimgi Yunonlarning olamga hukmronlik qilgan uch hudosini aniqlang? Zevs, Poseydon, Aid

  154. Geya va Uranlar kimlarni dunyoga keltirgan? Olamni boshqaruvchi titanlarni dunyoga keltirganlar

  155. Geya va Uranlarni kimlar taxtdan tushirgan? Olimp tog’idagi hudolar

  156. Asotirlarda aytilishicha, yerning hamma tomoni dengizlar bilan o’ralgan edi uning hukmdori kim bo’lgan? Okean degan titan

  157. Asotirlarda aytilishicha osmon gumbazi kimga suyanib turgan? Atlas degan titanga

  158. Yunonlarda qaysi Xudo osmonda hukmronlik qilgan? Zevs

  159. Poseydon qayerda hukmronlik qilgan? Dengizda

  160. Aid qanday xudo? Marxumlar saltanatida

  161. Yunonlar etiqodicha Xudolar qayerda yashagan? O’rmonlar, tog’lar va daryolarda

  162. Afina qanday xudo? Zevsning qizi jangovar ayol donishmandlik ilohasi

  163. Zevsning o’g’li, yorug’lik, musiqachi va sh’riyat hudosi kim? Apollon

  164. Gelios qanday hudo? Quyosh hudosi

  165. Dehqonchilik hudosini aniqlang? Demetra

  166. Femida qanday hudo? adliya ilohi

  167. Temirchilik va hunarmandchilik hudosi kim? Gefest

  168. Afrotida qanday hudo? muhabbat va go’zallik ilohasi

  169. Urish hudosi kim? Ares

  170. Uzumchilik va sharob hudosi kim? Diones

  171. Germes qanday hudo? savdo hudosi

  172. G’alaba hudosi kim? Nika

  173. Xronos qanday hudo? Zamon hudosi

  174. O’rmonlar va ovchilik hudosi kim? Artemida

  175. Sevgi hudosi kim? Eros

  176. Go’zallik va quvonch hudosi kim? Gratsiya

  177. Quyidagilardan go’zallik hudolarini aniqlang? Gratsiya, Afrotida

  178. Eos qanday hudo? Tongi shafaq ilohasi


Yüklə 369,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin