MILLODDAN AVVALGI VI—MILLODIY IV ASRLARDA O’RTA OSIYO Qaysi sulola birinchi bo’lib dunyo xalqlarini bo’ysun dirmoqchi bo’ladilar? Ahmoniylar
Kir II davrida Eron qayerlarni bosib olgan? Midiya, Lidiya (Kichik Osiyo), Bobil (Mesopotomiya)
Mil. avv. 545-540 yillarda Kir II qayerlarni bosib olgan? Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani
Massagetlar yurtining Kir II tomonidan bosib olishini qaysi tarixchi yozib qoldirgan? Geradot
Kir II hujum qilganda masagetlar malikasi kim bo’lgan? To’maris
Mil. Avvalgi 530-yilda…. Kir II massagetlar ustiga yurish qildi
“..bu jang barcha janglardan ham daxshatlirog’i edi” shu jumla qaysi jang haqida va kimaytgan? Kir II va massagetlar o’rtasidagi urish haqida Geradot aytgan
Doro I qaysi yillari hukronlik qilgan? Mil avv 522-486 yillarda
Frada qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lgan? Mil avv 522-yilda Marg’iyonada
Frada qachon qatl qilingan? Mil avv 521-yilda
Skunha kim? Saklar sardori
Shiroq kim?
Doro Ining saka- tigrahaudalar ustiga yurishi haqida kim ma’lumot bergan? Poliyen
Doro I saka-tigrahaudalar ustiga qachon yurish qilgan? Mil avv 519-yilda
Doro I saklar ustiga hukmronligining nechanchi yilda yurish qilgan edi? Uchinchi yili
Satraplar nima? Viloyatlar
Viloyat boshlig’i nima deb atalgan? Satrap
Kserksning hukmronlik qilgan yillarini aniqlang? Mil avv 486-465 yillar
Marafon jangi qachon bo’lgan? Mil avv 490-yilda
Marafon jangida saklar nimalar bilan qurollanganlar? Xanjar va oybolta
Marafon jangida baqtriyaliklar nimalar bilan qurollanganlar? kamon va nayzalar
Marafon jangida Xorazmliklar va So’g’diylar nimalar bilan qurollanganlar? kamon va nayzalar
Marafon jangidagi forslar tarkibi haqida bizga kim ma’lumot qoldirgan? Geradot
Saklarning harbiy jasorati qaysi jangda yuqori baholangan? Marafon
Marafon jangida forslar qo’shining markaziy qismida qaysi qabila bo’lgan? Saklar
“Forslar” trgediyasining mualifi kim? Esxil
O’rta Osiyoda Ahmoniylar hukmronligi qancha vaqt davom etgan? 200 yil
Saklar va massagetlar qachonda o’zlarini Ahmoniylar fuqarolari deb hisoblamay qo’ydilar? Mil avv IV asrda
Oltin bilaguzik qaysi hazinadan topilgan? Amudaryo hazinasidan
Amudaryo hazinasi hozir qayerda saqlanmoqda? Lodonning Britaniya muzeyida
Xeroneya yaqinidagi jang qachon va kimlar o’rtasida bo’lgan? Qanday natija bilan tugadi? Mil avv 338-yili
Filip II qanday vaziyatda o’ldirilgan? Mil avv 336-yilda teatrga borgan
Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa yurishini qachon boshlagan? Mil avv 334-yilda
Aleksandr Ulkan hududda yunon madaniyatini tarqalishiga imkon yaratish maqsadida …. bosib olgan shaharlariga yunonlarni joylashtirgan
Aristobul nima haqida ma’lumot beradi? A.Makedonskiy yurishlari haqida
Aqinak nima? Xanjar
Sagaris nima? jangovar oybolta
Barg’ustuvon nima? Otlar ustiga va ko’kragiga yopiladiga temirdan to’qilgan sovut
Qadimgi O’rta Osiyoda dushmanlarga yurishni kimlar boshlab berganlar? Suvoriylar
Aleksandr Eron qo’shinlarini qachon tor mor ettirgan? Mil avv 330-yilda
O’sha davr O’rta Osiyo shaharlari mudofaa devorlari qanday bo’lgan? Qalin va handaq bilan
Aleksandr O’rta Osiyoda birinchi bo’lib qayerni bosib olgan? Baqtrani
Baqtra shahrini yunonlar nima deb ataganlar? Zariasp
“Amudaryoni… KirII va DoroI kechib o’tgan ikkalasiham mag’lubiyatga uchradi”- ushbu jumla mualifi kim? Yunon faylasufi Aristotel
A.Makedoniskiy O’rta Osiyoga qachon bostirib kirgan? Mil avv 329-yilda
Kurushkat shahriga kim asos solgan? Fors shohi Kir II
Makedoniskiy Maroqandni qachon egallaydi? Mil avv 329-yilda
Nautaka qaysi hudud hisoblanadi? Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi
A.Makedoniskiy So’g’diyonada qancha aholini qirg’in qilgan? 120 ming aholini
A.Makedoniskiy Aleksandra Esxata shahrini nima uchun qurdirgan? Tayanch qal’a
Aleksandrga qarshi kurash olib borgan Spitamen qayerda makedonlarga qarshi pistirma qo’ygan edi? Qadimgi “Politemet” deb ham atalgan Zarafshon daryisi bo’yiga
Makedoniskiy va Spitamen o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan? Mil avv 328-yilda
Spitame kim tomonidan o’ldirilgan? Ko’chmanchi qabilalar boshliqlari
Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida mahali zodagonlari Xorien va Oksiyartning qal’alari qayerda joylashgan edi? Hisor tog’larida
Makedoniskiy kimning qiziga uylangan? Oksiartning qizi Ravshanakka
A.Makedoniskiy qaysi O’rta Osiyo hududlarini bosib ololmagan? Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona
Qaysi yildan boshlab mhaliy aholi yunonlar uchun askarlikka olina boshlagan? Mil avv 324-yildan
Yunon—Makedoniyaliklarning armiyasi qaysi davrdan boshlab Baqtryalik va So’g’dlik yoshlar hisobiga to’ldirila boshladi? mil avv 324-yildan
A.Makedoniskiy qaysi hududlar hisobiga askarlari safi to’ldirilgan? Baqtriya va so’g’diyona
A.Makedonskiy O’rta Osiyoda nechta shahar qurdirgan? 12 ta
A.Makedonskiy.qachon vafot etgan? Mil avv 323-yilda 13-iyunda
А.Makedonskiy davlati qanday qismlarga bo’linib ketgan? Uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga
Salavka qaysi yili Bobil davlatining podishosi bo’lgan ? Mil avv 312- yili
Salavka qanday qilib taxtga o’tirgan edi? Uzoq davom etgan urushlardan keyin
Bobil davlati hududiga qaysi davlatlar kiradi? Mesopatamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya , So’g’diyona, Marg’iyona kiradi
Salavkiylar davlat tarixida mil avv 293-yili qanday voqea ro’y bergan? Sharqiy viloyatlar
Salavkiylar davlatining sharqiy hududlariga qaysi viloyatlar kirgan? Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona
Salavka qachon vafot etgan? Mil avv 280 yilda
Salavkiylar davlatidagi yirik shaharlar va madaniyat markazlarini belgilang? Baqtra, Maroqanda, Antiox Marg’iyonasi(Marv), Termiz
Ellinlashtirish nima? Sharqda yunon madaniyatini kirib kelishi
Baqtriya Salavkiylar davlatidan qachon ajiralib chiqdi? Milloddan avvalgi III asr o’rtalarida
Yunon-Baqtriya davlatining birinchi podshosi kim? Diodot
Diodot o’zini kim deb ataydi? Mingta Baqtriya shahri hukmdori deb
Parfiya Salavkiylardan qachon ajiralib chiqdi? Milloddan avvalgi 250-yilda
Yunon-Baqtriya davlati podsholaridan qaysi biri sezilarli iz qoldirmagan? Yevtidem
Demitriyning hukmronlik yillarini aniqlang ? Milloddan avvalgi 199-167- yillar
Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanishining sababi nima? Tinimsiz urushlar olib borishi
Parfiyada qaysi hukmdor hokimiyatni qo’lga olish bilan Baqtriyaga harbiy taziyqni kuchaytiradi? Mitridat I
Yunon-Baqtriya davlati qaysi qabila zarbasi ostida parchalanib kеtgan? Yuechji qabilalari zarbasidan
Yunon-Baqtriya davlati qachon parchalanib kеtgan? Milloddan avvalgi 140-130-yillar
Yunon-Baqtriya davlati nеcha yil yashagan? 120 yil
Yunon-Baqtriya davlati davrida qanday savdo yo’li qurildi? Dajla daryosi bo’yi – Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo’li qurildi
Yunon-Baqtriya tangalari qanday tasvir bilan zarb etilgan? Hukmdor tasviri
Xorazm Ahamoniylardan qachon ajralib chiqqan? Milloddan avvalgi IV asrda
Xorazmda mahalliy hukmdor qarorgohi qaysi manzilgohdan topilgan va qaysi davrga oid? Qal’aliqir Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid
Xorazmda o’ziga xos madaniyatning vujudga kеlishi sababi nima? Mil. avv. III-II asrlarda Xorazm Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigi tarkibiga kirmaganligi
Qaysi Xorazm yodgorligidan aylana shaklidagi ibodatxona topilgan? Qo’yqirilganqal’adan
Tuproqqal'a qachon qurilgan? Milodiy II-III asrlarda
Xorazmning qadimiy shaharlarini an-ng? Ko’zaliqir, Jonbosganqal’a, Qo’yqirilganqal’a va Tuproqqal'a
Tuproqqal'a saroyi zallaridan birida nеchta odamning chordana qurib o’tirgan haykalchalari topilgan? 20 ta
Xorazmda kumush va mis tangalar qachon zarb etilgan? Mil. avv. I asrda
O’rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunasi Xorazmning qaysi yodgorligidan topilgan? Oybo’yirganqal’a (Mil. avv. V-IV asrlar) va Qo’yqirilganqal’adan(Mil. avv.IV-III asrlar) topilgan
Xorazmda mahalliy taqvimdan qachongacha foydalanilgan? VIII asrgacha
Xorazmda mahalliy taqvim qachon ishlab chiqilgan? I asrda
Qang’ davlatiga kimlar va qachon asos solishgan? Mil. avv. III asrda saklar asos solishgan
Qang’ davlatining poytaxtini an-ng? Qang’dez
Qang’dez shahri hozirda qayerda joylashgan? Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Qang’ha shahar xarobasi o’rnida bo’lgan
Qang’dez shahrini Xitoyliklar qanday nom bilan ataganlar? Bityan deyishgan
Qang’ davlatining asosiy shaharlariqaysi daryo bo’ylarida joylashgan? Sirdaryo bo’ylarida
Qang’ davlati qachon qudratli davlatga aylandi? Mil. avv. II asrda
Qang’ davlatida iqtisodiyotning gullab-yashnashiga nima sababchi bo’lgan? Buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’i shu davlatdan o’tganligi
Qang’ davlati qachon parchalanib ketdi? Milodiy III asrda
Dovon davlati mavjud bo’lgan sanani aniqlang? Mil. avv. III asrdan to milodiy II asrgacha
Xitoy tarixchilari aytishlaricha Dovon davlati aholisi nechta shaharda yashashgan? 70 dan ortiq
“Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shaharlar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. O’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishga mohir” ushbu so’zlar kimga tegishli? Dovonda bo’lgan xitoy sayyohi Chjan Syanga tegishli
Boshqa Xitoy solnomasida Dovon davlati shaharlarini qaysi davlat shaharlariga o’xshashligi aytiladi? An’si (Eron) davlatidagi shaharlarga
Dovon davlatining poytaxtini an-ng? Ershi
Sho’rabashat ko’hna shahri xarobalari qayеrda joylashganligini aniqlang? Farg’onada
Farg’ona davlati qachon barham topgan? Milodiy II asrda
Yuеchji qabilalari O’rta Osiyoga qachon kеlganlar? Mil. avv.140-130-yillarda
Kudzula Kadfiz davrida qaysi hudud Kushon davlatiga qo’shib olingan? Afg’oniston va Kashmir
Kudzula Kadfizdan so’ng taxtga kim o’tiradi? Vima Kadfiz
Qaysi podsho davrida Kushon davlatining yerlari yanada kengayadi? Vima Kadfiz
Kushon davlatining ilk poytaxti qayеr bo’lgan? Baqtriya
Kushon davlatining poytaxtini Baqtriyadan Peshovarga ko’chirgan podshoni an-ng? Kanishka
Kushon davlatining hududini an-ng? Hindiston va Ho’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan hududlar
Kushon davlati qachon parchalanib kеtgan? Milodiy III asrda
Kushonlarning ilk tangalari qaysi hukmdor davrida zarb etilgan? Vima Kadfiz
Kanishkaning hukmronlik yillarini an-ng? Milodiy 78-123-yillar
Kushon podsholigining eng kuchaygan davri qaysi hukmdor davriga to’g’ri kеladi? Kanishka davriga
Kushon podsholigi iqtisodining asosini...- .sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etadi
Kushon podsholigi qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini o’rnatgan? Hindiston, Xitoy va Rim
Kushonlar davriga oid suyakdan yasalgan haykalchalar qaysi qadimgi shahar xarobalaridan topilgan? Pompey shahri harobalaridan
Kushonlar davrida hunarmandchilik yuksak taraqqiy etgan shaharlarni aniqlang? Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalar
Kushonlar davrida suvga bog’liq nima kashf etilgan? Suv tegirmoni
Oromiy yozuvi qayеrda paydo bo’lgan? G’arbiy Osiyoda
Oromiy yozuvi qanday shaklda bo’lgan? Alifbo shaklida
Kushon davlatidagi ikkinchi yozuv qanday shaklda bo’lgan? Kushon shaklli yozuvi bo’lib bunda harflar burchakli, to’rtburchakli va aylana shaklida bo’lgan
Kushon davlatida yozuvning qadimdan mavjudligini qanday bilib olamiz? Surxko’tal yodgorligidagi qadimgi bitiklardan bilsak bo’ladi
Surxko’tal yodgorligi qayerda joylashgan? Afg’onistondagi qunduz shahri yonida
Surxko’taldagi kushon yozuvi qaysi alifboda bo’lgan? Yunon alifbosida
Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo vohasida qanday yozuvlardan kеng foydalanilgan? Oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so’g’diy yozuvlaridan keng foydalanganlar
Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya va So’g’diyona aholisi qaysi dinga sig’inar edi? Zardushtiylik
Buddaviylik va otashparastlik O’rta Osiyoda qachongacha saqlanib qolgan? Milodiy VIII asrgacha
O’rta Osiyoning qaysi qadimgi shaharlarida mustahkam ibodatxonalari bo’lgan? Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada
Kushonlar davrida asosiy e'tibor nimaga qaratilgan? Saroylar va ibodatxonalar qurilishiga qaratilgan
Xolchayon qayеrda joylashgan? Surxon vohasida
Eski Tеrmizdagi qaysi yodgorliklardan buddaviy ibodatxona qoldiqlari topilgan? Qoratepa, Fayoztepa
Friz nima? Devor(bino) peshtoqidagi naqshli bo’rtma tasvirlar (odamlar yoki naqshlar)
Fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari qayеrdan topilgan? Dalvarzindan
Ud chalayotgan qizlar tasvirlangan friz qayеrdan topilgan? Ayritomdan
Buyuk Ipak yo’li atamasini fanga kim va qachon kiritgan? 1877-yilda nemis geografi F.Rixtogofen
«La'l yo’li» qachon amalda bo’lgan? Mil. avv. III-II ming yilliklarda
La'l yo’li qaysi hududlar orqali o’tgan? U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda
Eng qadimgi yo’llardan bo’lgan «La'l yo’li» qayеrdan boshlangan edi – Pomir tog’laridan.
Lojuvard so’zining ma’nosini an-ng? Pomirdan olinadigan yarim nodir la’l toshi
Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar qayerlardan topilgan? Misr firavnlari maqbaralaridan
Shoh yo’li qachon amalda bo’lgan? Mil. avv. VI-IV asrlarda
Shoh yo’li qayеrlarni bir-biri bilan bog’lagan? Kichik Osiyo shaharlarini, O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri Suza bilan bog’lagan
Tog’li Oltoydagi Paziriq qo’rg’oni qaysi davrga oid? Mil. avv. V-VI asrlarga
Tog’li Oltoydagi Paziriq qo’rg’onidan nimalar topilgan? Kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar
Paziriqdagi matolar nеcha yil davomida muzlik ostida qolgan? 2500 yil
Buyuk Ipak yo’lining umumiy uzunligi qancha? 12 kilometr
Buyuk Ipak yo’lining Xitoydan O’rta Osiyoga qaysi hudud orqali o’tgan? Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rtayer dengizi sohillarigacha kirib brogan
Buyuk Ipak yo’lida qanday shaharlar bo’lgan? Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro,Termiz, Marv hk
Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan nimalar olib kеtilgan? Jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlariva qimmatbaho toshlar
Buyuk Ipak yo’li orqali Baqtriyadan nimalar olib kеtilgan? Tuyalar
Buyuk Ipak yo’li orqali Farg’onadan nimalar olib kеtilgan? Naslli otlar
Buyuk Ipak yo’li orqali Badaxshondan nimalar olib kеtilgan? La’l
Buyuk Ipak Yo’li orqali Hindistondan O’rta Osiyoga nimalar kеltirilgan? Ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar
Buyuk Ipak Yo’li orqali Xitoydan O’rta Osiyoga nimalar olib kеtilgan?guruch keltirilgan
Buyuk Ipak Yo’li orqali O’rta Osiyodan Xitoyga nimalar olib kеtilgan? Uzum, yong’oq, anor va h-k
Buyuk Ipak Yo’li mavjud bo’lgan sanalarni an-ng? Mil. avv. II asr va mil. XVI asrlar
Buyuk Ipak yo’lining qaysi tarmog’i Qang’ hudularidan o’tgan edi? Shimoliy tarmog’i
Mil. avv. 138-yili Xitoy imperatori U Di xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchilar hamda hamkorlar topish kimni elchi qilib yuboradi? Chjan Syanni
“Kumush yo’l”ining yo’nalishini an-ng? Xazar xoqonligi va Bulg’or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan
Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i qachon ishga tushgan? VI asrda
Buyuk Ipak yo’lining ahamiyatini aniqlang? Madaniy va savdo aloqalari rivojlangan